JAPAN CAREER PORTAL - Home
Asosiy

Kompaniya uchun taqiqlangan holatlar

Kompaniya uchun taqiqlangan holatlar

Kompaniyalar ishlayotgan xorijliklardan pasport, rezident kartalari (在留カード), bank hisob daftarchasi kabilarni o‘zlarida olib qolishlari va saqlashlari mumkin emas. Bundan tashqari, kompaniyalar xavfsiz, toza va sog‘lom ish muhitini ta’minlashi lozim. Quyida mana shunday qoidalar haqida tanishtirib o’tamiz. 

Pasportni olib qolish taqiqlanadi

Chet ellik ishchilarning qochib ketishining oldini olish maqsadida ishga qabul qiluvchi kompaniyalar pasport va rezident kartalarini tortib olish holatlari  o‘tmishda kuzatilgan. 

Biroq, chet el fuqarolarini ish bilan ta’minlagan kompaniyalar ularning rezident kartasi kabilarni o‘zida saqlashi, chet elliklarning harakatlanish erkinligini cheklash hisoblangani sababli qonunga zid harakat hisoblanadi. Chet elliklar tomonidan iltimos qilingan holatda ham bunday harakatga ruxsat berilmaydi.  

Bundan tashqari, ish beruvchi kompaniya xodimlariga nisbatan quyidagi harakatlar taqiqlanadi, masalan:

·Bank hisob daftarchasini o‘zida saqlash;

·Ish vaqtida hojatxonaga borish uchun o‘rnida bo‘lmagani sababli jarimaga tortish;

·Qo‘pol so‘zlarni aytish zo‘ravonlik ishlatish;

·Jinsiy kamsitish.

Kompaniya ushbu ko‘rsatmalarni buzayotgani aniqlansa, quyidagi manzilga  murojaat qiling:

OTIT(Chet ellik ishchilarning kasbiy tayyorgarlik tashkiloti) 

Chet ellik ishchilar uchun maslahat telefonlari (ko'pgina tillarda) | Sog'liqni saqlash, Mehnat va Ijtimoiy Ta'minot Vazirligi

Yaponiya bo'ylab mehnat standartlari inspeksiya idoralari (faqat yapon tilida) | Sog'liqni saqlash, Mehnat va Ijtimoiy Ta'minot Vazirligi

Ish muhiti haqida

Yaponiya kompaniyalari xavfsiz, toza va sog‘lom ish muhitini ta’minlashi lozim.

Mehnat muhitini boshqarish 

Kompaniyalar ish muhiti bilan bog‘liq quyidagi jihatlarni aniqlashi va kerak bo‘lganda yaxshilashlari kerak:

·Havo: ​​Havo chang yoki sog‘liqqa zarar yetkazuvchi boshqa moddalar bilan ifloslanmaganligi;

·Harorat va namlik: Ish joyi juda sovuq yoki juda issiq bo‘lmasligi. Tashqarida ishlayotganda  issiqlik va sovuqni normallashtirish choralarini ko‘rish;

·Yorug‘lik: Juda qorong‘i yoki juda yorug‘ bo‘lmasligi;

·Tovush: Shovqinning yo‘qligi;

·Kengligi: Juda tor emasligi va o‘tish joyi himoyalanganligi. 

Ish nazorati va boshqaruvi

Kompaniya ishchilarga o‘zlarining sog‘lig‘i va xavfsizligini himoya qiladigan ishlarni qanday olib borish bo‘yicha ko‘rsatmalar berishlari kerak. Aniqroq aytganda, ishning batafsil mazmuni, vaqti, usuli bo‘yicha qo‘llanmalarni yaratish va tekshirish kabilarni amalga oshiriladi.

Salomatlik nazorati

Kompaniyalar o‘z xodimlarining sog‘ligini tekshirishlari kerak.

·Yiliga kamida bir marta tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishlari zarur;

·Sog‘liq bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha maslahat markazi tashkil qilishlari shart;

·Dam olish maskani tashkil etilib, toza va ozoda muhit yaratishlari kerak.

Agar ushbu qoidalarga rioya qilinmayotgani aniqlansa, yuqorida ko‘rsatilgan idoralarga murojaat qiling.

[Ma'lumot uchun] Ko'proq ma'lumot bilmoqchi bo'lsangiz bu yerni tekshiring!

Migrant Health Working Group (MHWG), 2022. Yaponiyada ishlayotgan vetnamliklar uchun qo'llanma. MHWG, Xanoy. (Iltimos, 4-bobni ko'ring.)

Xorijiy ishchilar bilan birga ishlash uchun|JICA-Net kutubxonasi

Hayot va ish bo'yicha qo'llanma: Salomatlik va xavfsizlik | Immigratsiya byurosi
 

Ma'lumot manbai: JP-MIRAI portal (https://portal.jp-mirai.org/ja/work/s/distinguish-orgs/things-company-should-not-do)

Izoh qoldiring
Profile picture