Qo'shimcha soatbay ish topish usullari
Qo'shimcha soatbay ish topish usullari
Qanday qilib chet ellik talabalar Yaponiyada soatbay qo‘shimcha ish topishlari mumkin? Quyida Senpai (o‘zimdan oldingi tajribali shaxs)lar bilan bo‘lgan suhbatlar asosida Yaponiyada soatbay qo‘shimcha ish topishga oid fikrlar jamlangan.
Arubaito (soatbay ish)ni topish usullarini (umumiy)
Chet ellik talabalar uchun soatbay qo‘shimcha ish qidirish va topishning quyidagi usullari mavjud:
Ta'lim muassasasi tavsiyasi;
Senpai (o‘zidan oldingi tajribali shaxs) va do‘stlarning tavsiyasi;
Do‘konlardagi e’lonlar (soatbay qo‘shimcha ishga yollash haqida yozma e’lonlar);
Hello Work (Yaponiyada davlat muhofazasi ostida bo‘sh ish o‘rinlar taklif qiladigan tashkilot);
Ishga qabul qilish haqidagi ma’lumot saytlari;
Ishga qabul qilish haqidagi ma’lumot jurnallari;
SNS (Ijtimoiy tarmoqlar).
Ushbu ma’lumotlarning o’ziga xos xususiyatlari va e’tiborli jihatlarini ko’rib chiqamiz.
Maktab tavsiyasiga binoan qo‘shimcha soatbay ish topish usuli
Universitet, kasb-hunar maktablari va yapon tili maktablarida chet ellik talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi mas’ul shaxslar mavjud. Shunday shaxslardan soatbay qo‘shimcha ish haqida tavsiyalar olish imkoniyati ham bor. Bundan tashqari, soatbay qo‘shimcha ishga yollash to‘g‘risidagi ma’lumotlar ta'lim maskani e’lonlar taxtasida joylashtirilishi ham mumkin.
Do‘konlardagi e’lonlar (soatbay qo‘shimcha ishga yollash haqida yozma e’lonlar
Restoranlar, maishiy do‘konlar, supermarketlar, mehmonxona kabi joylarda “Soatbay qo‘shimcha ishga yollash” degan yozuvlarni ko‘rish mumkin. Bu haqda o‘sha joyda ishlaydigan xodimlar (iloji bo‘lsa, menejeri)dan so‘rab ma’lumot olishingiz mumkin.
Hello Work
Davlat tomonidan boshqariladigan davlat ish bilan ta'minlash markazlari (qisqacha nomi: Hello Work) butun mamlakat bo'ylab taxminan 540 ta mavjud. Bu yerda sizga soatbay ishlar haqida ma'lumot berishlari bois tashrif buyurib ko'ring.
Ishga qabul qilish haqidagi ma’lumot saytlari
Kadrlarni tavsiya qiluvchi firmalar tomonidan boshqariladigan ishga yollashga oid ma’lumotlar sayti mavjud. Ushbu saytlarda chet elliklar ishlashi mumkin bo‘lgan soatbay qo‘shimcha ishlarni ham o‘z ichiga oladi. Chet tilidagi ma’lumotlar ham quyidagi sayt sahifalarida berilgan.
Hello work (faqat yapon tilida) | Sog’liqni saqlash, mehnat va ijtimoiy ta’minot vazirligi
マイナビバイト (Maynabi Baito)
indeed
TOWN WORK
レジ・スーパー求人ナビ (Kassa / Supermarketda ishga joylashish sayti)
Ishga qabul qilish haqidagi ma’lumot jurnallari
Bekatlardagi bepul oynomalar javoni. Ishga qabul qilish haqida ma’lumot jurnallari ham mavjud.
Bekatlar, maishiy xizmat ko‘rsatish joylari, hamda do‘konlarda “Town Work” (bepul olib ketsa bo‘ladigan jurnallar) kabi ish o‘rinlari haqida ma’lumotlar berilgan jurnallar kirish eshiklari oldida terib qo‘yiladi. Unda ham soatbay qo‘shimcha ish haqida ko‘plab ma’lumotlar olishingiz mumkin.
SNS (ijtimoiy tarmoqlar)
Yaponiyada yashovchi xorijliklar tomonidan o‘z ona tilida yuritiladigan Facebook kabi ijtimoiy tarmoqlar mavjud. Har bir ma’muriy hudud uchun alohida sahifalar mavjud bo‘lib, ularda ish haqida ma’lumot va e’lonlar o‘rin olgan.
Biroq, SNSda ish o‘rinlari haqidagi e’lonlar bo‘yicha, “Men tavsiya qilinganlik to‘lovni amalga oshirdim, lekin amalda ish yo‘q ekan” yoki “Noqonuniy ish ekan” hamda “E’londa yozilgan shartlar bilan farq qilar ekan” kabi ko‘plab muammolar haqida xabar berilayapdi. SNS orqali ishga ariza berishda juda ehtiyot bo‘lish talab etiladi.
Soatbay qo‘shimcha ish qidirishda e’tiborga olish kerak bo‘lgan jihatlar
Ish qidirayotganda, soatbay ish haqidan tashqari boshqa jihatlariga ham aniqlik kiriting:
Uyingiz yoki maktabingizdan ish joyingizga borish uchun qancha vaqt ketishi va qanday borish usuli;
Ishlash vaqti;
Ish tafsilotlari.
Agar ishga qatnash yo‘li juda uzoq bo‘lsa yoki kechdan tonggacha ishlasangiz, sifatli ilm olishga unchalik imkoniyatingiz bo‘lmaydi. Bundan tashqari, qonunchilikda belgilangan haftasiga 28 soatlik cheklovdan ortiq ishlasangiz, rezidentlik statusini yangilanishida muammolar bo‘lishi va o'quv yurtini bitira olmaslik holatlariga ham duch kelishingiz mumkin.
Xulosa
Yuqorida soatbay qo‘shimcha ishni qanday topish haqida tavsiyalar berildi. Yaponoiyada o‘qish davomida soatbay qo‘shimcha ishlashni rejalashtirmoqchi bo‘lsangiz, ish haqida ma’lumot saytlari va jurnallarning mazmunini tushunishingiz uchun yetarli darajada yapon tilini o‘rgangandan keyin, o‘qishga borish tavsiya etiladi.
Shuningdek, yapon tili ko‘nikmalaringizni oshirganingizdan so‘ng, yapon tilida suhbatlashish hamda yapon tilini mashq qilish imkoni bor bo‘lgan soatbay qo‘shimcha ishni qidirish tavsiya etiladi. Do‘konlar va supermarketlardagi kassirlar, restoranlarda xizmat ko‘rsatuvchi xodim kabilar xaridorlar bilan suhbatlashadi, oziq-ovqat fabrikalarida ham yaponiyaliklar bilan tanaffus vaqtida ko‘plab suhbat qurish mumkin bo‘lgan ish joylari mavjud.
Ko'proq ma'lumot bilmoqchi bo'lsangiz bu yerni tekshirib ko'ring!
Ma'lumot manbai: JP-MIRAI portali (https://portal.jp-mirai.org/ja/work/s/part-time-job/how-to-find-a-part-time-job)
Izoh qoldiring
Mavzuga oid