JAPAN CAREER PORTAL - Home
Asosiy

O'zbekistonda ishga tayyorlash

O'zbekistonda ishga tayyorlash

Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi qoshida ish qidirayotgan va ishsizlarni kasbga oʻrgatuvchi muassasalar sifatida Monomarkazlar va kasb-hunarga oʻqitish markazlari tashkil etilgan. Ushbu muassasalar amaliy kasbiy ta'lim orqali inson resurslarini rivojlantirishga qaratilgan.

Monomarkazlar

Monomarkaz (Ishga Marhamat Monomarkazi) Prezident farmoniga asosan ish bilan band bo‘lmagan shaxslar va boshqalarga mehnat bozorida yuqori talabga ega bo‘lgan kasblar bo‘yicha qisqa muddatli kasb-hunar o‘rgatish kurslari hamda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash xizmatlarini taqdim etadi. Shuningdek, vaqtincha xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirmoqchi bo‘lgan fuqarolarni tayyorlash maqsadida yuborilishdan oldingi tayyorlov kurslari, xorijiy til o‘qitish va qaytib kelgandan keyingi qo‘llab-quvvatlash xizmatlarini ham ko‘rsatadi. Mazkur markaz kasbiy mahoratni baholovchi tashkilot sifatida ham faoliyat yuritib, World Skills International standartlari asosida bitiruvchilarning kasbiy malakasini baholash ishlarini olib boradi. Ish bilan band bo‘lmagan shaxslar uchun o‘quv kurslari bepul tarzda tashkil etiladi.

Monomarkazda o‘quv mashg‘ulotlari qurilish, muhandislik, xizmat ko‘rsatish, axborot texnologiyalari kabi sohalarda olib boriladi. O‘quv kurslarining ko‘pchiligi 3 oylik bo‘lib, har bir kursda taxminan 70 foizi amaliy mashg‘ulotlarga, 30 foizi esa nazariy ta’limga ajratilgan. Mazkur o‘quv mashg‘ulotlari mahalliy va xorijiy korxonalar bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. Ayrim markazlarda xorijiy korxonalar tomonidan taqdim etilgan uskunalar yordamida o‘quv mashg‘ulotlari olib boriladi. Ish beruvchilarning ehtiyojlariga qarab maxsus o‘quv kurslarini tashkil etish ham mumkin.

Ishchilar Monomarkazida o'qitilgandan so'ng, jo'natuvchi tashkilotlar (Xorijiy mehnat va immigratsiya agentligi, xususiy jo'natuvchi tashkilotlar) tomonidan chet elga jo'natiladi va  Rossiya va Germaniya, Janubiy Koreya, Turkiya va Yaqin Sharq mamlakatlari kabi Yevropa mamlakatlarini o'z ichiga oladi. Asosan boshlang'ich darajada yapon tilini o'rgatadigan bir nechta Monomarkazlari ham faoliyat olib boradi.

Monomarkazdagi o'quv sohalari

Qurilish sohasi:

Suvoqchi, bo'yoqchi, g'isht teruvchi, metall, alyuminiy va plastmassaga ishlov beruvchi

Texnologiya sohasi

Yuk ko'taruvchi kran operatori, elektromontyor, maishiy texnika ta'mirchisi, chilangar, tegirmonchi, tokar ishchisi, payvandchi va boshqalar.

Xizmat ko'rsatish sohasi:

Sartarosh(ayollar), sartarosh(erkaklar), tirnoq stilisti, kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalash bo'yicha yordamchi, massaj qiluvchi, tikuvchi, oshpaz, qandolatchi, ofitsiant va boshqalar.

Raqamli texnologiya (IT)

Kompyuter savodxonligi, web dasturlash, buxgalteriya hisobi va boshqalar.

Tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash kursi

Chet tillarini o’qitish: ingliz, yapon, xitoy, koreys, rus, turk tillari va boshqalar

Immigratsiya ishchilar uchun oldindan tayyorgarlik va qaytib kelgandan keyingi yordam

https://monomarkaz.uz/asosiy/hududlar/

Kasb-hunar ta'limi markazi

KOICA (Koreya xalqaro hamkorlik agentligi) yordamida, Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi qoshida kasb-hunar ta’lim markazi tashkil qilingan bo’lib, davlat ichidagi ish izlayotganlar bilan birgalikda chet elda ishlamoqchi bo’lganlar uchun o’quv mashg’ulotlarini olib boradi. Markazning 5 ta filiali(Toshkent, Samarqand, Farg’ona, Urganch, Shahrisabz) mavjud. Kasb-hunar sohasi sifatida asosan mashinasozlik, elektronika, avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish, payvandlash/tokarlik, qurilish, IT va boshqalar kabi sanoat sohalarida oʻquv 6 oy davomida olib boriladi, soʻngra hamkor kompaniyada 2 oylik stajirovka oʻtadi va oʻquv kursini tugatgandan soʻng, talabalar diplom olishlari mumkin. Chet elga ishlamoqchi bo’lganlar uchun qisqa muddatli (1 oydan-3 oygacha) o’quv kurslari tashkil etadigan markazlar ham bor. Xorijga jo'natiladigan ishchilarning aksariyati Janubiy Koreyaga hissasiga to’g'ri kelsa ham, Yaponiyaga ishchilarni jo'natish bo'yicha tajribaga ega markazlar ham bor.

Izoh qoldiring
Profile picture