YAPONIYADA 1-OKTABRDAN MIGRATSIYA TO‘LOVLARI O‘ZGARADI
YAPONIYADA 1-OKTABRDAN MIGRATSIYA TO‘LOVLARI O‘ZGARADI

Yaponiyada 2026-yil 1-oktabrdan xorijiy fuqarolar uchun rezidentlik maqomini o‘zgartirish va Yaponiyada bo’lib turish muddatini uzaytirish bilan bog‘liq to‘lovlar oshiriladi.
💴 Hozirda ushbu xizmatlar uchun to‘lov ariza berish usuliga qarab farqlanadi: idora orqali arizalar asosan 6000 iyenani, onlayn orqali arizalar 5 500 iyenani tashkil etar edi. Yangi tartibga ko‘ra, to‘lov miqdori beriladigan yashash muddatiga qarab belgilanadi.

Qayta kirish ruxsati va ishlash maqomi guvohnomasi uchun asosiy to‘lovlar o‘zgarmaydi. Biroq onlayn to‘lovda alohida tranzaksiya komissiyasi undiriladi.
❗️Muhim: 2026-yil 30-sentabrga qadar qabul qilingan arizalarga eski tariflar qo‘llanadi. Ariza bo‘yicha ruxsat 1-oktabrdan keyin berilsa ham, to‘lov avvalgi miqdorda qoladi.
💻 Eslatma: Onlayn ariza topshirilganda, to‘lov faqat konbini (24 soatlik do‘konlar) yoki bank orqali amalga oshiriladi. Davlat boji markasi (収入印紙) orqali to‘lovni amalga oshirish mumkin emas. Kredit karta va QR-kod orqali to‘lov qabul qilinmaydi.
Bundan tashqari, yuqorida ko‘rsatilgan to‘lovdan tashqari, alohida hisob-kitob (to‘lov tizimi) xizmati uchun ham qo‘shimcha to‘lov talab etiladi.
Batafsil ma’lumot uchun Yaponiyaning Immigratsiya xizmatlari agentligi rasmiy veb-saytiga murojaat qiling.
⚠️ Firibgarlardan ogoh bo‘ling!
Onlayn arizalar bo‘yicha to‘lovga oid rasmiy xabarlar faqat @service-dgft.com domenidan yuboriladi. Boshqa elektron manzillardan kelgan to‘lov talablari firibgarlik bo‘lishi mumkin. Bunday xatlardagi havolalarga kirmang va to‘lovni amalga oshirmang.
📌 Eslatma: mazkur o‘zgarish Yaponiyaga kirish vizasi uchun emas, Yaponiyadagi rezidentlik maqomi bilan bog‘liq migratsiya protseduralariga taalluqli.
Ko’p beriladigan savollar:
1-savol. Davlat boji qanday to‘lanadi?
Davlat bojini to‘lash usuli ariza qanday topshirilganiga qarab farq qiladi.
A. Ariza immigratsiya idorasiga shaxsan topshirilganda
Immigratsiya idorasiga shaxsan topshirilgan ariza ma’qullanganda, davlat boji maxsus davlat boji markasi (収入印紙) orqali to‘lanadi.

B. Ariza onlayn topshirilganda
Yaponiyaning onlayn immigratsiya tizimi orqali topshirilgan ariza ma’qullanganda, ruxsatnoma pochta orqali yuborilishidan yoki immigratsiya idorasida shaxsan topshirilishidan qat’i nazar, davlat boji quyidagi usullardan biri orqali to‘lanadi:
● Konbini orqali to‘lash: Yaponiyadagi kichik do‘konlarda mavjud to‘lov tizimi orqali.
● Bank orqali to‘lash: Bankning to‘lov tizimi orqali.
Bank orqali to‘lashda internet-banking xizmatidan foydalanib, naqd pulsiz to‘lovni amalga oshirish ham mumkin.
Muhim: Davlat bojini to‘lashdan oldin elektron pochtangizga yuborilgan xabardagi to‘lov ko‘rsatmalarini diqqat bilan tekshiring.

2-savol. Qancha miqdorda davlat boji to‘lashim kerakligini qachon bilsam bo‘ladi?
Javob:
Ariza immigratsiya idorasiga shaxsan topshirilganda:
Arizangiz ko‘rib chiqilgandan so‘ng sizga yuboriladigan xabarnomada (otkritkada) to‘lashingiz kerak bo‘lgan davlat boji miqdori ko‘rsatiladi. Ushbu xabarnomadan to‘lov miqdorini bilib olishingiz mumkin.
Ariza onlayn topshirilganda:
Arizangiz ko‘rib chiqilgandan so‘ng sizga to‘lov havolasi ko‘rsatilgan alohida elektron xat yuboriladi. Unda to‘lashingiz kerak bo‘lgan davlat boji miqdori ko‘rsatiladi.
3-savol. Davlat boji miqdori kamaytirilishi mumkinmi?
Javob:
Ha, ayrim hollarda davlat boji miqdori kamaytirilishi mumkin.
● Yaponiyaning ijtimoiy yordam to‘g‘risidagi qonunida belgilangan ijtimoiy yordam oluvchilar darajasida moddiy qiyinchilikka duch kelayotgan shaxslar.
● Insonparvarlik nuqtayi nazaridan alohida e’tiborga muhtoj deb topilgan shaxslar.
Davlat boji kamaytirilishi mumkin bo‘lgan holatlar haqida batafsil ma’lumot «Rezidentlik maqomini o‘zgartirish yoki yashash muddatini uzaytirish uchun ruxsatnoma berishda davlat bojini kamaytirish bo‘yicha qo‘llanma»da keltirilgan.
Ma'lumot manbasi: batafsil.
Izoh qoldiring
Mavzuga oid