JAPAN CAREER PORTAL - Home
Asosiy

Qaytishdan oldin qilish kerak bo’lgan ishlar ro‘yxati (Checklist)

Qaytishdan oldin qilish kerak bo’lgan ishlar ro‘yxati (Checklist)

Yaponiyadagi hayotingizni muvaffaqiyatli yakunlab, vatanda yangi hayot boshlashingiz uchun

Yaponiyadagi o‘qish yoki ish faoliyatini yakunlab, O‘zbekistonga qaytish arafasida turgan aziz yurtdoshlar, barchangizga yakunlangan davr muborak bo‘lsin!

Yurtga qaytishdan oldin mahalliy hokimiyatda (shiyakusho/kuyakusho) zarur ishlarini bitirish, shartnomalarni bekor qilish va kerakli hujjatlarni rasmiylashtirish kabi ko‘plab muhim ishlarni bajarish talab etiladi. Agar tayyorgarliksiz
qaytib ketsangiz, keyinchalik Yaponiyadagi tanishlar orqali qayta bog‘lanishga yoki hatto hujjatlar ortidan yana bir bor Yaponiyaga kelishga majbur bo‘lishingiz mumkin. Ushbu maqolada qaytishdan oldin tekshirib chiqishingiz kerak
bo‘lgan eng muhim jihatlarni ro‘yxati (checklist) ko‘rinishida jamladik.

Hokimiyat (Shahar/Tuman ma’muriyati) dagi hujjat ishlari

Yashab turgan joyidan ro‘yxatdan chiqish (Tenshutsu-todoke). Yaponiyani tark etishdan oldin o‘zingiz yashayotgan shahar yoki tuman hokimiyatiga (shiyakusho/kuyakusho) borib, "Tenshutsu-todoke-転出届" (vatanga qaytish arizasi)
topshirishingiz shart.

Ishdan bo‘shash nafaqasi, Tibbiy sug‘urta, Pensiya va Shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya (iDeCo)

Ishdan bo‘shash nafaqasini olish va tibbiy sug‘urtadan chiqish

  • Qaytishdan oldin uyingizga yaqin bo‘lgan Pensiya jamg‘armasi (Nenkin Jimusho-年金事務所) yoki pensiya maslahat markaziga borib, batafsil ma’lumot oling: Shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya (iDeCo/確定拠出年金) tizimidan foydalangan bo‘lsangiz, uni reja asosida sotish yoki boshqa investitsiya hisob raqamiga o‘tkazish choralarini ko‘ring.

    Pensiya tizimi haqida alohida tayyorlangan maqolada batafsil bilib olishingiz mumkin.

Soliqlar

Rezidentlik solig‘ini (Juminzei-住民税) tekshirish: Rezidentlik solig‘i sizning o‘tgan yildagi daromadingiz asosida hisoblanadi va Yaponiyadan ketganingizdan keyin ham uni to‘lash majburiyati saqlanib qoladi. 

  • Ketishdan oldin kompaniyangiz yoki mahalliy hokimiyat bilan maslahatlashgan holda, soliqni to‘liqligicha bir marta oldindan to‘lab ketishni yoki qaytganingizdan keyin tushadigan oxirgi oyligingiz hisobidan yopishni kelishib oling.

  • Soliqlarni to‘lamasdan ketish keyinchalik Yaponiyaga qayta viza olishingizga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin, shuning uchun bunga jiddiy e’tibor bering.

Bank hisob raqamlari va Pullar

Bank hisob raqamini nima qilishni hal etish: Ayrim banklar siz xorijga ko‘chib ketganingizdan keyin hisob raqamingizni faol holatda saqlashga ruxsat bermasligi mumkin. Agar qaytib ketgandan keyin ham hisobingizdan foydalanmoqchi bo‘lsangiz, buni bank bilan oldindan aniqlashtirib oling.
Hisobingizdagi qoldiqni tartibga solish: Quyidagi to‘lovlar to‘liq amalga oshirilishi uchun bank hisobingizda yetarli mablag‘ borligini tekshiring:

Pul o‘tkazmalarini rejalashtirish

Vatanga qaytayotganda yoningizda ko‘p miqdorda naqd pul olib yurishdan ko‘ra, xavfsiz xalqaro pul o‘tkazmalari xizmatlaridan foydalangan ma’qul.
Naqd pul olib kirish/olib chiqish qoidalari (2026-yil holatiga ko‘ra): 
O‘zbekiston chegarasida: Xorijdan O‘zbekistonga deklaratsiyasiz olib kirish mumkin bo‘lgan naqd pul miqdori 100 million so‘m (yoki unga ekvivalent bo‘lgan chet el valyutasi — USD, EUR, JPY va h.k.) gacha cheklangan. Ushbu miqdordan oshgan pulni aeroportda bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatishingiz shart. O‘zbekistonga naqd pul olib kirish bo‘yicha maksimal cheklov yo‘q, biroq 100 million so‘mdan oshsa, deklaratsiya to‘ldirish shartligini unutmang.
Yaponiya chegarasida: Agar siz Yaponiyadan olib chiqib ketayotgan naqd pul miqdori 1 million iyendan oshsa, Yaponiya aeroportidagi bojxona xizmatiga (Customs-税関) deklaratsiya topshirishingiz lozim. Agar yoningizda 1 million
iyendan ko‘p pul bo‘lsa, Yaponiya aeroportidan chiqayotganda ham, O‘zbekistonga kirayotganda ham deklaratsiya to‘ldirishingiz talab etiladi.

Mobil aloqa va Internet

Mobil aloqa shartnomasini bekor qilish: Shartnoma muddatiga qarab, uni muddatidan oldin bekor qilganlik uchun jarima (Iyakukin-違約金) undirilishi mumkin. Ketishdan oldin aloqa xizmatini bekor qilishni unutmang. 
Uy internetini bekor qilish: Agar provayderingizdan Wi-Fi router yoki boshqa uskunalar ijaraga olgan bo‘lsangiz, ularni qaytarib berishni unutmang. Qaytarish tartibini shartnoma qilingan provayder yo‘riqnomasidan aniqlashtiring.

Elektr, Gaz va Suv

Kommunal xizmatlarni o‘chirish:
Uydan ko‘chib chiqadigan kuningizga moslab quyidagi xizmatlarni to‘xtatish arizasini bering:

Gazni o‘chirish jarayonida gaz kompaniyasi xodimi kelib, sizning ishtirokingizda tekshiruv o‘tkazishi talab qilinishi mumkin. Shuning uchun buni oldindan rejalashtiring.

Uyni topshirish (Ko‘chib chiqish)

Uy egasi yoki ko‘chmas mulk agentligini (Kanri-gaisha-管理会社) ogohlantirish: Odatda ko‘chib chiqishdan Odatda ko‘chib chiqishdan 1 yoki 2 oy oldin (ijara shartnomasida ko‘rsatilgan muddatda) xabar berishingiz kerak. Iloji boricha
ertaroq xabar bering. 1 yoki 2 oy oldin (ijara shartnomasida ko‘rsatilgan muddatda) xabar berishingiz kerak. Iloji boricha ertaroq xabar bering. Uyni tozalash: Depozit (Shikikin-敷金) pulingizdan ortiqcha ushlab qolinmasligi (原状回復用 - uyni asl holatiga qaytarish xarajatlari kamroq chiqishi) uchun uydan chiqishdan oldin uni yaxshilab tozalab qo‘yishni tavsiya qilamiz.
Kalitlarni qaytarish: Kalitni qanday topshirish kerakligini boshqaruv kompaniyasidan so‘rab aniqlashtiring.

Kerakli hujjatlarni qabul qilib olish

Vatanga qaytgach ishga joylashish va boshqa rasmiyatchiliklar uchun Yaponiyadan quyidagi hujjatlarni olib ketishingiz tavsiya etiladi. Ishlaganlar uchun:

O‘qiganlar (Talabalar) uchun:

Barcha uchun umumiy:

Yuklarni tartibga solish va Keraksiz buyumlar

Keraksiz buyumlarni tashlash (Sodai Gomi-粗大ゴミ): Yirik hajmli chiqindilarni (mebel, maishiy texnika va h.k.) tashlash uchun mahalliy hokimiyatdan oldindan navbat olib, maxsus to‘lov talonlarini sotib olish kerak.
Mebel va maishiy texnikalarni sotish yoki tarqatish: Ularni ikkinchi qo‘l do‘konlariga (Recycle Shop) topshirishingiz, mobil ilovalar (Mercari va h.k.) orqali sotishingiz yoki Yaponiyadagi tanishlaringiz va do’stlaringizga sovg‘a qilishingiz mumkin.

Insoniy aloqalarni asrab qolish

Yaponiyada orttirgan do‘stlaringiz va hamkasblaringiz bilan aloqani saqlab qolish kelajakdagi eng katta boyligingizdir. Ketishdan oldin ular bilan aloqa ma’lumotlarini almashing va minnatdorchilik bildiring.
Ayniqsa:

Ular bilan bog‘lanib turish kelajakda yana Yaponiyaga qaytish yoki xalqaro loyihalarda hamkorlik qilish uchun ajoyib imkoniyatlar eshigini ochishi mumkin.

Kelajakda Yaponiyaga qaytish niyati borlar uchun

Qayta kirish ruxsatnomasi (Re-entry Permit-再入国許可) haqida ma’lumot olish: Vatandagi vaqtinchalik safardan so‘ng Yaponiyadagi amaldagi viza (yashash maqomi)ingizni saqlab qolgan holda qaytib kelmoqchi bo‘lsangiz, maxsus
ruxsatnomani rasmiylashtirishingiz kerak. Aks holda vizangiz bekor bo‘lishi mumkin.
Bu qoida ayniqsa quyidagilarga tegishli:

Muddati va turlari:

Vatanga qaytgandan keyingi karyeraga tayyorgarlik

  • Ish qidirishni O‘zbekistonga qaytgandan keyin emas, balki Yaponiyadalik vaqtingizdanoq o’z karyerangizni rejalashni tavsiya qilamiz. 

  • Yapon va ingliz tillarida rezyume (CV) tayyorlash

  • Yaponiyadagi tajribangizni tizimlashtirish

Yakuniy ro‘yxat (Yakuniy Checklist)

Xulosa

Yurtga qaytishingiz — Yaponiyadagi aloqalaringiz butkul uzildi degani emas. Aksincha, siz hayotingizning eng yorqin yillarini Yaponiyada o‘tkazib, ulkan bilim, tajriba va qadrli do‘stlar orttirdingiz. Ushbu boylik sizning kelajakdagi hayotingizda hamda Yaponiya bilan bog‘liq yangi loyihalaringizda eng katta poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Kelajakda qay ko‘rinishda — o‘qish, ish, biznes, ilmiy hamkorlik yok ishunchaki sayohat bilan Yaponiyaga qayta bog‘lanishingizni
vaqt ko‘rsatadi. Eng muhimi — "Yaponiyaga qaytish eshigini" mutlaqo yopib qo‘ymaslikdir. Ketishdan oldin barcha ma’muriy ishlarni to‘g‘ri va qonuniy rasmiylashtirib qo‘ysangiz, kelajakda ushbu mamlakat eshiklari siz uchun doimo ochiq bo‘ladi. Japan Career Portal sizning vatandagi yangi faoliyatingizda hamda O‘zbekiston va Yaponiyani bog’lovchi ko‘prigi bo’ladigan barcha intilishlaringizda doimo omad tilaydi!

 

Izoh qoldiring
Profile picture