JAPAN CAREER PORTAL - Home
Asosiy

O‘zbeklar ko‘p tillarda gaplashadilarmi?

O‘zbeklar ko‘p tillarda gaplashadilarmi?

Oʻzbeklarning asosiy tili oʻzbek tilidir. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 4-moddasi 1-qismida “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir” deb belgilangan. Shunga qaramay, Oʻzbekiston koʻpmillatli davlat ekanligi va uning tarixiy sharoitlarini inobatga olib, Konstitutsiyaning 4-moddasi 2-qismida “O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analari hurmat qilinishini ta’minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi” deb belgilangan.

Taʼlimning hozirgi holati

Shu sababli, Oʻzbekistonda oʻzbek tilidan tashqari bir qancha tillarda ham taʼlim beriladi. Azimov Inomjon[1] maʼlumotlariga koʻra, 2020-yilda Oʻzbekistonda 10 000 dan ortiq maktab boʻlib, ulardan 900 tasi rus tilida, 133 tasi qoraqalpoq tilida, 218 tasi qozoq tilida, 38 tasi qirgʻiz tilida, 165 tasi tojik tilida, 23 tasi turkman tilida taʼlim berilgan[2].

2021-yilgi statistikaga koʻra, rus tilida 643 ming, qoraqalpoq tilida 126 ming, tojik tilida 65 ming, qozoq tilida 54 ming, turkman tilida 11 ming, qirgʻiz tilida 8 200 va ingliz tilida 1 500 nafar oʻquvchi oʻqigan[3]. Baʼzi maktablarda oʻzbek va rus tillarida taʼlim olib boriladigan sinflar mavjud. Hududga qarab, masalan, birinchi sinfda 4 ta sinf boʻlsa, ulardan 2 tasi rus tilida taʼlim oladi.

Oʻzbek va rus tillaridan tashqari tillar

Kundalik suhbatlarda oʻzbek va rus tillaridan tashqari tillar ham hududga qarab farqlanadi. Masalan, Samarqand va Buxoroda tojik tili, Qoraqalpogʻistonda qoraqalpoq va qozoq tillari keng tarqalgan.

Oʻzbeklar yuqorida aytib oʻtilgan tillardan tashqari ingliz tilini yaxshi bilishadi. Ingliz tilidan tashqari, maktablarda fransuz va nemis tillari ham oʻqitiladi. Soʻnggi yillarda ayrim maktablarda yapon tili oʻqitilishi yoʻlga qoʻyilgan.

Ikki tilda so’zlasha oladigan oʻzbeklarning xususiyatlari

Oʻzbekistonda tillar boʻyicha asosiy xususiyatlardan biri shundaki, koʻplab odamlar oʻzbek va rus tillarini aralashtirib gaplashadi. Koʻpgina odamlar rus sinflarida oʻqib, uyda oʻzbek tilidan foydalanishadi. Shuning uchun ular oʻzbek tili soʻzlashuvchisi boʻlish bilan birga rus tilini ham bilishadi.

Oʻzbek tilidagi shevalar

Oʻzbek tilining shevalari ham mavjud. Adabiy til Fargʻona viloyatida qoʻllaniladigan tildan olingan boʻlib, hududlarga qarab ishlatiladigan soʻzlar va talaffuzlarda farq boʻlishi mumkin. Asosiy shevalar toʻrt xilga boʻlinadi. Ular Toshkent shevasi, Buxoro-Samarqand shevasi va Xorazm shevasidir. Xorazm va Buxoro shevalari, ayniqsa, gʻaroyib shevalar hisoblanadi. Bu shevalar adabiy til va Toshkent shevasidan sezilarli farq qiladi, shuning uchun xorazmlik va buxoroliklar boshqa hududlardan boʻlgan oʻzbeklar bilan gaplashganda, bir-birlarini yaxshi tushunmasliklari ham mumkin. Keling, soʻzlar oʻrtasidagi farqlarni koʻrib chiqaylik.

Yapon tilida

Adabiy til

Xorazm shevasi

Toshkent shevasi

Buxoro shevasi

Chichi

Ota

Aka

Ada

Dada

Haha

Ona

Opo

Opa

Nana

Ani

Aka

Og’a

Aka

Aka

Imouto

Singil

Uka/singil

Singil

Apa

Kuru

Kelmoq

Galmak

Kelmoq

Ondan

Ogenkidesuka?

Qandaysiz?

Nichiksiz?

Qaleysiz?

Qandaysiz

Shunday qilib, oʻzbeklar faqat oʻzbek tilida emas, balki rus tilida ham soʻzlashadi. Boshqa millatlar ham oʻz tillarida gaplashadilar va baʼzi hudud aholisi oʻsha hududning oʻziga xos til yoki shevasini yaxshi bilishadi. Bundan tashqari, oʻzbeklar maktabda xorijiy tillarni ham oʻrganadilar. Shunday qilib, oʻzbeklar koʻp tilli xalq deb aytish mumkin.


[1] Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti prorektori – Davlat tilida ish yuritish asoslari bo‘yicha malaka oshirish va o‘quv markazi direktori

[2] Oʻzbek tilining rivoji davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biridir. Mutaxassislarning fikri" Kun.uz // https://kun.uz/ru/news/2020/11/16/kommentariy-k-diskussiyam-o-yazykovoy-politike-uzbekistana (2024-yil 28-mayda)

[3] «Oʻquvchilar maktabda eng koʻp qaysi xorijiy tillarni oʻrganmoqda?» Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika qoʻmitasi // https://stat.uz/ru/press-tsentr/novosti-goskomstata/23521-o-quvchilar-maktabda-ko-proq-qaysi-xorijiy-tillarni-o-rganmoqda-2 (2024-yil 28-mayda murojaat qilingan)

Izoh qoldiring
Profile picture

Rasmiy sahifalarimiz