JAPAN CAREER PORTAL - Home
Asosiy

Yaponiyada olingan universitet va kollej diplomlarini nostrifikatsiya qilish

Yaponiyada olingan universitet va kollej diplomlarini nostrifikatsiya qilish

Yaponiyada olingan diplom Oʻzbekistonda ham tan olinadi

Yaponiyada oliy taʼlim muassasalari, qisqa muddatli universitetlar (tanki daigaku) yoki kasb-hunar kollejlari (senmon gakkō)ni tamomlab, Oʻzbekistonga qaytib o‘z kasbiy faoliyatini davom ettirishni istayotgan fuqarolarimiz soni ortib bormoqda. Bunday hollarda Yaponiyada olingan diplomni Oʻzbekistonda tan oldirish (nostrifikatsiya qilish) talab etiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyuldagi VMQ-620-son "Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish tartibini takomillashtirish haqida”gi qaroriga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi tomonidan xorijiy davlatlarda olingan taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish tartibi belgilangan. Ushbu tartib asosida Yaponiyada olingan diplomlarni soddalashtirilgan tartibda tan olish imkoniyati mavjud.

Quyida Yaponiyada olingan universitet va kollej diplomlarini nostrifikatsiya qilish bosqichlari keltirilgan.

1-bosqich. Kerakli hujjatlarni tayyorlash

Quyidagi hujjatlarning asl nusxalari taqdim etilishi talab etiladi:
Diplom;
Baholar ilovasi (Transcript);
Taʼlim muassasasini tamomlaganlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma (zarur hollarda).

Ariza beruchilar:
O’zbekiston fuqarolari;
xorijiy fuqarolar;
fuqaroligi bo’lmagan shaxslar;
voyaga yetmagan bo’lsa ota-onalari yoki ularning o’rnini bosuvchi shaxslar.

2-bosqich. Hujjatlarni tarjima qilish

Yuqoridagi hujjatlarni o‘zbek tilining lotin alifbosiga tarjima qildirib, notarial tasdiqdan o‘tkazish lozim.

3-bosqich. Ariza topshirish

Ariza quyidagi usullardan biri orqali topshiriladi:Ariza quyidagi usullaridan biri orqali topshiriladi:
Davlat xizmatlari markazi;
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali:
-umumiy o’rta va o’rta ta’lim olganlik hujjatini tan olish uchun ariza;
-kasb-hunar va oliy ta’lim olganlik hujjatini tan olish uchun ariza.

Video qoʻllanma

My.gov.uz portali orqali ariza topshirish jarayoni bilan quyidagi video qoʻllanma orqali tanishishingiz mumkin:

Xorijiy davlatda ta'lim olganlik to'g'risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash

4-bosqich. Davlat bojini toʻlash

Xorijiy davlatlarda umumiy o’rta (1-9-sinflar) va o’rta (10-11-sinflar) ta’lim olganlik to’g’risidagi hujjatlarni tan olish - bepul;
Oliy taʼlim muassasalari diplomlarini tan olish uchun — Davlat xizmatlari markazi orqali topshirilgan arizalar uchun BHMning 3 baravari (2026-yil iyul holatiga ko‘ra —1 236 000 so‘m) My.gov. portali orqali topshirilgan arizalar uchun BHMning 2.7 baravari (2026-yil iyul holatiga ko‘ra 1 112 400 so’m);
Kasb-hunar kollejlari diplomlarini tan olish uchun — Davlat xizmatlari markazi orqali topshirilgan arizalar uchun BHMning 2 baravari (2026-yil iyul holatiga ko‘ra —824 000 so‘m) miqdorida toʻlov amalga oshiriladi, My.gov. portali orqali topshirilgan arizalar uchun BHM 1.8 baravari (2026-yil iyul holatiga ko‘ra 741 600 so’m).

Muhim eslatma:
Ijtimoiy reyestrning “kambagʻal oila” toifasiga kiritilgan oilalarning aʼzolariga, shuningdek, I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga mazkur bandda belgilangan yigʻimning 50 foiz miqdorida, Ijtimoiy reyestrning “davlat taʼminotidagi oila” toifasiga kiritilgan oilalarning aʼzolariga belgilangan yigʻimning 75 foizi miqdorida chegirma qoʻllaniladi. Bunda chegirma Ijtimoiy reyestrning:

-“davlat taʼminotidagi oila” yoki “kambagʻal oila” toifasidan “kambagʻallik chegarasidagi oila” toifasiga oʻtkazilgan oilalarga, ularning ilgari belgilangan toifasiga muvofiq miqdorda;
-ogʻir hayotiy vaziyatga tushgan oila sifatida “kambagʻallik chegarasidagi oila” toifasiga kiritilgan oilalarga “kambagʻal oila” toifasidagi oila uchun belgilangan miqdorda qoʻllaniladi.

5-bosqich. Hujjatlarni koʻrib chiqish

 Agar topshirilgan hujjatlarda kamchiliklar aniqlanmasa:

- umumiy o’rta va o’rta ta’lim hujjatlarini Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining hududiy boshqarmalari tomonidan 4 ish kuni mobaynida,
- kasb-hunar va oliy ta’lim hujjatlarini Bilim va malakalarni baholash agentligi mutaxassislari tomonidan 10 ish kuni davomida ko‘rib chiqiladi.

6-bosqich. Guvohnomani olish

Hujjatlar ijobiy baholangandan soʻng, my.gov.uz portalidagi shaxsiy kabinetingizga xabarnoma yuboriladi. Shundan soʻng shaxsiy kabinet orqali **Xorijiy davlatda oliy taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatni tan olish haqidagi guvohnoma**ni elektron shaklda yuklab olishingiz mumkin.

Qonunchilikdagi imtiyoz:

Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlar quyidagi hollarda toʻgʻridan-toʻgʻri (sinovlarsiz) tan olinadi:

-xorijiy davlatlarda umumiy oʻrta, kasbiy taʼlim va malaka oshirish taʼlimini olgan talabgorlarning xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlari;
-Oʻzbekiston Respublikasi hududida alohida boʻlinmalari (filiallari) yoki qoʻshma taʼlim dasturlari asosida faoliyati yoʻlga qoʻyilgan xorijiy taʼlim tashkilotlarida taʼlim olgan talabgorlarning hujjatlari;
-roʻyxati har yili Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi va Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining qoʻshma qarori bilan tasdiqlanadigan xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlarning (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education, Academic Ranking of World Universities) reytingida oliy taʼlim tashkilotlari orasida birinchi 1 000 oʻrinni egallagan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarida taʼlim olgan talabgorlarning hujjatlari (bunda talabgor taʼlimning butun davrida mazkur reytingga kiruvchi oliy taʼlim tashkilotida taʼlim olgan boʻlishi lozim);
-Amerika Qoʻshma Shtatlari, Avstraliya Ittifoqi, Isroil Davlati, Kanada, Singapur Respublikasi, Janubiy Koreya, Xitoy, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Italiya davlatlarining ushbu davlatlar vakolatli tashkilotlari tomonidan akkreditatsiya qilingan taʼlim tashkilotlarida taʼlim olgan talabgorlarning hujjatlari. Batafsil.

Izoh qoldiring
Profile picture