Avtomobil logistikasi sohasi haqida batafsil
Avtomobil logistikasi sohasi haqida batafsil

Ushbu test Yaponiyada yuk mashinalari, taksi va avtobuslar kabi avtomobil tashish sohasida ishlashni istagan xorijiy fuqarolar uchun “Maxsus Malaka” (Specified Skilled Worker) turidagi yashashTestdan muvaffaqiyatli o‘tgan shaxslar shu sohada darhol ishlash uchun tayyor bo‘lishlari lozim.
Talablar:
Yosh chegarasi – Test kuni kamida 17 yoshda bo‘lishi shart. (Indoneziyada o‘tkaziladigan testlar uchun kamida 18 yosh bo‘lishi talab etiladi).
Haydovchilik guvohnomasi – Test kuni Yaponiya yoki chet elda berilgan haqiqiy haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lish.
Yaponiyada topshirishda – Testni Yaponiyada topshirayotgan shaxslar rezidentlik maqomiga ega bo‘lishi kerak.
Cheklangan pasportlar – Adliya vaziri tomonidan deportatsiya jarayonini qo‘llab-quvvatlovchi davlatlar ro‘yxatida bo‘lgan hukumat yoki organ tomonidan berilgan pasportga ega chet el fuqarolari.
※Testdan muvaffaqiyatli o‘tish yashash ruxsati berilishiga kafolat bermaydi. Hatto Imtihon natijalari ijobiy bo‘lsa ham, yashash maqomiga doir Sertifikat (COE) olish yoki yashash maqomini o‘zgartirish jarayonida turli sabablarga ko‘ra rad etilishi mumkin.
Shuningdek, COE berilgan taqdirda ham, vizani berish tashqi ishlar vazirligi tomonidan alohida tekshiruvga tortiladi va viza berilmasligi mumkin.
Imtihon sanasi:
CBT (Computer-Based Testing – kompyuterda test) uchun belgilangan aniq sana yo‘q.
Test markazi mavjud bo‘lsa, istalgan vaqtda CBT testini topshirish mumkin.
Testning mavjudligini ariza tizimi ekranidan tekshirish imkoniyati bor.
Test turlari:
Avtomobil tashish sohasi bo‘yicha Maxsus Malaka (1-daraja) testi (Yuk mashinasi haydovchilari)
Avtomobil tashish sohasi bo‘yicha Maxsus Malaka (1-daraja) testi (Taksi haydovchilari)
Avtomobil tashish sohasi bo‘yicha Maxsus Malaka (1-daraja) testi (Avtobus haydovchilari)
Test o‘tkaziladigan davlatlar:
Hindiston
Indoneziya
O‘zbekiston
Kambodja
Qirg‘iziston
Shri-Lanka
Tailand
Nepal
Pokiston
Bangladesh
Filippin
Malayziya
Myanma
Mongoliya
Laos
Yaponiya
※ Boshqa davlatlarda o‘tkaziladigan testlar bo‘yicha ma’lumotlar qaror qabul qilingach ushbu sahifada e’lon qilinadi va jadval yangilab boriladi.
Test to‘lovi va sertifikat to‘lovi:
Narxlar valyuta kursining o‘zgarishi tufayli o‘zgarishi mumkin. Yaponiyada topshirmoqchi bo'lganlar uchun ¥5000 yapon yenasi. Yaponiyadan tashqarida topshirmoqchi bo'lganlar uchun $37 AQSH dollari.
※ Ushbu ma'lumotlar 2025-yil sentyabr oyidagi ma'lumotlarga asoslanib yozildi.
Imtihon o‘tkazish usullari
CBT testi
Misol:
Soat 10:00 – 11:20
Soat 13:00 – 14:20
Soat 15:00 – 16:20
Imtihon uchun ariza berish tartibi
CBT imtihoni uchun
CBT testini o‘tkazish jarayonini oldindan tekshiring.
CBT testiga ro‘yxatdan o‘tish uchun Maxsus Malaka imtihon ariza tizimidan foydalaning.
Tizimdan foydalanish uchun, shartlarni diqqat bilan o‘qib chiqing va rozi bo‘ling. Akkaunt ochish va keyingi barcha jarayonlar tizim orqali amalga oshiriladi.
CBT testini bron qilishdan oldin, shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar (haydovchilik guvohnomasi va shaxsiy guvohnoma)ni taqdim etish shart.
※Ushbu hujjatlarni tekshirish jarayoni vaqt talab qiladi, shuning uchun bron qilish imkoniyati ochilishigacha bir necha kun ketishi mumkin.

Foydali ma'lumotlar :
- Maxsus malaka vizasining avtomobil logistikasi sohasida malaka testi uchun ro'yxatdan o'tish uchun ClassNK sayti.
- Maxsus malaka vizasining avtomobil logistikasi sohasida malaka testi uchun ro'yxatdan o'tish bosqichlari video.
- Maxsus malaka vizasining, O'zbeksitonda malaka testi mavjuda sohalaridagi malaka testlari uchun ro'yxatdan o'tish haqida esa, Japan career portalining foydali videolar bo'limi orqali batafsil tomosha qiling.
Izoh qoldiring
Mavzuga oid