“JICA GROW” loyihasi – SamATI talabalari uchun Yaponiyada ishlash va amaliyot o‘tash imkoniyati
“JICA GROW” loyihasi – SamATI talabalari uchun Yaponiyada ishlash va amaliyot o‘tash imkoniyati
O'zbek talabalari uchun, Yaponiyada qisqa muddatli amaliyot imkoniyatlari yaratilmoqda


Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutiga Yaponiyaning “NINAITE” kompaniyasi hamda “JICA GROW” loyihasi vakillaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.
Tashrif davomida institut rektori, professor Sh. Hasanov delegatsiyani qabul qildi va ularga institut faoliyati hamda Yaponiya bilan hamkorlikda olib borilayotgan loyihalar haqida taqdimot o‘tkazdi.
Kompaniya vakillari institut talabalari bilan bo‘lgan uchrashuvda Yaponiyada egallayotgan kasbi bo‘yicha ishlash, amaliyot o‘tash hamda ta’lim olish imkoniyatlari haqida ma’lumot berishdi. Buning uchun esa yapon tilini muloqot darajasida bilish zarurligi alohida ta’kidlandi. Kunchiqar davlatda ishlash istagini bildirgan yoshlar loyiha doirasida qo‘llab-quvvatlanishi tushuntirildi. Talabalar ham o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib ko‘proq tushunchalarga ega bo‘lishdi.

Izoh qoldiring
Mavzuga oid