Yaponiyadagi 100 yenlik do‘konlar: hayratlanarli darajada arzon va qulay
Yaponiyadagi 100 yenlik do‘konlar: hayratlanarli darajada arzon va qulay

Ko‘pincha “Yaponiyada narxlar qimmat” degan fikr mavjud, biroq stakan, chelak kabi kundalik ro‘zg‘or buyumlarini 1 AQSh dollaridan ham arzon narxda sotib olish mumkin bo‘lgan do‘konlar borligini bilasizmi?
Aslida, Yaponiyada soliqdan tashqari 100 yenaga sotiladigan mahsulotlar juda ko‘p bo‘lgan, “100 yenlik do‘konlar” deb ataluvchi savdo do‘konlari butun mamlakat bo‘ylab mavjud.
100 yenlik do‘kon nima?
100 yenlik do‘kon — dastlab “bitta tanga bilan istalgan narsani sotib olish mumkin” degan tushuncha asosida paydo bo‘lgan chakana savdo do‘konidir. Hozirda iste’mol solig‘i qo‘shilgan holda bitta mahsulot 110 yenni tashkil etadi, biroq shunga qaramay, arzonligi va mahsulotlar tanlovining kengligi sababli ko‘pchilik tomonidan yaxshi ko‘riladi.
Shuni ham ta’kidlash joizki, do‘kon ichidagi mahsulotlarning ko‘pida narx yorlig‘i bo‘lmasligi mumkin. Bunday holatlarda, asosan, ularning barchasi 100 yen (soliqsiz) hisoblanadi. Ayrim mahsulotlar 200, 300 yoki 500 yen bo‘lishi mumkin, ammo bunday tovarlarda narx albatta aniq ko‘rsatilgan bo‘ladi.
Asosiy 100 yenlik do‘kon brendlari
Yaponiya bo‘ylab turli xil 100 yenlik do‘konlar mavjud bo‘lsa-da, ulardan eng ken tarqalgan turi sifatida quyidagi uchta brendni keltirish mumkin:
DAISO
Seria
Can★Do
Ushbu do‘konlarni savdo markazlari, vokzal binolari, savdo ko‘chalari kabi turli joylarda uchratish mumkin.
Xarid qilish mumkin bo‘lgan mahsulotlar
100 yenlik do‘konlarda sotiladigan mahsulotlar nihoyatda keng turga ega. Quyida 100 yenlik do‘konlarda xarid qilish mumkin bo‘lgan asosiy mahsulotlar turlari bo‘yicha batafsil tanishtiramiz.
1. Kanselyariya buyumlari
Maktabda yoki ish joyida foydalaniladigan kanselyariya buyumlari keng assortimentda taklif etiladi. Masalan:
daftarchalar, eslatma daftarlar, varaqli bloklar
sharikli ruchkalar, mexanik qalamlar, o‘chirg‘ichlar
fayllar, binderlar(halqali papka), shaffof papkalar
qaychi, stepler, elim, lenta
Ushbu buyumlar yapon tili maktablarida, universitetlarda hamda ish joylarida hujjatlarni tartibga solishda juda qulay hisoblanadi.
2. Idish-tovoq va oshxona buyumlari
Ovqatni uyda pishirishni boshlamoqchi bo‘lganlar uchun ham tavsiya etiladi.
likopchalar, kosalar, stakanlar, tayoqchalar (chopsticks), vilkalar, qoshiq
pichoqlar, taxta, sabzavot archigich (piler), konserva ochgich
tushlik qutilari (bento), suv idishlari, ziravorlar uchun idishlar
Dizaynlari oddiy ko‘rinishdagilaridan tortib, yoqimli qahramonlar tasviri tushirilgan turlarigacha mavjud.
3. Oshxona va hammom uchun buyumlar
Kundalik hayotda zarur bo‘lgan buyumlar ham bu yerda keng tanlovda mavjud.
idish yuvish gubkalari, artish uchun latta, rakovina uchun chiqindi tutuvchi to‘rlar
hammom cho‘tkalari, sovun idishlari, tish cho‘tkasi qo‘yiladigan stendlar
kir yuvish to‘rlari, qisqichlar, kiyim quritish ilmoqlari
Xonasi kichik bo‘lganlar yoki umumiy uyda yashovchilar uchun qulay bo‘lgan ixcham mahsulotlar juda ko‘p.
4. Tozalash va kir yuvish buyumlari
Tozalash uchun kerakli jihozlarni ham oson va qulay tarzda xarid qilish mumkin.
pol uchun artgichlar, latta, tezkor artgichlar uchun salfetkalar
hojatxonani tozalash cho‘tkalari, yuvish vositalari, hid yo‘qotuvchi mahsulotlar
kir yuvish uchun vositalar, yumshatkichlar (kichik hajmda)
chiqindi paketlari
Xonani ozoda saqlash uchun arzon va juda foydali buyumlar juda ko‘p.
5. Maishiy buyumlar va boshqa mahsulotlar
budilnik soatlar, batareyalar, uzatma simlar
soyabonlar, yomg‘ir plashlari, issiq paketlar (qishda)
niqoblar, yara yopishtirgichlar, oddiy tez yordam vositalari
sun’iy gullar, xonaki o‘simliklar uchun gultuvaklar, bog‘dorchilik anjomlari
Kundalik hayot uchun zarur bo‘lgan buyumlarning deyarli barchasini 100 yenlik do‘konlardan topish mumkin.
100 yenlik do‘konlarning afzalliklari
Eng katta ustunligi, albatta, narxining arzonligidir. Ayniqsa, ko‘chib kelgandan keyin yoki yangi hayotni boshlashda zarur bo‘lgan buyumlarni bir yo‘la arzon narxda xarid qilish mumkinligi katta yordam beradi.
Shuningdek, Yaponiyada tahsil olayotgan talabalar yoki ish maqsadida kelgan xorijiy fuqarolar uchun ham 100 yenlik do‘konlar kundalik hayot xarajatlarini kamaytirishda ishonchli tayanch bo‘lib xizmat qiladi.
Shodiyorova Ro’zigul
Izoh qoldiring
Mavzuga oid