Yaponiya pochta tizimi bilan tanishuv: Shaxsiy tajribam asosida
Yaponiya pochta tizimi bilan tanishuv: Shaxsiy tajribam asosida

Yaponiyaning pochta tizimi — butun dunyoda eng ishonchli, tezkor va mukammal tashkil etilgan tizimlardan biri sifatida tanilgan. Men Yaponiyada bir yil yashagan paytimda bir necha bor pochta xizmatlaridan foydalandim va har safar xizmat ko‘rsatish madaniyati, yetkazib berishning aniq va o‘z vaqtida bo‘lishi, hamda tartib-qoidalarning tushunarli ekani meni hayratda qoldirdi.Yaponiyadagi pochta tizimi bizning yurtimizdagidan ancha farq qilgani sababli, dastlab xat yoki posilka yuborishda qanday yo‘l tutish kerakligini tushunish biroz qiyinchilik tug‘dirishi mumkin. Ushbu maqolada Yaponiyaning pochta tizimi qanday ishlashi haqida asosiy ma’lumotlar, shuningdek, ayniqsa O‘zbekistondan Yaponiyaga kelayotgan talabalar va ish boshlamoqchi bo‘lganlar uchun foydali bo‘ladigan jihatlar yoritib beriladi.
Yaponiyaning pochta xizmati haqida qisqacha
Yaponiyada pochta xizmati “Japan Post(日本郵便―にっぽんゆうびん)” deb ataladi. Dastlab bu tizim davlatga qarashli edi, ammo 2007-yil 1-oktabrda xususiylashtirildi. Japan Post Holdings kompaniyasi — Japan Post, Yucho Bank va Kampo sug‘urta kompaniyalarini o‘z ichiga olgan yirik guruhning bosh kompaniyasidir. Butun mamlakat bo‘ylab — hatto orollar, tog‘li hududlar va kichik qishloqlarni ham hisobga olganda — 24 mingdan ortiq pochta bo‘limlari mavjud. Ushbu keng tarmoq orqali har qanday joyda yashovchilar barqaror pochta xizmatidan foydalana oladi.
Pochta yuborish bosqichlari
Qadam-baqadam qo'llanma
Yaponiyada istiqomat qilayotgan vaqtingizda, oilangiz yoki do’stlaringizga jo’natma yuborishingizga to’g’ri kelishi mumkin.Ayniqsa, EMS (Tezkor xalqaro pochta) vaqtincha to‘xtatilgan O‘zbekiston kabi davlatlarga pochta yuborishning qanday usulini tanlash kerakligi, qanday tayyorgarlik ko‘rish zarurligi haqida ko‘plab savollar tug‘ilishi tabiiy. Quyida Yaponiyadan O‘zbekistonga posilka yuborish jarayoni bosqichma-bosqich yoritiladi.
1.Yetkazib berish mumkinligini tekshiring.
Misol tariqasida, Japan Post Service
Avvalo, hozirda O'zbekistonga xalqaro pochta yuborish mumkinmi - shuni aniqlash kerak. Japan Post veb-saytida “Xalqaro pochta holati” bo‘limi mavjud bo‘lib, u yerda har bir davlatga pochta yuborish mumkinmi yoki yo‘qmi — eng so‘nggi holat beriladi.
Tekshirish bosqichlari:
Japan Post Service veb-saytida xalqaro pochta uchun “Yuk narxi va yetkazib berish muddatini tekshirish” funksiyasi mavjud bo'lib, unga kirganingizda quyidagi 4 ta ma'lumotni kiritishingiz kerak bo'ladi.
1-qadam: Qanday turdagi posilka yubormoqchisiz (xat, EMS, kichik posilka)?
2-qadam: Og‘irlikni tanlang (100g, 500g, 2kg va h.k.).
3-qadam: Qaysi prefekturadan yuborasiz (Tokio, Osaka va h.k.)?
4-qadam: Yuboriladigan mamlakat — Uzbekistan
5-qadam: “Narx va yetkazish muddatini tekshirish” tugmasini bosing
Shunda siz quyidagi ma’lumotlarni olasiz:
Qaysi yetkazib berish usullari mavjud (havo yo‘llari, dengiz, EMS)
Har birining narxlari va yetkazish muddati
Sayt ingliz tilidagi tavsif ham mavjud bo’lib, yapon tilini yaxshi bilmaydiganlar ham bemalol foydalana oladi. Agar chalkashlik bo‘lsa, pochta bo‘limiga borib, xodimlardan yordam so‘rash mumkin — ular yordam berishga tayyor.
2.Posilkani tayyorlang.
Yuboriladigan narsalarni mustahkam qadoqlang. Shikastlanishning oldini olish uchun karton qutilar (pochta bo‘limlarida sotiladi), yoki konvertlardan foydalanish maqsadga muvofiq.
Diqqat: O‘zbekistonga yuborish taqiqlangan narsalarni solib bo‘lmaydi (masalan, lityum batareyalar, yonuvchan moddalar va h.k.). Taqiqlangan buyumlar ro'yxatini Japan Post saytidan topishingiz mumkin.
Batafsil ma'lumotni shu yerda ko'rishingiz mumkin.
3.Onlayn tarzda jo'natmayorlig'ini (label) tuzing
2024-yil 1-martdan boshlab, qo‘lda yozilgan xalqaro jo‘natma yorlig‘i qabul qilinmaydi. Endi “Xalqaro pochta shaxsiy kabinet” xizmati orqali onlayn tarzda jo‘natma yaratishingiz kerak.
Bajarilishi:
Xizmatga bepul ro‘yxatdan o‘tasiz (kompyuter yoki smartfon orqali)
Maxsus interfeysda bosqichma-bosqich qo‘llanma mavjud
CN22 yoki CN23 (bojxona deklaratsiyasi) avtomatik tarzda yaratiladi
Ya’ni siz alohida bojxona blankasini to‘ldirib, chop etishingizga hojat yo‘q.
4.Yaqin atrofdagi xalqaro pochta bo'limini toping
Japan Post saytida sizga eng yaqin xalqaro pochta qabul qiluvchi bo'limni topishingiz mumkin.
Batafsil ma'lumotni shu yerda ko'rishingiz mumkin.
5.Posilkani pochta bo'limiga olib boring.
Tayyor qadoq va telefon yoki kompyuterda yaratilgan label bilan birga pochta bo‘limiga boring. Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (masalan, rezident karta) ham olib borish tavsiya etiladi.
Xodimlar posilkaning o‘lchami va og‘irligini o‘lchab, yakuniy narxni belgilaydi. To‘lovni joyida amalga oshirasiz (naqd yoki karta orqali).
6.Kuzatuv raqamini oling
Yuborish jarayoni tugagach, sizga kvitansiya bilan birga kuzatuv raqami (Tracking Number) beriladi. Bu raqam orqali Internet orqali posilkangizning harakatlanishini real vaqt rejimida kuzatishingiz mumkin.
Japan Postning kuzatuv tizimi:
EMS va boshqa yozma posilkalarga 13 belgidan iborat raqam (masalan: EG123456789JP) beriladi
Shu raqam yordamida “qabul qilindi”, “jo‘natildi”, “yetib bordi”, “yetkazildi” kabi holatlarni tekshirishingiz mumkin.
Pochta bo'limlarida foydalaniladigan oddiy yaponcha iboralar
Ba’zi pochta bo‘limlarida ingliz tilida gaplashadigan xodimlar bo‘lmasligi mumkin. Ammo quyidagi oddiy iboralar orqali bemalol muloqot qilishingiz mumkin:

Soliq haqida
Yaponiyadan O‘zbekistonga posilka yuborilganda, qabul qiluvchi tomon ba’zan soliq yoki bojxona to‘lovini to‘lashi kerak bo‘ladi. Chunki bu holatda O‘zbekiston qonunchiligiga ko‘ra “chet eldan tovar importi” hisoblanadi.
Agar deklaratsiyadagi qiymat muayyan summadan oshsa, bojxona yoki qo‘shimcha soliq undirilishi mumkin.
CN22 / CN23 nima?
Bular xalqaro pochta uchun kerak bo‘ladigan bojxona deklaratsiyasi shakllaridir:
CN22 – 2 kg gacha bo‘lgan yengil posilkalar uchun
CN23 – Batafsil ma’lumot kiritilishi kerak bo‘lgan posilkalar uchun (alohida blankaga yopishtiriladi)
Muhim eslatmalar:
・CN22 yoki CN23 ni uyda tayyorlab olish tavsiya etiladi.
・Ba’zi pochta bo‘limlarida ingliz tilida gaplashmaydigan xodimlar bo‘lishi mumkin.
・Kuzatuv raqami va kvitansiyani posilka yetkazilgunga qadar saqlang.
・Qo‘lda yozilgan yorliqlar endi qabul qilinmaydi. Faqat onlayn label ishlatiladi.
・Hozirda EMS orqali O‘zbekistonga jo‘natma yuborish vaqtinchalik to‘xtatilgan.
・Qabul qiluvchining viloyat nomini (masalan, Toshkent, Samarqand) va kuzatuv raqamini aniq ko‘rsating.
Xulosa
Yaponiyadan O‘zbekistonga posilka yuborish agar barcha qoidalarga rioya qilinsa— murakkab emas. Eng muhimi, doimiy ravishda yangilanib turadigan qoida va tartiblarga e’tibor berish lozim. Agar nimadandir ikkilansangiz, bemalol pochta bo‘limiga murojaat qilishingiz mumkin.
Bu maqola mening shaxsiy tajribam asosida yozildi. Umid qilamanki, u siz uchun ham foydali bo‘ladi.
Sitora O'rinboyeva
Izoh qoldiring
Mavzuga oid