JAPAN CAREER PORTAL - Home
Asosiy

GROW loyihasi doirasidagi Qo'shma muvofiqlashtiruvchi qo'mitasining (JCC) ikkinchi yig'ilishi bo'lib o'tdi

GROW loyihasi doirasidagi Qo'shma muvofiqlashtiruvchi qo'mitasining (JCC) ikkinchi yig'ilishi bo'lib o'tdi

2025-yil 27-iyun kuni O‘zbekistonda GROW loyihasining Qo‘shma muvofiqlashtirish qo‘mitasi (JCC)ning ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig’ilishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi, Yaponiyaning xalqaro hamkorlik tashkiloti – JICA bosh ofisi va O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamda GROW loyihasi jamoasi vakillari ishtirok etdilar.
Yig‘ilish davomida loyiha 2024-yil mart oyida ish boshlaganidan buyon amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, yaqin kelajak uchun asosiy rejalar va ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi.
Xususan, O‘zbekistondan Yaponiyaga mehnat migrantlarini yuborish bo‘yicha ishonchli va shaffof tizim yaratish hamda migrantlarni jo‘nab ketishdan oldin tayyorlov dasturlarini takomillashtirish – loyiha faoliyatining muhim yo‘nalishlari bo‘lib qolayotgani yana bir bor ta’kidlandi. Shuningdek, yapon ish beruvchi kompaniyalari bilan hamkorlikni kuchaytirish, qaytib kelgan mehnat migrantlarini jamiyatga qayta integratsiya qilish bo'yicha ko'mak berish, ish o'rinlari portalining funksiyalarini kengaytirish kabi bir qator tashabbuslar kelgusi asosiy faoliyat yo'nalishlari sifatida belgilab olindi.
Yig‘ilish yakunida barcha tomonlar xalqaro mehnat migratsiyasining barqaror va sifatli modelini shakllantirish yo‘lida yaqin hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

 

 


Izoh qoldiring
Profile picture