JAPAN CAREER PORTAL - Home
Asosiy

Yaponiyadan O'zbekistonga pul jo’natish usullari

Yaponiyadan O'zbekistonga pul jo’natish usullari

Yaponiyaga ishga boradigan ko’plab o’zbekistonliklar o’z yaqinlari va oila a’zolariga  pul jo’natishni xohlaydilar. Yaponiyadan O’zbekistonga pul jo’natish murakkab jarayonlarni o’z ichiga oladi. Bu murakkablik  shundaki, Yaponiya va O’zbekiston banklarining pul o’tkazish bo’yicha aloqalari yaxshi rivojlanmagan. Bu maqolamizda esa, Yaponiyadan turib O’zbekistonga pul yuborish mumkin bo’lgan ilovalar haqida tanishtiramiz.

1.Smiles Mobile Remittance

· Play market yoki App store dan yuqoridagi ilovani yuklab oling.

 

·Ilovadan ro’yxatdan o’ting.

(Ro’yxatdan o’tish bo’yicha ko’rsatma.)

Ro’yxatdan o’tish bo’yicha video qo’llanma.       

·Shaxsingiz tasdiqlangandan keyin sizga hisob raqam berishadi.  Keyin esa ushbu ilova orqali kartaga buyurtma berishingiz mumkin. Bank hisob kartasiga pul o’tkazmasini amalga oshirasiz va ushbu hisobdan O’zbekistonga pul o’tkazishingiz mumkin bo’ladi. Bu pulni hisob raqamiga o’tkazish uchun Yuucho ATM (450 yen) yoki Lawson ATM (270 yen)  xizmat haqqi evaziga foydalana olasiz. O’z vataningizdagi pulni yubormoqchi bo’lgan tomonni ma’lumotlarini kiritasiz va kerakli summani o’tkazasiz. O’zbekistonda moneygram (moneygram haqida batafsil) mavjud bank bo’linmalaridan pulni olishlari mumkin.

·Ilovadan foydalanish bo’yicha umumiy qo’llanma bu yerda.

2.WISE

·Ilovani Play Market yoki App Store dan yuklab olishingiz mumkin.

·Wise ilovasi orqali qanday qilib pulni qabul qilib olish mumkin?

·Pul jo’natishdan oldin nimalarni bilish kerak.

·Wise orqali qanday qilib pul jo’natish mumkin?

 

3.Westren Union

Ilovani Play Market yoki App storedan yuklab olishingiz mumkin.

 

Yaponiyada yashagan vatandoshlarimizning hayotiy misollari.

“Men [Westren union] orqali 250 dollar jo'natgandim. Bu menga yenni dollar qilish, jo’natish haqqi bilan 270 dollarga tushgandi. “Western union” degan pul o’tkazadigan sayt bor. Shu saytdan o’zingiz o’tkazsangiz ham bo’ladi, yoki katta stansiyalarni yonida Western Unionni filiali bo’ladi, shulardan borib o’tkaziladi. Passport ma’lumotlari kiritiladi. Yuborgan odamni emailiga kod keladi, ushbu kodni pulni qabul qilib oluvchiga yuboriladi. Qabul qiluvchi O'zbekistonning banklarida ham Western Unionni filiali bor bankni kassasiga borib, kodni aytish orqali pulni kassadan olishingiz mumkin”

Westren unionda bank account qanday ochiladi.

Westren union orqali pul kiritish usuli

Kredit va debit kartaga qanday qilib pul kiritish usuli

Izoh qoldiring
Profile picture