JAPAN CAREER PORTAL - Home
Asosiy

Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar institutida JICA GROW loyihasi tomonidan “Yaponiyada ishlash imkoniyatlari” haqida seminar tashkil etildi.

Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar institutida JICA GROW loyihasi tomonidan “Yaponiyada ishlash imkoniyatlari” haqida seminar tashkil etildi.

Joriy 23-may kuni JICA GROW loyihasi jamoasi Nukus shahrida joylashgan Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar institutiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida institut rektori Jollibekov Berdiyar bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuv davomida institutning salohiyati, xalqaro hamkorlik qilayotgan universitetlar va tashkilotlar, ilmiy tadqiqot ishlari, start-up loyihalar haqida tanishtirib o’tildi. 
Uchrashuvdan so’ng o’quvchilarga “Yaponiyada ishlash imkoniyatlari” haqida seminar tashkil qilindi va 100 nafarga yaqin o’quvchi qatnashdi. Seminarda qatnashgan o’quvchilarning ko’pchiligi Yaponiyada ishlashga qiziqishi borligi guvohi bo’ldik, seminar davomida Yaponiyaning ishchi viza turlari va tafsilotlari haqida tanishtirib o’tildi. Tadbirdan so’ngida o’quvchilar bilan qizg’in savol-javoblar bo’lib o’tdi.  

 

Seminardan so’ng institutda tashkil qilingan yapon tili darsiga tashrif buyurildi. Yapon tili darslari OISCA-Uzbekistan office menejeri Buranbayev Timur va OISCA-Uzbekistan office yapon tili o'qituvchisi Fukushi Hoju tomonidan o’tilmoqda. 10 nafarga yaqin o’quvchi ushbu darslarda ishtirok etib kelmoqda. O’quvchilar orasida JLPT N4 qo’lga kiritganlari ham bor.

Izoh qoldiring
Profile picture