2025-yil, 29-May kuni Yaponiyaning Kanagawa prefekturasi, Yokohama shahrida "O'zbekiston kadrlar salohiyati" nomli biznes-forum tashkil etiladi
2025-yil, 29-May kuni Yaponiyaning Kanagawa prefekturasi, Yokohama shahrida "O'zbekiston kadrlar salohiyati" nomli biznes-forum tashkil etiladi
Ro'yxatdan o'ting va albatta ushbu forumga qatnashing

Yaponiyadagi O'zbekiston Respublikasi Elchixonasi hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi tashabbusi bilan, quyidagi tartibda “O'zbekiston mehnat resurslari salohiyatiga bag'ishlangan biznes-forum” bo‘lib o‘tadi.
Ushbu forum davomida, O'zbekiston fuqarolarini qabul qilayotgan yaponiyalik kompaniyalar o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashadilar, shuningdek davlat idoralari, qo'llab-quvvatlovchi tashkilotlar va mahalliy hokimiyatlar tomonidan olib borilayotgan faoliyatlar orqali o‘zbek kadrlari haqida yanada chuqurroq va aniqroq tushuncha olish imkoniyati yaratiladi.
Shuningdek, O'zbekiston Migratsiya agentligi rahbari ilk bor Yaponiyaga tashrif buyuradi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirokchilarga murojaat qiladi – bu juda muhim va noyob imkoniyatdir.
Hurmatli hamkorlar va mutasaddilarni forumda qatnashishga samimiy taklif qilamiz.

📅 Tadbir tafsilotlari:
Sana va vaqt: 2025-yil 29-may, payshanba, soat 10:30 – 12:00
Manzil: Kanagawa Industrial Promotion Center (KIP)
📍 [Google Map havolasi]
Ro‘yxatdan o‘tish: Quyidagi havola orqali ishtirok etishingiz mumkin
👉 https://forms.gle/ho6bcSuuoorZVtCm7
Tashkilotchilar: O'zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi Elchixonasi, O'zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi
Qo‘llab-quvvatlovchilar: JITCO, OTIT, KIP, JICA
📝 Dastur (rejalashtirilgan):
【Ochilish nutqlari】
B. Musayev – O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi rahbari
Shigeo Matsutomi – JITCO direktori o'rinbosari
【Ma'ruzalar】
O'zbekiston mehnat resurslari salohiyati
(O'zbekiston Migratsiya agentligi Yaponiyadagi mas'ul mutaxassisi)Kanagawa prefekturasida chet ellik ishchi kuchi siyosati
(KIP – Xalqaro aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha vakil)Qurilish sohasida o'zbekistonlik ishchilarning faoliyati
(Japan Asia Youth Exchange Association vakili)Ishlab chiqarish va qishloq xo‘jaligida o‘zbek kadrlari ishtiroki
(Azibiz MChJ rahbari)JICA faoliyati: O'zbekiston kadrlari salohiyatini oshirish
(JICA GROW loyiha mutaxassisi)【Savol-javob sessiyasi】
【Yakuniy so‘z】
Elchi Abdurahmonov (Yaponiyadagi O'zbekiston Respublikasi elchisi)
Sizni forumda ko'rishdan bag'oyat mamnun bo'lamiz.
Oldindan rahmat va hurmat bilan.
Izoh qoldiring
Mavzuga oid