JICA GROW loyihasi jamoasi Qashqadaryo va Samarqand viloyatlariga tashrif buyurdi
JICA GROW loyihasi jamoasi Qashqadaryo va Samarqand viloyatlariga tashrif buyurdi

Joriy yil 6-7-may kunlari JICA GROW loyihasi vakillari Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarining hokimlik va ta’lim muassasalarining vakillari bilan uchrashuv tashkil qilinib, unda o’quvchi yoshlarga, mahalliy aholiga “Japan Career Seminar” nomli Yaponiyada ishlash bo’yicha seminar-treninglar tashkil etilib. Ushbu seminarda Yaponiyaning ishchi vizalari haqida batafsil ma'lumotlar berib o’tildi.
6-may, Qashqadaryo viloyati.
1. Qarshi davlat texnika universiteti
Qashqadaryo viloyatiga tashrif davomida Qarshi davlat texnika universiteti ma’muriyati va o’quvchilari bilan uchrashuv tashkil qilindi. Ma’muriyat bilan uchrashuv davomida JICA GROW loyihasi maqsadi va vazifalari hamda bundan keyin GROW loyiha va universitetning hamkorlik qilish masalalari bo’yicha muzokaralar bo’lib o’tdi. O’quvchilarga esa “Japan Career Seminar” tashkil qilinib, Yaponiyada ishlash imkoniyatlari haqida batafsil tushuntirishlar berib o'tildi.


2. Qashqadaryo viloyati qurilish sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash markazi
Keyingi tashrif Shahrisabz shahrida joylashgan “Qashqadaryo viloyati qurilish sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash markazi”ga tashrif buyurib, turli sohalarda malakali mutaxassislar tayyorlash uchun yaratilgan shart-sharoitlar o’rganildi.

3. Qashqadaryo viloyat hokimligi vakillari bilan uchrashuv
Keyingi uchrashuv Shahrisabz Yoshlar markazida Viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Anvar Qobilov bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Muzokaralar natijasida Yaponiyada ishlash istagidagi fuqarolar uchun tartibli va maqsadli Yapon tili kurslarini tashkil etish, shuningdek, viloyatdagi ta’lim muassasalari bilan yaponiyalik ish beruvchilar o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

4. Qarshi davlat texnika universitetining Shahrisabz oziq-ovqat muhandisligi fakulteti
Qashqadaryoga safarimiz davomidagi eng so’ngi uchrashuv Qarshi davlat texnika universitetining Shahrisabz oziq-ovqat muhandisligi fakulteti o’quvchilari bilan bo’ldi. O'quvchilarga Yaponiyada ishlash imkoniyatlari va ishchi viza turlari, tafsilotlari haqida batafsil ma'lumot berildi.


7-may, Samarqand viloyati.
1. Toyloq tuman hokimligiga tashrif
Samarqand viloyati Toyloq tumani hokimligiga tashrif. Tashrifda tuman hokimi Bahodir Babonazarov bilan uchrashib, Uchrashuvda O'zbekiston fuqarolarini Yaponiyada "Munosib mehnat" bilan shug'ullanishlarini qo'llab-quvvatlash hamda mehnat migratsiyasi yo'nalishida "Toyloq modeli" yuzasidan fikr almashinildi.

2. Toyloq tumani Shopulod madaniyat markazida “Japan Career Seminar”
Toyloq tumani Shopulod madaniyat markazida Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi tomonidan tashkil etilgan hunarmandchilik va qo’l mehnati yarmarkasini ko’zdan kechirishdi. Shuningdek, “Yaponiyada ishlash imkoniyatlari” haqida Japan Career Seminar hamda Yaponiyada ishlab tajriba orttirgan vatandoshlarimiz bilan birga davra suhbati.


3. Nakayoshi study and travel
"Nakayoshi study and travel” o’quv markazidagi o’qitish jarayonlari haqida yaqindan tanishildi. O'quvchilarga kelajakda Yaponiyada o'z karyeralarini qurish uchun kerakli maslahatlar berildi.


Izoh qoldiring
Mavzuga oid