JAPAN CAREER PORTAL - Home
Asosiy

Japan Career Seminar — Sizning kelajakdagi muvaffaqiyatingiz uchun!

Japan Career Seminar — Sizning kelajakdagi muvaffaqiyatingiz uchun!

  Kechagi, 24-aprel kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida bo‘lib o‘tgan Japan Career Seminar yapon kompaniyalarida ishlashni va Yaponiyada o'qishni istovchilar uchun katta ilhom manbai bo‘ldi. 

  Seminar davomida ishtirokchilar: 

• Yaponiyaning ish madaniyati, talablar va imkoniyatlari bilan yaqindan tanishishdi; 

• Davra suhbatlari orqali vatandoshlarning Yaponiyada ish tajribasini eshitishdi; 

• Hamda aniq, amaliy maslahatlar olish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. 

   Yaponiyada karyera qilish istagida bo‘lgan yoshlar uchun quyidagi muhim maslahatlar berildi: 

1. O‘zini chuqur tahlil qilish; 

2. Jamiyat va jamoaga moslashuvchan bo'lish; 

3. Yapon tilini mukammal bilish; 

4. O'ziga va o'zga madaniyatlarga hurmat bilan yondashish; 

5. Erkin tafakkurli bo'lish (open mind).

Izoh qoldiring
Profile picture