JAPAN CAREER PORTAL - Home
Asosiy

Ilojsiz holatlar tufayli o’z ish faoliyatini davom ettira olmaganlar, rezidentlik maqomini Tokutei ginou (maxsus malaka vizasi) ga o’zgartirish imkoni bor.

Ilojsiz holatlar tufayli o’z ish faoliyatini davom ettira olmaganlar, rezidentlik maqomini Tokutei ginou (maxsus malaka vizasi) ga o’zgartirish imkoni bor.

1 Kirish.

Ilojsiz holatlar sababli ish faoliyatini davom ettira olmagan shaxslar, agar maxsus malaka (tokutei ginou) vizasiga o‘tishni maqsad qilgan bo‘lsa, ishga kirishni rejalashtirayotgan joyda «maxsus  faoliyat - tokutei katsudou (ishlash imkoniyati mavjud)» sifatida rezidentlik maqomini o'zgartirish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Shuni ta'kidlash kerakki, «ilojsiz holat» deganda, kompaniyaning boshqaruv yoki ish faoliyatidagi sabablar tufayli ishdan bo’shatish, zo‘ravonlik yoki ta'qib kabi inson huquqlarini buzish holatlari, qonun-qoidalarning yoki shartnoma shartlarini jiddiy  buzilishi holatlari kiritiladi. Batafsil ma'lumotni [boshqa maqolada] topishingiz mumkin.

2 Kimlar uchun?

Stajyor (Ginou Jishshusei)

Bu nazorat qiluvchi tashkilot va chet ellik stajyorlarni tayyorlash tashkiloti uch oydan ortiq vaqt davomida ish joyini almashtirishga yordam bergan bo’lsa ham, bu jarayonni amalga oshirish qiyin ekanligi aniqlangan holatlardagina ruxsat beriladi. Stajyor haqida "4-bo’lim stajyor"da batafsilroq tushuntiriladi.

Stajyordan boshqa turdagi ishchi vizasiga ega bo‘lgan chet elliklar

Ilojsiz holatlar tufayli o'z faoliyatini davom ettirishda qiynalgan va uch oy o'tganidan keyin ham yangi ish bilan ta'minlana olmaganlar uchun mo’ljallangan

Talaba

Bu o'qishni tugatgan yoki bitirishi kutilayotgan hamda o'z rezidentlik maqomini ishchi maqomiga o'zgartirishni rejalashtirgan, lekin kompaniya sharoitlari tufayli ish taklifi bekor qilinganlar uchun amal qiladi.

3 Ruxsatnoma talablari!!

Rezidentlik maqomini o'zgartirish uchun ruxsat berish talablarining umumiy ko'rinishi quyidagicha:

Talabalarga maxsus malaka testi va yapon tili imtihonini topshirish

Maxsus malaka ega chet ellik ishchilarni kamida bir yil davomida ishga olgan tashkilotda ishlash.

Yaponiyaliklar bilan teng yoki undan yuqori ish haqi

Yangi tashkilot chet elliklarning kirishi va ishlashi bilan bog‘liq qoidalarga amal qilmoqda, shuning uchun u xorijlik ishchilarni tartibli va to‘g‘ri tarzda ishga qabul qilishi mumkin.

Kasbiy malaka va yapon tilini o'zlashtirishga qo'shimcha ravishda, kundalik hayot bilan bog'liq yordam va boshqalar kutilmoqda.

Yaponiyada bo’lib turish muddati - bir yil, lekin yaxshi ish sharoitlariga va testdan o'tish uchun yetarli yordamga qaramay, maxsus malaka testidan o'tmasangiz, sizga bir marta uzaytirish ruxsat beriladi. Bir marta uzaytirishdan so'ng, agar siz va ga qo'shimcha ravishda maxsus malaka testi yoki yapon tili testidan o'tsangiz, sizga ikkinchi uzaytirish imkoni beriladi.

4 [Stajyor]

Stajyorlar haqida gap ketganda, faqatgina nazorat qiluvchi tashkilot va Chet ellik stajyorlar tashkiloti (OTIT) 3 oy yoki undan ko‘proq vaqt davomida boshqa ish joyiga o‘tkazish bo’yicha qo‘llab-quvvatlashga harakat qilib, lekin buning iloji yo’q deb topilgan hollardagina, ish joyini almashtirishga ruxsat beriladi.

Shuningdek, stajyor viza orqali ishlagan soha bilan bir xil yo‘nalishda ishlashi, ya’ni ilgari bajargan ishiga o‘xshash ishda ishlashi talab etiladi. Bundan tashqari, u yangi joyda ilgari hech qanday stajyorlarni qabul qilmagan tashkilotda ishlashi kerak bo‘ladi. Shu bilan birga, viza muddati yangilash faqatgina dastlab rejalashtirilgan stajyor 2-darajasi tugash muddatidan oshib ketmagan taqdirda yangilanishi mumkin.

5 Xulosa.

 "Maxsus faoliyat- tokutei katsudou (ishlash mumkin )" haqida umumiy ma'lumot berdik, lekin "ilojsiz holatlar" ga qanday holatlar mos kelishi mumkinligi bilish qiyin. Agar siz to'satdan ishlashni davom ettira olmasangiz, ma'muriy huquqshunos, nazorat qiluvchi tashkilot, ro‘yxatdan o‘tgan qo‘llab-quvvatlovchi tashkilot, Japan career portali a’zolari va boshqalar bilan maslahatlashing.

Izoh qoldiring
Profile picture