GROW loyihasi mehnat yarmarkasida
GROW loyihasi mehnat yarmarkasida
Sharqshunoslik va Jahon Tillari universitetlarida bo'lib o'tgan "Job Fair"da Japan Career Portal namoyish etildi.

Toshkent davlat sharqshunoslik univesiteti va O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti
2025-yilning 17-aprel kuni Toshkent shahrida joylashgan Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida navbatdagi mehnat yarmarkasi bo’lib o’tdi. Mazkur tadbirda turli kompaniyalar va loyihalar qatori GROW jamoasi ham faol ishtirok etdi.
Tadbirda ish beruvchilarni jalb qilgan holda universitet bitiruvchilarining bo’sh ish o’rinlari bilan tanishtirish va bu orqali bitiruvchilarning bandligini ta’minlash maqsad qilingan bo’lib, GROW loyihasi a’zolari va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi vakillari tomonidan “Japan Career Portal” (JCP) mehnat yarmarkasida namoyish etilib, talabalar bilan jonli muloqotlar olib borildi, taqdimotlar o’tkazildi va individual maslahatlar berildi.
Tadbir davomida yuzlab talabalar GROW vakillaridan o’zlari qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Asosan quyidagi mavzularga o’quvchilarning qiziqishlari kuchli bo’ldi:
-Ishga joylashish shartlari va imkoniyatlari;
-Yaponiya mehnat bozori haqida umumiy ma’lumot;
-Til talablari xususan, yapon tili va ingliz tili mahorati bilan ham ishga joylashish mumkinligi darajasi;
-Ariza topshirish jarayonlari va kerakli hujjatlar;
-Hozirda Yaponiyada talaba almashuvi dasturi qatnashuvchilari ham Yaponiyada ishga joylashish imkoniyatlari;
Universitetlarda tadbirning borishi
Tadbir davomida talabalarga portal imkoniyatlari, undagi bo’limlar haqida batafsil ma’lumot berildi.Tashrif buyurgan yoshlarning aksariyati yapon tili yo'nalishi o’quvchilari ekanligi va kelajakda o’z karyeralarini Yaponiyada davom ettirish maqsadida ekanliklari guvohi bo’ldik. Nafaqat Yapon tili o’rganuvchilari balki, boshqa sharqiy til yo’nalishi o’quvchilarini ham Yaponiyaga qiziqishlari kuchli ekanligi sezildi.
Japan Career Portalga o’quvchilarning sharhi
JCP (Japan Career Portal) talabalarning e’tibor markazida bo’ldi. Ushbu platforma Yaponiyadagi ta’lim va mehnat tizimiga qiziquvchi yoshlarga mo’ljallangan bo’lib, zaruriy ma’lumotlarning to’liq va tizimli shaklini taklif qiladi. Shuningdek, madaniy tafovutlar, til to’sig’i va moslashish kabi mavzular ham yoritilgan bo’lib, portal ko’plab talabalar uchun Yaponiyaga oid turli savollarga aniq javob va ishonchli manba bo’lib xizmat qilmoqda. Job fair doirasida JCP ko’rgazmali stoliga tashrif buyurgan nafaqat o’quvchilar balki universitet mas’ullari tomonidan ham yuqori darajada baholandi.
Bunday yarmarkalar yosh avlod vakillariga nafaqat xorijiy mamlakatlar hayoti bilan yaqindan tanishish, balki o’z kelajak kasbiy faoliyati haqida aniqroq tasavvuriga ega bo’lish imkonini beradi.Jamoamiz ushbu tadbir orqali nafaqat portalni targ’ib qilish bilan bir qatorda talabalarga kerakli motivatsiya , foydali maslahatlar va xalqaro imkoniyatlar sari bir qadam yaqinlashish imkoniyatini ham yaratdi.
Kelgusida ham shunday uchrashuvlarda faol ishtirok etib, yoshlar bilan ishlashni davom ettirish niyatidamiz!
Izoh qoldiring
Mavzuga oid