Yapon tili maktabiga qanday qilib o’qishga borsa bo’ladi?
Yapon tili maktabiga qanday qilib o’qishga borsa bo’ladi?
Reja:
1. Yapon tili maktabi haqida
2. O’qishga borish jarayoni
3. Hujjatlar
4. Viza olish va Yaponiyaga jo’nab ketish
1. Yapon tili maktabi haqida
Yapon tili maktabi bu ta’lim muassasasi bo’lib Yaponiyada chet elliklarga yapon tilini o’qitish bilan shug’ullanadi. O’qish muddati eng uzog’i bilan 2 yil. O’zbekistondan Yaponiyaga talaba bo’lib borishning bir yo’li bu aynan yapon tili maktabagi borishdir. Quyida yapon tili maktabiga talaba sifatida o’qishga borish haqida batafsil tushuntiramiz.
Yapon tili maktabiga o’qishga qabul ko’p hollarda yiliga 4 marotaba aprel, iyul, oktabr, yanvar oylari bo’ladi. Yaponiyada o’quv yili O’zbekistondan farqli ravishda aprel oyidan boshlanadi. Shuning uchun aprel oyida boradigan talabalar yilning boshqa mavsumiga qaraganda ko’proq hisoblanadi. O’qishga bormoqchi bo’lgan vaqtga qarab hujjatlarni kamida 6 oy oldin tayyorlashni boshlashingiz kerak.
Yapon tili maktablariga o’qishga hujjat topshirishda kamida 12 yillik (O’zbekiston vaziyatida 11 yillik) ta’limni tugatgan bo’lishingiz kerak. Yoshda kattaligi bo’yicha esa chegara mavjud emas.
Yapon tili maktabi topishining 2 xil yo’li bor. 1-yo’li, o’zingiz internet orqali o’zingiz bormoqchi bo’lgan shahar nomini yozib masalan “Japanese language school in Kyoto” yoki ”日本語学校”deb qidirsangiz bo’ladi.