JAPAN CAREER PORTAL - Home
Asosiy

Tokyo Metropoliteni Tez yurar yo'llariga piyodalar, velosipedlar va kichik transport vositalari kirishi taqiqlanadi!

Tokyo Metropoliteni Tez yurar yo'llariga piyodalar, velosipedlar va kichik transport vositalari kirishi taqiqlanadi!


Tokyo Metropoliteni Tez yurar yo'llarida (Metropolitian Expressway) piyodalar, velosipedlar, motorollerlari (gabaritsiz), yengil transport vositalari, mini-avtomobillar, qishloq xo‘jaligi texnikasi, kichik maxsus avtomobillar va 125 kub santimetrdan kichik dvigatel hajmiga ega mototsikllarning harakati qonun bilan taqiqlangan.

Agar bunday transport vositalari yoki piyodalar noto‘g‘ri tarzda avtomagistralga kirib qolsa, bu og‘ir yo‘l-transport hodisalariga olib kelishi mumkin. Shu sababli, kirish-chiqish joylarida ingliz tilidagi va piktogrammalar yordamida ogohlantiruvchi belgilar o‘rnatilgan bo‘lib, bu xorijiy fuqarolar tomonidan ham oson tushunilishi uchun mo‘ljallangan.

Ayniqsa, so‘nggi yillarda O‘zbekiston fuqarolari tomonidan noto‘g‘ri kirish holatlari ko‘paymoqda. 2024-yilda bu kabi 15 ta holat qayd etilgan bo‘lib, ular asosan velosipedda noto‘g‘ri kirish holatlaridir. Bu ko‘rsatkich 2023-yilga nisbatan 5 baravar oshgan.

Shu sababli, Yaponiyada yashayotgan O‘zbekiston fuqarolaridan Tokyo Metropoliteni Tez yurar yo'llariga noto‘g‘ri kirib ketmasliklari uchun yuqori darajada ehtiyotkor bo‘lish so‘raladi. Agar skuter yoki velosipeddan foydalansangiz, quyidagi yo'riqnoma orqali “Google Maps” ilovasidan o'zingizga mos sozlamalarni o'rnating. Yo'l harakati qoidalariga amal qilish orqali, hayotingizni xavfsizligini ta'minlang!!

Manba: https://www.shutoko.jp/use/safety/keepout/ 

Izoh qoldiring
Profile picture