JAPAN CAREER PORTAL - Home
Asosiy

Yapon tilini o'rganish uchun foydali havolalar

Yapon tilini o'rganish uchun foydali havolalar

1. Activate your Japanese (引き出す日本語)

Kundalik hayotdagi mavzularda gaplasha oladigan A2 darajasidan boshlab, kundalik hayot va ish faoliyatida yanada keng qamrovli muloqot qila oladigan B1 darajasiga erishishni maqsad qilganlar uchun mo‘ljallangan.

Ushbu sayt yapon tili o‘rganish ko’rsatuvi "Hikidasu Nihongo – Activate Your Japanese!" (keyingi o‘rinlarda "Hikidasu Nihongo") darslarda foydalanishni osonlashtiradigan foydali kontentlarni taqdim etadi.

2. JF Japanese e-learning “Minato”

JF Japanese e-Learning Minato — Yaponiya Jamg‘armasi tomonidan taqdim etilgan yapon tili onlayn o‘quv platformasidir. "Minato" so‘zi yapon tilida "port" (bandargoh) degan ma'noni anglatadi.

Minato — bu o‘rganish va bir xil qiziqishga ega insonlar bilan uchrashish joyi bo‘lib, sizni Yaponiyani, yapon xalqini hamda yapon tilini chuqurroq tushunishga va bilimingizni kengaytirishga taklif qilamiz.

3.Japanese language education materials and app from Organization for Technical Intern Training (OTIT)

Xorijiy stajyorlarni tayyorlash tashkiloti (OTIT) – 2017-yil 25-yanvarda tashkil etilgan va Yaponiya Adliya vazirligi hamda Sog‘liqni saqlash, mehnat va farovonlik vaziri tomonidan tasdiqlangan tashkilotdir.

OTITning asosiy maqsadi –Yaponiyaning turli sanoat tarmoqlaridagi ko‘nikmalar, texnologiyalar va bilimlarni rivojlanayotgan mamlakatlarga o‘tkazish orqali xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, inson resurslarini rivojlantirish shuningdek, kasbiy malaka amaliyoti jarayonlarini to‘g‘ri tashkil etish va ularning huquqlarini himoya qilishdir.

4. IRODORI Japanese Online Course

“IRODORI” kursi o’zbek tiliga  tarjima qilingan darsliklari

Text book

MP3

IRODORI kirish_

IRODORI kirish_

IRODORI Elementary 1

IRODORI Elementary 1

IRODORI Elementary 2

IRODORI Elementary 2

Irodori – Yaponiyada yashovchilar uchun yapon tili. Kurs Yaponiyada yashayotgan yoki kelajakda yashashni rejalashtirganlar uchun mo‘ljallangan maxsus o‘quv qo‘llanmalar asosida olib boriladi. Ushbu kursda Siz Yaponiyada turli kundalik vaziyatlarda, masalan, xarid qilish, ko‘ngilochar mashg‘ulotlar, ovqatlanish va boshqa ijtimoiy vaziyatlarda qo‘llaniladigan yapon tilini o‘rganishingiz mumkin.

Izoh qoldiring
Profile picture