Restoran sohasi bo'yicha maxsus malaka imtihoniga tayyorlanish uchun o'quv materiallari
Restoran sohasi bo'yicha maxsus malaka imtihoniga tayyorlanish uchun o'quv materiallari

2018-yilda “Immigratsiya nazorati to‘g‘risida”gi qonunning o‘zgarishi natijasida, ma’lum darajadagi mutaxassislik va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan xorijiy fuqarolar uchun Yaponiyada ishlash imkonini beruvchi yangi turdagi rezidentlik maqomi (“Maxsus malaka”) joriy etildi.
Restoran sohasi maxsus sanoat sohalaridan biri sifatida belgilanganligi sababli, umumiy ovqatlanish korxonalari “Maxsus malaka 1-daraja” maqomidagi xorijiy ishchilarni maksimal 5 yilgacha ishga olishlari mumkin.
Bundan tashqari, 2024-yildan boshlab “Maxsus malaka 2-daraja” bo‘yicha ham ishchilarni ishga olish mumkin bo‘ladi. Shu munosabat bilan, 2-daraja imtihoniga tayyorgarlik ko‘rish uchun o‘quv qo‘llanmasi joylashtirildi. Ushbu materialdan foydalangan holda tayyorgarlik ko‘rishingiz mumkin.
Restoran sohasi maxsus malaka imtihoniga tayyorgarlik bo‘yicha o‘quv qo‘llanmasi haqida(ushbu o'quv qo'llanmalari yapon tilidan tarjima qilingan)
Yaponiya Oziq-ovqat xizmatlari assotsiatsiyasi ((一社)日本フードサービス協会) tomonidan, umumiy ovqatlanish korxonalari va akademik mutaxassislarning hamkorligida, Restoran sohasi maxsus malaka imtihoniga tayyorgarlik uchun zarur bo‘lgan o‘quv qo‘llanmasi ishlab chiqildi.
◆ Imtihonga kiradiganlarga barcha fanlar bo‘yicha o‘quv qo‘llanmasini yuklab olib, undan foydalanishlari tavsiya etiladi.
※ Imtihon barcha fanlardan savollarni o‘z ichiga oladi.
Quyida “Maxsus malaka 1-daraja” imtihoniga tayyorlanishi bo’yicha o’quv materiallari
Mijozlarga xizmat ko’rsatish (接客全般) | Oziq-ovqat va ichimlik sanoati | Sanitariya nazorati (衛星管理) | |
Yapon tili | ![]() | ![]() | ![]() |
Ingliz tili | ![]() | ![]() |
Quyida “Maxsus malaka 2-daraja” imtihoniga tayyorlanishi bo’yicha o’quv materiallari
Mijozlarga xizmat ko’rsatish(接客全般) | Oziq-ovqat va ichimlik sanoati(飲食物調理) | Sanitariya nazorati (衛星管理) | Savdo-sotiq boshqaruvi (店舗運営) | |
Yapon tili | ![]() | ![]() | ![]() | ![]() |
Manba: https://www.jfnet.or.jp/contents/gaikokujinzai/
Izoh qoldiring
Mavzuga oid