173-maktabda Yaponiyada o‘qish va ishlash bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi
173-maktabda Yaponiyada o‘qish va ishlash bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi

2025-yil 24-fevral kuni JICA GROW loyihasi vakillari – mutaxassis Jo'rabek Hasanov va yordamchi Sobirov Temur Chilonzor tumanidagi 173-maktabda Yaponiyaga o‘qish va ishlash bo‘yicha seminar o‘tkazishdi.
Seminarda quyidagi mavzular haqida ma’lumot berildi:
Tsukuba universiteti haqida tanishtiruv
GROW loyihasi haqida tanishtiruv
Ishtirokchilar Yaponiyada ta’lim olish va ishlash imkoniyatlari haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.
Asosan 11-sinf va 7-sinf o‘quvchilari ushbu seminarda qatnashib, o‘z kelajaklarini rejalashtirishda muhim maslahatlar olishdi.
O‘quvchilar quyidagi mavzularda ko‘plab savollar berishdi:
🔹 Yaponiyaga talabalar vizasi bilan borganlar ishlashi mumkinmi?
🔹 Talabalar haftasiga necha soat ishlash huquqiga ega?
🔹 Ingliz tilida o‘qish mumkin bo‘lgan dasturlar bormi?
Seminardan so‘ng o‘quvchilar Yaponiyada o‘qish va ishlash imkoniyatlari haqida aniq tushunchaga ega bo‘lishdi va bu tadbir ular uchun juda foydali bo‘ldi.
JICA GROW loyihasi kelgusida ham shunday tadbirlarni o‘tkazib, O‘zbekiston yoshlari uchun Yaponiyada o‘qish va ishlash imkoniyatlarini targ‘ib qilishda davom etadi.
