JAPAN CAREER PORTAL - Home
Asosiy

Kobe modeli vakillarining Toshkentga tashrifi

Kobe modeli vakillarining Toshkentga tashrifi

Qariyalarni parvarishlash sohasi bo'yicha hamkorlik istiqbollari

2025-yil 26-30-yanvar kunlari Kobе modeli vakillarining Toshkent shahriga tashrifi bo‘lib o‘tdi.

Kobе modeli – davlat, xususiy sektor va akademik hamjamiyat hamkorligiga asoslangan tizimdir. Ushbu model xorijdan kelgan kadrlarni “xorijiy talaba” maqomida qabul qilib, ularni keksalarga g‘amxo‘rlik qilish sohasida o‘qitish, zarur ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishlarini ta’minlash, so‘ngra esa “maxsus malaka” (特定技能) vizasiga ega bo'lish orqali ushbu sohada ishga joylashish imkoniyatini yaratishni nazarda tutadi.

Kobе modelini amalga oshirishda ishtirok etayotgan asosiy tashkilotlar quyidagilardir:

2024-yil avgust-sentyabr oylarida GROW loyihasi mutaxassislari Yaponiyaga xizmat safari uyushtirib, Kobe modeli vakillarining O‘zbekiston bilan hamkorlik qilish istiqbollariga e’tiborini tortishga muvaffaq bo‘ldi. Bu aynan Kobe modeli yangi bozorlarga yo‘nalishni o‘rganayotgan davrga to‘g‘ri kelgani bois, o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish uchun katta imkoniyatlar yaratdi.

Bugungi kunda ushbu model Vyetnam, Hindiston, Shri-Lanka, Myanma, Indoneziya va Tailand kabi davlatlarda, shu jumladan, ushbu mamlakatlardagi 11 ta ta’lim muassasasida muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.

Ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida Kobe modeli vakillari O‘zbekistondagi qator davlat idoralari, ta’lim muassasalari va ijtimoiy muassasalarga tashrif buyurdilar.

Chapdan o‘ngga: O‘zbekistondagi JICA ofisi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Toshkent shahar boshqarmasi
Chapdan o‘ngga: Hamshiralik akademiyasi,  Yunusobod Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi
Chapdan o‘ngga: 1-Respublika Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi, "Saxovat" internat uyi

Kobe modeli vakillarining Toshkentga tashrifi qariyalarni parvarishlash sohasida mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha tajriba almashish va hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilishga xizmat qildi.

Izoh qoldiring
Profile picture