Megapolisda yashashni tanlaysizmi yoki chekkaroq hududlarda?
Megapolisda yashashni tanlaysizmi yoki chekkaroq hududlarda?

Xorijliklarning Yaponiyaga kelganlaridan soʻng koʻpchiliklarini qiynaydigan tanlov bu shaharda yashash qulaymi yoki shahardan tashqaridami degan tanlovdir. Talabalik vaqtida Tokyo hududi va Chibada yashab, hozirda mintaqaviy shaharda istiqomat qilayotgan senpai (tajribali hamkasblaringiz, korxona xodim), chet elliklarning yirik shaharda yashashi va mintaqada yashashining yaxshi va yomon tomonlari sizga taqdim etadi.
Shahar hududida yashashning foydali jihatlari
Men Tokyoning 23 ta tumanlarida yashaganimda har tomonlama qulay jihatlari koʻpligini his qildim. Ayniqsa, do'konlarning ko'pligi hayratlanarli bo'lib, ko'p sonli konbini (mini-market) va supermarketlar mavjud edi. Chet ellik xodimlar ham ko'p bo'lib, ko'pincha mobil telefon do'konlarida chet elliklarga xizmat ko'rsatishlari mumkin. Men chet elliklarning Yaponiya shahrida yashashining afzalliklari va kamchiliklarini to'pladim.
Shahar hayotining afzalliklari:
Ishga joylashish va qoʻshimcha soatbay ishlash imkoniyati juda yuqori;
Xorijliklarni ishga qabul qiladigan kompaniyalar soni ham anchagina;
Toʻlanadigan ish haqqi yuqori darajada;
Poyezd, avtobus va boshqa transport vositalari soni va ularning yo'nalishlari qatnovi soni ham koʻp;
Yirik aeroportlar koʻp boʻlib, mamlakatingizga qaytish va sayohat qilish uchun qulay;
Koʻngil ochar joylar, kafe va restoranlar ham yetarlicha miqdorda boʻlib, chet elliklarga xizmat koʻrsatish rivojlangan;
Chet elliklar juda koʻpligi sababli bir xil vatandosh do'stlarni topish oson.
Shahar hududidagi yashashning foydali boʻlmagan jihatlari:
To'la poyezdda ishga yoki o'qishga borish o'ylagandan ham qiyinroq bo'ladi;
Narx navo (ayniqsa yashash joylarining ijara haqlari, oʻqishga toʻlanadigan pul miqdori, tez yomon bo'ladigan mahsulotlar, ya’ni meva va sabzavotlar, go’sht mahsulotlar)ning qimmatligi;
Avtomobillar transporti koʻpligi hisobiga iqlim buzilish darajasi yuqoriligi;
Sabzavot va koʻkatlarni yetishtirish va oʻstirish maydonlari kam;
Odamlarning bir birlariga munosabatlari iliqlik darajasi hamda bir birini qoʻllab quvvatlash darajasi nisbatan past.
Shahardan tashqarida yashashning qulay va noqulay tomonlari
Men Tokyoda yashaganimdan keyin Chiba prefekturasining Kashiva shaharchasiga, undan keyin esa Hyogo prefekturasining Himeji shaharchasiga koʻchib keldim. Bu kabi mintaqaviy shaharchalarda Tokyoga nisbatan yashash joylarining ijara haqi arzonroq. Bir necha yil oldin bu yerlarga kelganimda oʻzim xohlagan ishni topib ishlashim qiyin kechgan. Hozirda esa markazdan uzoq bo’lgan hududlarda ham xorijliklar uchun ish oʻrinlari koʻpaygan.
Shahardan tashqarida yashashning yaxshi tomonlari:
Narxlar arzon. Boshqa yirik shaharlar bilan solishtirganda, ijara, oʻqish, yangi oziq-ovqat va boshqa xarajatlar ayniqsa arzon;
Transport shovqini, yoʻlovchilar qatnovi va transport tir bandlik kamroq, stressdan yiroq;
Havo tozaligi sog‘liq uchun foydali;
Oʻz hovlisida sabzavot va koʻkatlar yetishtiradigan odamlar ko’p. Hattoki kvartirada yashasangiz ham, kichik yer maydonida oʻsimliklar parvarishlashga imkoniyat bor;
Ba'zi hududlarda har xil mamlakatlardan kelgan xorijiy fuqarolar jamoalari o'rtasida kuchli birdamlik mavjud;
Odamlarning bir-birlariga boʻlgan munosabatlari mustahkam, bir birlarini qoʻllab quvvatlash tuyg‘ulari baland.
Shahardan tashqarida yashashning kamchiliklari:
Poyezd, avtobus va boshqa transport vositalari soni va ularning yoʻnalishlari qatnovi soni nisbatan kam. Shahar markazidan uzoqlashgan sari, soatiga bitta yoki ikkita poyezd yuradigan holatlar ham mavjud;
Avtobus qatnovi ham poyezd qatnovi ham boʻlmagan joylarda shaxsiy avtomobil boʻlmasa yashash qiyin boʻlgan hududlar ham mavjud. Xorij fuqarolariga haydovchilik guvohnomasini olish uchun JLPT N2 darajasidagi yapon tilini bilish zarur;
Koʻngil ochar joylar, kafe va restoranlar kam.
Xulosa
Xulosa qilib shuni aytib oʻtish mumkinki, megapolis va shahar chekkasidagi hududlarning oʻziga yarasha ijobiy va salbiy tomonlari bor. Hozirgi vaqtga kelib shahardan tashqaridagi hududlarda ham xorijliklar uchun ish oʻrinlari koʻpaymoqda, shuningdek, shahardan tashqaridagi hududlarda oʻqib, shahar joylarda ish topish ham mumkin. Oʻz turmush tarzingiz, kelajakdagi rejalaringiz, daromad va xarajatlar oʻrtasidagi farqlarni hisobga olgan holda yashash joyingizni megapolisda yoki shahardan tashqarida tanlashingiz mumkin.
Ma'lumot manbai: JP-MIRAI portali (https://portal.jp-mirai.org/ja/before-coming/s/japan/live-in-the-city-or-countryside)
Izoh qoldiring
Mavzuga oid