JAPAN CAREER PORTAL - Home
Asosiy

Do’stona mamlakat, O‘zbekistondagi mening tajribalarim

Do’stona mamlakat, O‘zbekistondagi mening tajribalarim

O‘zbekistonliklar juda samimiy va mehmondo‘st, ammo birdan bekor bo‘ladigan tadbirlar yoki kutilmaganda jadval o‘zgarishlariga qalban tayyor turish kerak !

Tarjimai hol:

Ism:  Emiko Senbongi

Hozirgi faoliyatim: JICA xalqaro hamkorlik tashkilotining 2023-yil 3-guruh, O‘zbekiston missiyasi: Yoshlar faoliyati bo‘yicha vakil (2024-yil yanvar oyidan boshlab, hozirgacha).

Karyera tarixim:

  • Bolalar tarbiyachisi (bog’cha tarbiyachisi) 

  • Tashqi ishlar vazirligi madaniy almashinuv va xorijdagi targ‘ibot bo‘limi xodimi

  • Mori Building Estate Service Co., Ltd. savdo bo‘limi administratori

  • Doutor Coffee Co., Ltd. kadrlar bo‘limi ish yurituvchisi

  • Nippon Travel Agency korporativ savdo bo‘limi xodimi

O‘zbekistondagi faoliyatim

Hozirda, Toshkent shahridagi 173- sonli umumta’lim maktabida ingliz va yapon tillaridan dars beryapman. Yana, Nagoya universiteti bilan hamkorlik qilayotgan Toshkent davlat yuridik universiteti talabalariga yapon tilini o‘rgatib kelmoqdaman.

Asosiy faoliyat yo’nalishlarim

  • Yapon tili va madaniyati bo‘yicha ta’lim berish (to‘garak shaklida mashg’ulotlar)

  • Ingliz tili o‘rgatish (IELTS imtihoniga tayyorgarlik bo‘yicha darslar ham kiritilgan)

  • Yapon madaniyatini tanishtirish tadbirlari (choy marosimi, sushi party, shodo- kalligrafiya va origami)

  • Mehmon ma’ruzachilar ishtirokida seminarlar (yapon kompaniyalar haqida tanishtirish, robototexnika bo‘yicha kurslar va boshqalar)

  • Yaponiyalik bolalar va o‘zbekistonlik o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish (ma’lumot almashish va onlayn muloqot o‘tkazish)

Ushbu faoliyat orqali, Yaponiya va O‘zbekiston o‘rtasida ko‘prik bo‘lishni maqsad qilganmiz.

O‘zbekistondan chet elda o‘qish haqida

O‘zbekistonda bolalar yoshligidanoq o‘zbek va rus tillarini o‘rganishadi va bu yerlik yoshlar til o‘rganish qobiliyati bor. Ammo quyidagi sabablarga ko‘ra chet elda ta’lim olish yoki ishlashda qiyinchiliklarga duch kelishadi:

  1. Moliyaviy xarajatlarning og’irligi

  2. O‘qishga kirish bo‘yicha maslahat va axborot yetishmovchiligi

  3. Viza olishning qiyinligi

Mening faoliyatim davomida esa, chet elda o‘qish bo‘yicha axborot berish, seminarlar tashkil qilish orqali O‘zbekistondan Yaponiyaga kelayotgan talabalar uchun hayot va ta’lim haqida tushuncha beraman. ,,Hayotda ko‘plab tanlovlar mavjud” ekanini ko‘rsatib aniq tasavvur qilishlariga yordam berishga harakat qilaman.

O‘zbekistonning jozibasi

O‘zbekiston - xavfsizlik darajasi yuqori, yashash uchun qulay mamlakat. Tarixiy jihatdan Buyuk Ipak yo‘li orqali gullab-yashnagan madaniy va an’anaviy merosga ega.

Tavsiya etadigan joylarim
Samarqand: Tillakori madrasasi – betakror go‘zallikdagi tarixiy me’moriy yodgorlik.

Milliy taomlari:

  • Palov: Guruch, piyoz, sabzi va ziravorlar bilan tayyorlanadigan milliy taom.

  • Shashlik: Sixda pishirilgan go‘sht

  • Somsa: Pechda yoki tandirda pishiriladigan mantiga o’xshash taom

  • Chuchvara: Yapon chuchvaraga o’xshashlik, sho’rva ichida bo’ladi

O‘zbekiston ovqatlari mazali, yangi uzilgan sabzavotlar ham ko‘p, lekin me’yoridan ortiq iste’mol qilishdan tiyilish kerak. (shaxsiy tajribamda xolesterinim oshdi).

O‘zbekistonliklar

O‘zbekistonliklar juda mehnatkash, samimiy va mehmondo‘st bo‘lib, yaponlar va boshqa chet elliklar bilan juda tez muloqotga kirishadilar. Ammo, yig’ilish va tadbirlarda rejalashtirilgan jadvalning to‘satdan o‘zgarish ehtimoli bor, shuning uchun har qanday o‘zgarishga tayyor bo‘lib turish kerak.
Uning ustiga Yapon xalqiga kabi o’troq xalq bo’lib insoniy aloqalarini juda muhim hisoblashishadi. Ertalab maktabga kelayotganda barcha bolalar albatta salomlashishadi. Shunday bolalar bilan har kunimni maroqli o’tkazyapman.

O‘zbekistonning xavfsizligi

O‘zbekiston – dunyo miqyosida xavfsiz davlat hisoblanadi. Masalan, ovqatlanish joylarida odamlarning o‘z buyumlarini (sumka yoki telefon) stolda qoldirilganini ko‘rish odatiy hol. Bolalar ham kechga qadar bog’larda o‘ynashadi.
Shaxsiy tajribam, yaqinda metro bekati ichida sumkamni yodimdan chiqib qoldirib ketgan edim. Metro xodimi barcha narsalarimni avaylab olib qo’yishgan ekan.

O‘zbekistonga tashrif buyurmoqchi bo‘lganlar uchun

O‘zbekiston – Ipak yo‘li tarixi bilan boy va dunyo merosi ro‘yxatidagi ko‘plab shaharlarni o‘z ichiga olgan mamlakat. Shu bilan birga, so‘ngi yillarda tez rivojlanayotgan iqtisodiy o‘sishlar tufayli, biznes qilish imkoniyatlari ham kengayib bormoqda.
Bu yerga tashrif buyurganingizda tarix va madaniyatni his qiling, mahalliy odamlarning samimiyligini ko‘ring. Ushbu mamlakatda ko‘radiganlaringiz va oladigan tajribalaringiz, sizning hayotingizda unutilmas lahzalar bo‘lib qoladi, deb ishonaman.

So‘ngi so‘z

Men Tashqi ishlar vazirligida madaniy almashinuv bo‘yicha ishlagan tajribam tufayli, o‘z bilim va tajribamni chet ellik bolalarga as qotishini xohlardim. JICA-ning dasturiga ariza topshirgan paytimda yosh chegarasiga yaqinlashib qolgandim va   imkoniyatdan foydalanishga qaror qildim. Shu bilan birga, xalqaro hamkorlik dasturida ishtirok etish oiladan uzoqda yashashni talab qiladi, bu esa men uchun muhim bir sinov bo‘ldi. Lekin butun dunyo bolalari uchun mening bilimlarim ularga baxt ulashsa, degan niyatda bu qadamni tashlashga qaror qildim. Oxir-oqibat, oilam bu qarorimni qo‘llab-quvvatlab, menga katta dalda berdi. Oilamning bu yordami tufayli hozirda O‘zbekistonda mazmunli hayot kechirmoqdaman.

Faoliyat davomida eng quvonarli voqealardan biri — Yaponiyadagi farzandim tahsil olayotgan boshlang‘ich va o‘rta maktablar bilan O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan maktab o‘rtasida madaniy almashinuvni tashkil etish imkoniyatiga ega bo‘lganimdir. Kelajakda ushbu almashinuvni onlayn tarzda davom ettirishni rejalashtirmoqdaman. O‘zbekistonda har kuni dars berar ekanman, Yaponiya va O‘zbekiston o‘rtasida mustahkam ko‘prik qurish istagim kundan kunga ortib bormoqda. Balki hozirgi faoliyatim juda katta o‘zgarishlarga olib kelmas, lekin bolalarning ikki mamlakatni o‘rganishi ularning dunyoqarashini kengaytirib, yangi imkoniyatlarni ochib beradi. Bu esa ularning yuziga tabassum keltirayotganini ko‘rib, bu yerga kelishimning haqiqiy ma’nosini tushunyapman.

Shu natijalarga erishishimda meni ilhomlantirgan bolalarga ham minnatdorchilik bildiraman.

 

Izoh qoldiring
Profile picture