JAPAN CAREER PORTAL - Home
Asosiy

Yaponiyaga oʻzimiz bilan nima olib bora olamiz?

Yaponiyaga oʻzimiz bilan nima olib bora olamiz?

Yaponiyaga ilk bor tashrif buyurayotganlar oʻzlari bilan nimalar olib borishsa boʻladi?

Bu borada tajribaga ega kishilarning maslahatlarini quyida jamladik.

Naqd pul

Chet elda ish boshlash, o’qish yoki hayot tarzini boshlash jarayonidagi har xil vaziyatda naqd pul zarur boʻlishi tayin. Imkon darajasida 100,000 dan 200,000 yena miqdorida pul tayyorlab qoʻyish maqsadga muvofiq. Butun Yaponiya boʻylab ishlatiladigan pul birligi Yena hisoblanadi. Yaponiyada pul almashtirish shahobchalari cheklangan sonda ekanligini ham yodda tutib, ma'lum miqdordagi naqd pulni o'z mamlakatingizda “yen”ga ayirboshlab, keyin olib kelish tavsiya etiladi.

Kredit karta

Xorijiy fuqarolar Yaponiyaga kelishi bilan darhol Yaponiyada kredit kartalarni ochishida murakkab vaziyatlar koʻp. Favqulodda vaziyatlarda xarajatlarni qoplash uchun imkon qadar oʻz mamlakatingizdagi kredit kartangizni olib kelishingiz maqsadga muvofiq.

Mobil aloqa telefonlari

Yaponiyada mobil telefonlardan gaplashish va ma'lumot joʻnatib olishda foydalanish uchun Mobil aloqa kompaniyalari bilan shartnoma tuzgan holda, tanlangan tarif rejasi qiymatini har oyda toʻlash kerak.

Mobil telefon qurilmangizga kelsak, sizda mavjud bolgan SIM-free telefoni, ya'ni SIM-karta kompaniyasini erkin almashtirish imkoni bo'lgan mobil telefondan foydalanishingiz yoki aloqa tarifini o'z ichiga olgan yangi mobil telefoni sotib olishingiz mumkin. Agar yangi qurilma sotib olmoqchi bo'lsangiz, avval Yaponiya hayotiga ko'nikib olganingizdan so'nggina yangi do'kon va modelni tanlab sotib olishingizni tavsiya qilamiz.

Yaponiyada mobil telefon va Wi-Fi dan qanday foydalanish mumkin?

Kiyim kechaklar

Yaponiyada toʻrt fasl almashinuvi iqlimi bor. Shuning uchun iqlim jihatidan issiq boʻlgan mamlakatlardan tashrif buyuradigan chet elliklar uchun qish fasli nisbatan sovuq tuyulishi mumkin. Yaponiyaning oʻzida sifatli va arzon issiq kiyimlar sotib olish mumkinligi bois koʻp kiyimlar olib kelish uchun ehtiyoj yoʻq. Lekin shunga qaramay palto va pux toʻldirilgan issiq kiyimlar boshqa malakatdagi narxlar bilan solishtirilganda qimmatlik qilishi mumkin. Narx jihatini hisobga olgan holda oʻz mamlakatingiz internet magazinlaridan buyurtma qilib olishingiz nisbatan arzonroq bo‘lishi mumkin.

Vataningiz yeguliklari