JAPAN CAREER PORTAL - Home
Asosiy

Bir kishi haqidagi taassurot, butun millat haqidagi taassurotga ta'sir qiladi

Bir kishi haqidagi taassurot, butun millat haqidagi taassurotga ta'sir qiladi

Yapon kompaniyalarining o‘ziga xos xususiyati bu – jamoaviylik !

2018-2020: Noriko Gakkyu yapon tili maktabi (Farg’ona)

2020-2021: Yapon tilini koronavirus pandemiyasi sababli mustaqil oqigan

2021-2022: “MIRAI RECRUITMENT AGENCY XUSUSIY BANDLIK AGENTLIGI”da yapon tilini o’rgangan

2022- Yaponiyaga kelish →1 oylik oquv kursi→kasbiy malaka amaliyoti (Hokkaydo, Sapporo shahri)
(2001-yil , Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan)

Yaponiyada ishlashga turtki

Men ozi avvaldan Yapon madaniyatini yoqtirar edim. Otam sababli Noriko maktabida yapon tili organishni boshlab, Yaponiyaga qiziqishim yanada ortdi. 2019-yil Ozbekiston davlat jahon tillari universitetiga imtihon topshirib, oqishga kira olmadim. Shundan song, Yaponiyada ish tajribasini toplash imkonini beruvchi kasbiy malaka amaliyoti (stajor) haqida bilib qoldim va Yaponiyada ishlash yolini tanladim.

Kasbiy malaka amaliyotchisi (Stajor) bolishgacha bolgan bosqich:

·Ishga olinganlar ichida bir kishi shaxsiy sabablari bilan Yaponiyaga boraolmaydigan bolgandi va men yapon tilini bilganim uchun osha kishining orniga meni tavsiya qilishdi.
·Yaponiyaga kelayotgan paytimda yapon tili  JLPT N3 darajada edi.
·Xususiy bandlik agentligiga tolangan jami xarajat 1500$ ni tashkil etib, aviachipta esa Yaponiya tomonidan qoplandi.
·Ishga taklif olishdan boshlab Yaponiyaga kirishgacha taxminan 6 oy vaqt ketdi.

Meni ishga olgan kompaniyaning birinchi chet ellik kasbiy malaka amaliyotchisi (stajori) boldim. Qaysidir ma’noda bu kompaniya uchun ham sinov edi. Shu tufayli, men yaxshi taassurot qoldirdim va mendan keyin bir nechta stajor (Vyetnam, Myanma va Kambodjadan) ishga qabul qilishdi.

Ish faoliyati

Men hozir Hokkaido prefekturasining, Sapporo shahridagi ijtimoiy farovonlik muassasasining oshxona bolimida ovqat tayyorlash   bilan shug’ullanyapman. Ushbu muassasaning qaramog’ida turuvchilar uchun nonushta, tushlik va kechki ovqatlarni tayyorlaymiz. Ishning tafsilotlari haqida oldindan tushuntirish beriladi va dastlabki bir oy davomida kompaniyada foydalaniladigan yapon tili va ovqat tayyorlash usullari boyicha trening otkazildi. Shundan keyin ham ishxonada tajribali kishi biriktirildi va ishni birinchi bosqichdan boshlab ehtiyotkorlik bilan orgatishdi.

Ish jadvali

·Ish rejimi: smena asosida, ertalab soat 5:00 dan kech 8:00 gacha bo‘lgan vaqt davomida kuniga taxminan 8 soat hisoblanadi.
·Dam olish kunlari: oyiga 8 kun. Qaysi kuni dam olish bo‘lishi smena jadvaliga ko‘ra belgilanadi.

Ish faoliyati nimalardan iborat

·Qariyalar va nogironlar uchun maxsus menyularni tayyorlash va har bir insonning holatiga mos ravishda tog’ri ovqatlanishni ta’minlash. Buning uchun ovqatlarning ozuqaviy qiymatini hisoblash va porsiyalarni aniq olchash ishlarini bajaraman.
·Asosan baliq, tovuq va chochqa goshtidan foydalaniladi, lekin men 2-darajali oshpaz bolganim uchun taomlarni bezash va dasturxonga tortish ishlariga mas’ulman.
·Har bir bemorning holatiga qarab maxsus ovqatlar tayyorlash zarurati sababli, taomlarni sinovdan otkazish ishlarini ham tez-tez amalga oshiraman.

Oqish va imtixonlar

·2023-yilning yanvar oyida malaka oshirishning boshlang’ich darajasini muvaffaqiyatli topshirib, 2-darajali stajordarajasiga otdim.
·2024-yilning oktyabr oyida 3-darajali stajor imtihonidan muvaffaqiyatli otdim.
·Kelasi yilning may oyida imtixonsiz maxsus malaka (ommaviy ovqatlanish sohasi ) darajasiga kotarilaman.
·Ish jarayonida yaxshi e’tibor bilan ishlaganim sababli imtihon uchun alohida shug’ullanmadim. Bemorlarga va qariyalarga xizmat qilganim sababli, vitaminlarga va allergiya berishi mumkin bolgan mahsulotlarga va oziq-ovqatning ozuqaviy muvozanatiga e’tibor berish juda muhimdir. Agar kishi kundalik ishni astoydil bajarsa, testlardan bemalol ota oladi.

Daromad va xarajatlar

Daromad250,000 yen

Qolga tegadigan maosh

200,000 yen

Soliq va ijtimoiy sug’urta tolovlari chiqarilgandan keyingi summa

Xarajatlar50,000 yen

Oziq-ovqat uchun25,000 yen

Kundalik hayotda sarflanadigan va dam olish uchun xarajatlar25,000 yen

50,000 yen

Qoladigan summa150,000 yen

Har oyda taxminan 1,000 dollarni ota-onamga yuboraman.

Ishdagi yaxshi mehnatim yuqori baholanib, yiliga ikki marta taxminan, 60,000 yen miqdorida bonus oldim. Bundan tashqari, har safar imtihondan muvaffaqiyatli otganimda qoshimcha mukofot puli ham   tolandi.

Yapon kompaniyasida organganlarim: Vaqtni boshqarish va jamoaviylik !

Yaponiyada ishlab va yashab quyidagi muhim konikmalarni organdim.

   1.Vaqtni boshqarish
Kechikmaslik, bu odatiy holat, uning ustiga biroz erta harakat qilish va tayyorlanish muhimligini his qildim. Aslida, Yaponiyaga ishga kelganimdan keyin bir martagina kech qoldim. Men kechikkanim uchun boshqa jamoa a’zolariga og’irligim tushib qoldi va shuning uchun osha kundan beri boshqa kechikmadim.

   2.Jamoaviy ishlash
Bir kishining yetishmasligi butun jamoaga muammo keltirishi mumkin, shuning uchun mas’uliyatni his qilib, boshqa a’zolarni qollab-quvvatlashga harakat qilaman.

   3.Minnatdorchilik madaniyati
Yaponlarda ,,恩返”( olgan yordamini kelajakda boshqalarga qaytarish) madaniyati mavjud va men o‘z sa’y-harakatlarimni to‘g’ri baholaganliklari uchun minnatdorman.

   4.Sog’liqni saqlash
Oziq-ovqat, dori-darmondan ham muhimroq, chunki nima va qachon yeyish salomatlikni yaxshilash yoki yomonlashtirishga olib kelishi mumkin. Biz oshpazlar guruhimiz, o‘z ishimizni shifokorlar kabi bajaramiz.

Kelajakdagi rejalar va Yaponiyaga kelishni rejalashtirayotgan ozbekistonliklarga maslahatlarim

Maxsus malaka(特定技能) vizasiga otganimdan keyin, Ozbekistonga qaytib, oilam bilan  biroz vaqt otkazishni rejalashtirmoqdaman. Shundan song, yana Yaponiyada karyeramni davom ettiramanmi yoqmi oylanib turibman.

Yaponiyada ishlashni maqsad qilganlarga maslahat

   1.Mas’uliyatni his qilish
Yapon jamiyatida, oz harakatlaringiz atrofdagilarga qanday ta’sir qilishini oylash juda muhim.

   2.Jamoaviy ishni tushunish
Yapon kompaniyalari sizni nafaqat individual natijalaringiz emas, balki butun jamoaning natijalariga e'tibor berishadi.

   3.Yapon tili qobilyatini oshirish
Kamida JLPT N3 darajasidagi yapon tili bilimiga ega bolishni maqsad qilish kerak. JLPT N4 darajada esa ish uchun zarur bolgan suhbatlashish qobilyati yetarli emas. Men bu ish joyimda  nafaqat birinchi ozbekman, balki birinchi chet ellik ham menman. Meni korib, butun Ozbekiston aholisi haqida tasavvur qilishlarini inobatga olgan holda, oz vazifalarimni mas’uliyat bilan bajarib kelyapman. Haqiqatdan ham, men ish boshlaganimdan song bu yerda xorijlik xodimlarni ishga qabul qilish holatlari kopaydi.

Yaponiyada ishlashni quyidagi kishilarga tavsiya qilaman:

  1) Ayni vaqtda, oz kelajak yolini tanlashda qiynalayotganlarga.
  2) Yangi bilim va konikmalarni organmoqchi bolgan kishilarga.

Barchaga, ish va oqishda omad tilayman.

Izoh qoldiring
Profile picture

Rasmiy sahifalarimiz