Shartnoma shartlarini buzganligi uchun to'lanadigan jarimaga e'tiborli bo’ling! Bu Yaponiya qonunchiligiga ziddir!
Shartnoma shartlarini buzganligi uchun to'lanadigan jarimaga e'tiborli bo’ling! Bu Yaponiya qonunchiligiga ziddir!
Kirish
Oʻzbekistonda ishchilardan mehnat shartnomasini buzgan taqdirda jarima toʻlashga rozilik olish mumkinligini eshitdim. Ammo Yaponiya qonunchiligida bu taqiqlangan (Mehnat kodeksi 16-modda). Agar stajor yoki maxsus malaka vizasi bilan ishlovchilar uchun bunday jarima belgilangan boʻlsa, ish beruvchi kompaniyaga besh yil davomida xorijlik ishchilarni qabul qilishni taqiqlash jazo qo’llaniladi. Shu sababli, Yaponiyada ishlamoqchi bo'lgan odamlar bunday jarima talab qiladigan bandlik agentliklar bilan shartnoma tuzmasliklari kerak. Bandlik agentliklar ham, qabul qiluvchi kompaniya bilan yaxshi munosabatlarni saqlab qolishni istasalar, jarima shartlarini qo'yishmasligi kerak.
Quyida batafsilroq tushuntirib o'tamiz.
Stajor (Kasbiy malaka amaliyoti)
Stajor vizasi bo‘yicha Yaponiya va O‘zbekiston hukumatlari o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi (MOU) tuzilgan. Ushbu memorandumda, bandlik agentlik yoki uning vakili so‘nggi 5 yil ichida stajor vizasi bo‘yicha shartnoma buzilgan taqdirda jarima belgilamagan bo‘lishi va inson huquqlarini buzadigan harakatlar amalga oshirmagan bo‘lishi kerakligi shart qilib belgilangan. Shuningdek, bandlik agentlik tomonidan tahdid, erkinlikni cheklash yoki boshqa inson huquqlarini buzuvchi harakatlar sodir etilmagan bo‘lishi ham talab qilinadi.
Stajor vizasi bo’yicha ishchilarni qabul qiluvchi kompaniya quyidagi shartlarni bajarishi kerak: stajor viza bilan ishlovchilar yoki ularning oila a'zolari va qarindoshlari stajor vizasi bilan bog‘liq mablag‘ yoki boshqa mol-mulklarga egalik qilmasligi, stajor vizasi bo‘yicha shartnoma buzilgan taqdirda jarima shartini o‘z ichiga olgan bitim tuzilmasligi va qabul qiluvchi kompaniya bandlik agentlik yoki nazoratchi tashkilot bilan stajor vizaga oid shartnoma buzilgan taqdirda jarima belgilamagan bitim tuzilmasligi (Kasbiy malaka amaliyoti to‘g‘risidagi qonunning 9, 47-moddalari va Kasbiy malaka amaliyoti qoidalari 10-moddasi, 2-qismi, 6-bandi).
Agar ushbu qoidalarga rioya qilinmasa, stajor vizasi bo’yicha ishlash rejasini tasdiqlash bekor qilinadi (ushbu qonunning 16-moddasi, 1-qismi, 7-bandi) va qabul qiluvchi kompaniya stajor vizasi bo’yicha ishchilarni qabul qilishni davom ettira olmaydi. Bundan tashqari, bekor qilingan kundan boshlab 5 yil davomida yangi stajirovkachilarni qabul qilish imkoniyati yo‘qoladi (ushbu qonunning 10-moddasi, 1-qismi, 7-bandi).
Maxsus malaka
Maxsus malaka vizasida ham stajor vizasiga o‘xshash tartib-qoidalar qo‘llaniladi. Agar qabul qiluvchi kompaniya maxsus malaka bo'yicha xorijlik ishchilar yoki ularning qarindoshlari uchun garov puli yig‘ilishidan yoki mol-mulkka egaligidan xabardor bo‘lsa yoki shartnoma buzilgan taqdirda jarima belgilangan bitimni tuzganligini bilgan holda ishchini qabul qilsa, ushbu kompaniya 5 yil davomida maxsus ko'nikmalar bo‘yicha ishchilarni qabul qilish huquqidan mahrum bo‘ladi.
Muhandis / gumanitar bilimlar / xalqaro ishlar
O‘zbekiston qonunchiligiga ko‘ra, muhandis / gumanitar bilimlar / xalqaro ishlar vizasi bilan Yaponiya kompaniyasiga ishga kirganingizda, kompaniya bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzish holatlari bundan mustasno. Ammo to’g’idan to’g’ri shartnoma tuzilmagan holatdabandlik agentliklar orqali ishga joylashish talab qilinadi. Bundan tashqari, ko‘p hollarda bandlik agentlik Yaponiyadagi ishga joylashtirish agentligi bilan hamkorlik qilishi kerak bo‘ladi. Yaponiyaning bandlikni barqarorlashtirish qonuniga ko‘ra, ishga joylashtirish agentligiga, ish izlovchi bilan tuzgan shartnomada shartnoma shartlari buzilgan taqdirda jarima belgilagan bandlik agentlik bilan shartnoma tuzishi taqiqlangan (Bandlikni barqarorlashtirish qonuni 32-moddasi, 12-qism, 1-band va yo'riqnoma 6-10).
Xulosa
Yapon kompaniyalari uchun, Yaponiyada islash istagidagi shaxslar bilan bandlik agentliklari o’rtasida shartnoma shartlarini bajarmaganda jarima belgilaydigan shartnoma tuzish qonunbuzarlik bo‘libgina qolmay, stajor yoki maxsus malaka vizasidagi xorijiy ishchilarni qabul qilish huquqidan mahrum bo’lish kabi og‘ir jazolar mavjud. Shu sababli, bunday agentliklar orqali ishchilarni qabul qilishdan voz kechish lozim. O‘zbekistonning bandlik agentliklari va Yaponiyada ishlashni xohlaydigan shaxslar ushbu jihatga e'tibor qaratishlari lozim.
Izoh qoldiring
Mavzuga oid