Yapon uslubidagi boshqaruvni o‘rganib, dunyo miqyosida mutaxasis bo’lmoqchiman
Yapon uslubidagi boshqaruvni o‘rganib, dunyo miqyosida mutaxasis bo’lmoqchiman
Yaponiyada karyera qurishda ta'lim darajasi juda muhim
Melikulov Farhod
(1999- yilda Samarqandda tug‘ilgan)
Tarjimai hol
2015-2018: Agro-biznes qishloq xo‘jaligi kolleji
2018-2020: ICA Xalqaro muloqot akademiyasi (Yapon tili maktabi)
2020-2022: Sundai xorijiy tillar va biznes kolleji
2022-2024: Surugadai Universiteti (Iqtisodiyot va menejment fakulteti)
2024-yildan-hozirgacha: Nitori korporatsiyasi
Yaponiyada o‘qish haqida
O’zbekistonda kollejning 1-kursigacha chet elda o‘qish haqida biror marta ham o’ylab ko’rmagan edim va O‘zbekistonda universitetga kirish rejasida edim. Biroq, bir kuni do‘stim bilan birga Yaponiyada tahsil olayotgan bir tanishimizning uyiga tashrif buyurdik. Tanishimiz Yaponiyani kelajagi bor va ta’lim jihatidan ham rivojlangan davlat sifatida tasvirlab berdi. Bu gaplardan so‘ng, menda Yaponiyaga nisbatan kuchli qiziqish uyg‘ondi.
Shundan so‘ng, Yaponiya haqida jiddiyroq o’ylay boshladim va yana o‘sha tanishimiz bilan maslahatlashdim. Uning aytishicha, agar Yaponiyaga o‘qishga borsam, o‘z mamlakatimga chetdan qarash imkoniyatiga ega bo‘lishim, xorijlik do‘stlar orttirishim va shu orqali dunyoqarashimni kengaytirishim mumkinligini aytdi. Uning so‘zlari meni ruhlantirdi va men Yaponiyaga o‘qishga borishga qat’iy qaror qildim.
"Yapon tili maktabining bir yillik o‘quv to‘lovi 7200 dollar edi, qo‘shimcha 1000 dollar hayot xarajatlari uchun olib bordim.
Yapon tili maktabidan kasb-hunar kollejga
Yapon tili maktabida o’qish davomida, har kuni astoydil o‘qib, uyga kelib yana 1-2 soat mustaqil shug‘ullandim. Yapon tili maktabida eng yuqori darajadagi sinfda tahsil oldim va bitirganimda JLPT N2 darajasini qo'lga kiritdim. Talabalik davrimda mini-marketda (konbini) soatbay (arubaito) ish orqali yapon tilini amalda qo‘llash imkoniyatlarimni ko‘paytirib bordim.
Dastlab, universitetga kirishni maqsad qilgan edim, ammo “Yaponiyada o‘qish imtihoni”(EJU)dagi natijalarim yaxshi bo‘lmagani sababli, o‘zim istagan universitetga kira olmadim. Shundan keyin kollejni bitirib, so‘ng universitetga o‘qishga kirishni reja qildim. Kollej o‘quv to‘lovi 820,000 yen edi. 2020-yilda COVID-19 sababli darslar onlayn shaklga o‘tdi. Onlayn darslar sababli yetarlicha ta’lim va bilim ega bo’lmaganimga qaramasdan, 1-kursda JLPT N1 darajasini oldim. 2-kursga o‘tganimda esa, offline darslar asta-sekin qayta boshlanib, ingliz tili va biznes sohasi bo’yicha bilimlarni egallay boshladim.
Kollejni tugatgandan so‘ng universitetga o‘qishga kirish
Universitetga kirish orzusi hech qachon unuta olmadim. Shu sababli, kasb-hunar maktabining 2-kurs bahor semestridan boshlab kerakli ma’lumotlarni to‘plab, ustozlar va yuqori kurs talabalari bilan maslahatlashgan holda o‘zimga mos yo‘lni tanlash ustida o‘yladim. Natijada, kollejda o‘rgangan bilimlarimga mos keluvchi universitet topdim va shu universitetga o‘qishni davom ettirishga qaror qildim. O’zbekistonga qaytish haqida ham o’ylab ikkilandim, lekin universitetga o’qishga kirganimdan hech qachon pushaymon bo’lmayman.
Universitet va kasb-hunar maktabida o‘qish keskin farq qilishini his qildim va agar imkonim bo‘lsa, boshidanoq universitetda o‘qishni tanlagan bo‘lardim, deb o‘ylayman. Universitetga o‘qishga kirganimdan keyingi yillik kontrakt to‘lovi taxminan 970 ming yenni tashkil etdi. Universitet hayotida esa, Uniqlo va yapon tili maktabida soatbay ish (arubaito) qilib, yashash xarajatlarimni qoplab bordim.
Universitetni tugatgandan so‘ng Yaponiyada ishga kirish
Universitetning 3-kursining kuzidan, kursdoshlarim bilan birga ish qidirishni boshladim. Tokioda bo'lib o'tgan mehnat yarmarkasida qatnashdim va o'zimga yoqadigan ishni topish uchun turli kompaniyalarning taqdimotlariga tashrif buyurdim. Nitori haqida esa ilk bor marketing darsi orqali bilib oldim va kompaniyaning taqdimotida unga bo'lgan qiziqishim yanada kuchaydi. Mening dunyo qarashim va Nitori kompaniyasining korporativ g‘oyasi va maqsadi juda o’xshash ekanligini sezdim va 4-kursning mart oyida qat’iyat bilan ish qidirishni boshladim, taxminan 30 ta kompaniyaga ariza topshirdim. Aprel oyida Nitoridan taklif oldim va ish qidirish jarayonini muvaffaqiyatli tugatdim. Nitoridan taklif olishimda o‘z maqsadimni aniq ifodalashim va kompaniyani global miqyosda rivojlantirishga bo’lgan niyatim katta rol o‘ynagan deb hisoblayman.
Yapon uslubidagi boshqaruv haqida
Kompaniyada 6 oy davomida ishlab, shuni angladimki, Yaponiya korxonalarida xodimlar bir-biri bilan go‘yo oila a’zolaridek munosabatda bo’lishadi va o‘zaro qo’llab-quvvatlash hamda jamoaviylik juda qadrlanadi. Xodimlarning ta’limi va o‘qitilishiga katta e’tibor qaratiladi hamda uzoq muddatli malaka oshirish muhim hisoblanadi. Men ham avgust oyigacha malaka oshirish kurslarida qatnashdim. Qisqa muddatli foydadan ko‘ra, uzoq muddatli kompaniya o‘sishini maqsad qilgan holda, ayniqsa, mijozlar, xodimlar va hamkorlar bilan ishonchli munosabatlar qurishni qadrlashlariga guvoh bo‘ldim.
Ishda men uchun muhim jihatlar
Ishda muhim hisoblangan jihat shundaki, Nitori “Mahsulot narxidan barakasi yuqori” shioriga amal qilgan holda sifat va narx muvozanatini ta’minlashga intiladi. Savdo bilan shug‘ullanganiga qaramay, mijozlarning ehtiyojlarini birinchi o‘ringa qo‘yib, ularning talab va savollariga e'tiborli va tezkor javob berishga harakat qilaman.
Shuningdek, individual harakatlardan tashqari, jamoa sifatida hamkorlikka ham katta ahamiyat beraman. Samarali muloqot uchun “HoRenSou - hisobot berish, aloqada bo’lish va maslahatlashish” tamoyillarini ham muhim deb hisoblayman.
Yaponiyadagi kompaniyalarda ishlashni istovchilarga maslahat
Birinchi navbatda, odob-axloq va hamkorlikka e'tibor berish va jamoaviy ishlash qobiliyatini shakllantirish lozim. Yaponlar ishonchiga kirish juda muhim bo’lib, hisobot berish, aloqada bo’lish va maslahatlashishni to‘g‘ri tashkil etish orqali mustahkam aloqani shakllantirish mumkin. Shuningdek, kishi o‘z ko’nikmalarini doimiy ravishda rivojlantirish va o‘rganishga intilishi ham muhim. Shu bilan birga, har bir ishning kichik jihatlarini ham hisobga olish bilan birga, moslashuvchan bo‘lish ham yaponiyada muvaffaqiyatda muhim rol o’ynaydi.
Izoh qoldiring
Mavzuga oid