JAPAN CAREER PORTAL - Home
Asosiy

O‘zbekistondagi migratsiya vaziyati haqida umumiy ma’lumot

O‘zbekistondagi migratsiya vaziyati haqida umumiy ma’lumot

Chet elda ishlash tendensisyasi, O'zbekistonliklar ishlayotgan davlatlar, o'rchacha oylik maosh haqida.

Migratsiya faoliyati tendensiyalari

O‘zbekistonda aholi soni 38 milliondan oshib, ulardan taxminan 1.2 million kishi migrant ishchilari sifatida ro‘yxatdan o‘tgan (IOM veb sahifasidan). Chet elda ishlovchi o‘zbekistonliklar umumiy aholi sonining taxminan 3.2% ini tashkil qiladi. 2023-yilda chet elda ishlayotgan O'zbekiston fuqorolari 2 milliondan oshiq bo'lgan va 2024-yil yakunida bu raqam 1.35 million kishigacha tushgan. Asosiy kamayish Rossiya Federatsiyasidan sodir bo'lgan va aksincha Xorvatiya, Belgiya, Serbiya, Slovakiya, Qatar, Montenegro davlatlariga ishga boruvchilar soni ortgan. Ayni vaqtda Kanada, AQSH, Yaponiya va boshqa yevropa davlatlari migrantlar yuboriladigan ustuvor mamlakatlar qatoriga kiradi. Quyida Migratsiya agentligining ma'lumotlariga ko'ra O'zbekistondan tartibli ravishda chet davlatlariga yuborilganlar soni haqida batafsil ma'lumot berilgan. 

Mamlakat

2023 (kishi)

2024 (kishi)

O'zgarish

Rossiya

29,249

123,681

+323%

Janubiy Koreya

4,882

10,120

+107%

Buyuk Britaniya

1,929

4,886

+153%

Qozogʻiston

1,326

10,695

+707%

Germaniya

477

1,051

+120%

Turkiya

227

2,731

+1103%

Yaponiya

90

269

+199%

Ruminiya

54

20

-63%

Litva

48

474

+888%

Bolgariya

37

513

+1286%

BAA

18

319

+1672%

Polsha

12

968

+7967%

Latviya

10

446

+4360%

Belarus

526

Xorvatiya

353

Slovakiya

197

Serbiya

194

Chernogoriya

11

Boshqalar

4,348

Manba: https://www.gazeta.uz/en/2025/01/22/migrant/ 

Migratsiya agentligi ma'lumotlari

Migratsiya agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, migratsiya ishchilari sifatida ro‘yxatdan o‘tganlarning aksariyati Rossiya, undan keyin esa Qozog‘iston, Turkiya va Janubiy Koreyaga yo‘l olishadi. Muhojir ishchilarining 50% idan ko‘prog‘i qurilish sohasida faoliyat yuritmoqda, biroq Rossiya va Qozog‘istonda qurilish va qishloq xo‘jaligi sohalarida ishlovchilar soni ko‘proq. Turkiyada esa ayollarning aksariyati uy ishchilari yoki xizmat ko‘rsatish sohalarida (turizm, tozalash va boshqalar) ishlashadi. Janubiy Koreyada esa ishlash ruxsatnomasi tizimi asosida ishchilarning 40% idan ortig‘i ishlab chiqarish sohasida, shuningdek mehmonxona kabi xizmat ko‘rsatish, qishloq xo‘jaligi va qurilish sohalarida ham ishlovchilar mavjud.

Manba: IOM Migratsiya Holati Hisoboti Oktyabr-Dekabr 2023

 

O‘zbekistonda o‘rtacha maosh va pul o‘tkazmalar

O‘zbekistonda o‘rtacha maosh oyiga 568 AQSh dollarini tashkil etadi (2026-yil, Aprel stat.uz). Shaharlar kesimida ko‘rib chiqilganda, eng yuqori maosh Toshkent hududida  (971 AQSh dollari), eng kam maosh esa Qashqadaryo viloyatida (388 AQSh dollari) va Surxondaryo viloyatida (393 AQSh dollari) qayd etilgan.

Hudud

O'rtacha oylik ish haqi (USD)

O'zbekiston Respublikasi

568

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

442

Andijon viloyati

464

Buxoro viloyati

455

Jizzax viloyati

428

Qashqadaryo viloyati

388

Navoiy viloyati

703

Namangan viloyati

424

Samarqand viloyati

421

Surxondaryo viloyati

393

Sirdaryo viloyati

530

Toshkent viloyati

513

Fargʻona viloyati

417

Xorazm viloyati

441

Toshkent shahri

971

Manba: https://stat.uz/uz/  

Muhojir ishchilarning hududiy taqsimotiga ko‘ra, Farg‘ona vodiysi, Xorazm, Buxoro, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo va boshqa viloyatlar aholisining ulushi katta. Umuman olganda, O‘zbekistondagi maosh darajasi past bo‘lgani sababli, migratsiya ishchilarining aksariyati ishlash uchun chet elga chiqadi. Chet elda ishlashdan olingan daromad esa o‘sha mamlakatning maosh darajasiga qarab o‘zgaradi, ammo so‘nggi vaqtlarda iyenaning qiymati pasayganligi tufayli, Koreya,Yevropa, Isroil kabi mamlakatlardagi ish o‘rinlari, Yaponiyadagi maosh darajasidan yuqori bo‘lishi ko‘p uchramoqda.

Chet elda ishlashning asosiy maqsadlaridan biri pul yuborishdir. O‘zbekistonda Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda chet eldan O‘zbekistonga yuborilgan pul o‘tkazmalari hajmi 18,9 milliard AQSh dollarini tashkil etgan bo‘lib, bu mamlakatning YIMining taxminan 10 % ini tashkil etadi. Pul o‘tkazmalarining qanday maqsadda sarflanishi oila mavjudligi va boshqa omillarga bog‘liq, lekin O‘zbekistondagi yoshlar o‘rtasida to‘y xarajatlari (O‘zbekistonda to‘yga bir necha ming dollar sarflash odatiy hol) yoki uy va avtomobil sotib olish kabi maqsadlar uchun ko‘plab pul o‘tkazmalarining sarflanishi mumkin deb taxmin qilinadi.

Izoh qoldiring
Profile picture