JAPAN CAREER PORTAL - Home
Asosiy

Yaponiyaning pensiya tizimi haqida

Yaponiyaning pensiya tizimi haqida

Kelajakda Yaponiyada ishlashni xohlovchilar uchun pensiya bo’yicha qo‘llanma

1. Yaponiyaning pensiya tizimi qanday?

Yaponiyada ishlayotgan chet elliklar uchun Yaponiyaning pensiya tizimini tushunish juda muhim. Pensiya kelajakdagi hayotni ta'minlash uchun mo'ljallangan tizim bo'lib, ishlayotgan odamlar to'laydigan sug'urta badallariga asoslangan. Ushbu tizim orqali nafaqaga chiqqandan keyin yoki nogiron bo'lib qolganda yashash uchun zarur bo'lgan pulni olish mumkin bo'ladi. Pensiya tizimi Yaponiyaning ijtimoiy ta'minot tizimining bir qismi bo‘lib, O‘zbekiston kabi davlatlardan kelgan chet ellik ishchilar (shu jumladan, stajor va maxsus malaka vizasi ishchilari) ham bu tizimga kiradi. Ushbu maqolada Yaponiyaning pensiya tizimi haqida batafsil ma'lumotlar hamda Yaponiyada ishlashda nimalarni bilishingiz kerakligi haqida tanishtirb o’tamiz.

2. Yaponiyaning pensiya tizimining tuzilishi

Yaponiyaning pensiya tizimi ikkita asosiy qismdan tashkil topgan:

1. Milliy pensiya (Basic Pension)
Milliy pensiya bu Yaponiyada yashaydigan barcha toifadagi shaxslar uchun majburiy bo‘lgan pensiya tizimidir. 20 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan Yaponiyada yashovchi har bir kishi (chet elliklarni ham qo‘shib) ushbu tizimga qo‘shilish majburiyati bor. Masalan, talabalar, yakka tartibli tadbirkorlar, frilanserlar(o’z-o’zini band qilganlar) yoki uy bekalari kabi biror kompaniya xodimi bo’lmaganlar ham milliy pensiya tizimiga qo'shiladi.

  • Sug‘urta badali: 2024-yilda bu badal oyiga taxminan 17,000 iyenani tashkil etadi, lekin yildan-yilga o‘zgarishi mumkin.

  • Pensiyani olish huquqi: Pensiya tizimiga qo’shilganiga 10 yildan ortiq bo’lishi kerak va   65 yoshga yetgandan keyin pensiyani olish mumkin.

2. Xodimlar pensiyasi (Employee’s Pension)
Xodimlar pensiyasi bu kompaniya xodimlari yoki davlat xizmatchilari kabi ish bilan band odamlar qo'shiladigan pensiyadir. Yaponiyada ishlaydigan chet elliklar kompaniyada ish boshlaganda, ushbu pensiyaga avtomatik tarzda qo'shiladi. Bu pensiya milliy pensiyaga qo'shimcha sifatida to'lanadi, shu sababli olinadigan pensiya miqdori milliy pensiyadan yuqori bo'ladi.

  • Sug‘urta badali: Har oylik ish haqidan sug‘urta badali ushlab qolinadi, ish beruvchi yarimini va ishchi yarimini to'laydi.

  • Pensiya olish huquqi: Milliy pensiya bilan bir xil, ya'ni qo’shilganiga 10 yildan ortiq muddat o’tgan bo’lib, 65 yoshga yetgandan keyin olish mumkin.

Bo’limlar

Milliy pensiya

Xodimlarning pensiyasi

Kimlar uchun mo’ljallangan

Yaponiyada yashovchi barcha odamlar (xorijliklar ham)

Kompaniya xodimlari va davlat xizmatchilari kabi ish bilan ta'minlangan shaxslar (stajor va maxsus malaka vizasi ishchilari ham kiradi)

A’zolik majburiyati

20 yoshdan 60 yoshgacha

Mehnat shartnomasi bo’lsa avtomatik ravishda qo’shiladi

Sug’urta badali

Taxminan 17,000 yen (2024-yil)

Ish haqidan ushlab qolinadi, yarmini ishchi va yarmini kompaniya to’laydi

Pensiya olish huquqi

10 yildan ortiq a'zolik, 65 yoshdan boshlab olish mumkin

10 yildan ortiq a'zolik, 65 yoshdan boshlab olish mumkin

O’ziga xoslik

Talabalar, tadbirkorlar va frilanserlar ham a'zo bo'ladi

Milliy pensiyaga qo'shimcha qilinadi va oladigan pensiya miqdori ko'payadi

Pensiya tizimidan chiqishda bir martalik to’lov

mavjud (shartlar asosida)

mavjud (shartlar asosida)

Pensiya bo’yicha kelishuv

Yo’q

O'zbekiston bilan hali tuzilmagan

3. Yaponiyada ishlayotgan chet elliklar uchun muhim jihatlar

  1. Pensiyaga qo‘shilish majburiyati

Yaponiyada chet ellik sifatida ishlayotgangizdan  qat’iy nazar, pensiya tizimiga a'zo bo'lish majburiydir. Agar siz kompaniya xodimi bo'lsangiz xodimlarning pensiya tizimiga, agar tadbirkor yoki frilanser bo'lsangiz, milliy pensiya tizimiga a'zo bo'lasiz. Stajor yoki maxsus malaka vizasi bilan ishlaydiganlar xodimlarning pensiya tizimiga qo'shiladilar. O'zbekiston kabi pensiya tizimi farq qiladigan mamlakatlardan kelganlar uchun Yaponiya pensiya tizimi murakkab tuyulishi mumkin, ammo bu qonun bilan belgilanganligi sababli, a'zolik zarur.

  1. Pensiya tizimidan chiqqanigizda, to’lovlar qaytariladi

Yaponiyada bir necha yil ishlaganidan so‘ng o‘z yurtiga qaytadigan chet elliklar, pensiya tizimidan chiqish va bir martalik to‘lov olish uchun ariza berishlari mumkin. Bu tizim Yaponiyada to‘langan pensiya sug‘urta badallarining bir qismini qaytarib beradi.

  • Shartlar: Bu, Yaponiyani tark etishdan oldin pensiya sug'urtasi badallarini 6 oydan ortiq to'lagan va pensiya olish huquqiga ega bo'lish muddati (10 yildan ortiq)ga yetmaganlar uchun amal qiladi.

  • Rasmiylashtirish tartibi: Vatanga qaytganingizdan keyin, 2 yil ichida ariza topshirish kerak. Ariza topshirish uchun pasport, yashash guvohnomasi, pensiya daftarchasi kabi hujjatlar talab qilinadi.

  1. Pensiya tizimi bo’yicha kelishuvlar

Yaponiya ko'plab mamlakatlar bilan pensiya kelishuvlarini tuzgan, ammo 2024-yil  Yaponiya hali O'zbekiston bilan pensiya bo’yicha kelishuv shartnomasini tuzmagan. Biroq, pensiya kelishuvi tuzilganda, Yaponiyada to'langan pensiya sug'urtasi badallarini O'zbekistonning pensiya tizimiga o'tkazish mumkin bo'lishi mumkin. Kelajak uchun, O'zbekiston bilan pensiya kelishuvi bo'yicha rivojlanish bosqichlarini kuzatib borish muhimdir.

4. Yaponiyaning pensiya tizimi kelajakda hayotni ta’minlash uchun muhim tizimdir

Yaponiyaning pensiya tizimi Yaponiyada ishlaydigan chet elliklar uchun ham kelajakdagi hayotini qo'llab-quvvatlashda muhim tizim hisoblanadi. Ishlash davrida pensiya sug'urtasi badallarini to'lash majburiyati mavjud, biroq kelajakda pensiya tizimidan chiqqanda bir martalik to'lovni olish imkoniyati ham bor, agar uzoq muddat Yaponiyada ishlagan bo'lsangiz, pensiyani olish huquqini ham qo'lga kiritasiz. O'zbekistonliklar ham, Yaponiyaning pensiya tizimi haqida tushunchaga ega bo’lib, tegishli tartiblarni bajarish orqali, hech qanday xavotirlarsiz Yaponiyada ishlash imkoniyatiga ega bo'lishlari mumkin.

Pensiya bilan bog‘liq aniq savollar yoki tartiblar haqida ish joyingizdagi kadrlar bo‘limi yoki Yaponiya pensiya tizimini nazorat qiluvchi organga murojaat qilishingizni tavsiya etamiz.

Izoh qoldiring
Profile picture

Rasmiy sahifalarimiz