Muhojir mehnatkashlar davlat tomonidan qo'llab-quvvatlanadi!
Muhojir mehnatkashlar davlat tomonidan qo'llab-quvvatlanadi!
So'nggi yillarda muhojir ishchilarni qo'llab-quvvatlash uchun turli yordam choralari, jumladan, moliyaviy yordam ko'rsatilmoqda. 2019, 2020 va 2024-yillardagi O‘zbekiston Respublikasi prezidentining farmoni va qarorlari bu borada muhim o'rin tutadi.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 20.08.2019 yildagi PF-5785-son
Kvartira berish (1-band)
Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlariga 2020-yilda uy-joy qurilishi bo‘yicha davlat dasturlarining ijrosi doirasida ko‘p kvartirali uylardan 3 462 ta xonadon ajratilishi belgilangan.
Chet elda ishlash uchun kredit (3-band 1-xatboshi)
Mehnat migrantlariga — xorijda ishga joylashish bilan bog‘liq xarajatlarni to‘lash uchun bir bank kuni davomida tez rasmiylashtirilgan holda eng kam talab qilinadigan hujjatlar (pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta, ariza va mehnat organining iltimosnomasi) asosida 2 mln. so‘m miqdorida bir yil muddatga 2019-yilda taqdim etilayotgan kredit foiz stavkasining 50 foizi miqdoridagi tijorat bankining marjasini o‘z ichiga olgan holda 10 foizlik stavkada 2020-yil 1-yanvardan — O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasida, 2021-yil 1-yanvardan — tijorat banklari tomonidan bozor tamoyillari asosida mustaqil ravishda o‘rnatiladigan stavkalarda mikroqarzlar berish belgilangan.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 15.09.2020 yildagi PQ-4829-son
Kredit to'lovi (11-band 2-3-xatboshilar)
Mikroqarzlar xorijda ishga joylashish (shu jumladan, yo‘l haqini to‘lash va mehnat faoliyatiga ruxsat olish) bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun 10 million so‘mgacha miqdorda bir yil muddatga beriladi. Mikroqarz foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshadigan, lekin asosiy stavkaning 1,5 baravaridan ko‘p bo‘lmagan qismi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan kompensatsiya qilinadi.
Muhojir ishchilarning "o'zini o'zi band qilgan shaxs" deb tan olinishi (12-band)
2021-yil 1-yanvardan boshlab shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi yo‘li bilan xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlariga tenglashtiriladi va unga o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun belgilangan soliqlarni to‘lash hamda pensiya miqdorini hisoblash tartibi qo‘llaniladi.
Qaytgan kam daromadli muhojir ishchilarga yordam (17-band, a-a1-xatboshilar)
a)Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan quyidagi xarajatlarni qoplash uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha miqdorida subsidiya to‘lanadi:
・tadbirkorlik asoslari va moliyaviy savodxonlikka o‘qish;
・kredit olishda ta’minot sifatida taqdim etiladigan sug‘urta polisi bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish;
a1) Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi hisobidan yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tgan yoki kichik korxonalar va mikrofirmalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazgan vaqtdan boshlab birinchi uch oy davomida ijaraga olingan bino va inshootlarning ijara haqini to‘lash xarajatlarini qoplash uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha miqdorida subsidiya to‘lanadi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 04.04.2024 yildagi PF-59-son
2024-yil 1-iyundan boshlab "Xorijda ish" veb-saytida ro'yxatdan o'tgan muhojirlarga quyidagi yordamlar ko'rsatiladi:
Imtihon, viza va aviabilet xarajatlari (3-band, a-qism)
Xorijiy tillar va (yoki) kasb bo‘yicha malaka imtihonlarini topshirish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplash uchun, basharti ular muvaffaqiyatli topshirilganda va sertifikat olinganda — bazaviy hisoblash miqdorining uch baravarigacha miqdorda;
xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirishga “ishchi viza”ni rasmiylashtirish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplash uchun — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravarigacha miqdorda;
yo‘l chiptasini xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplash uchun — bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravarigacha miqdorda kompensatsiya to‘lanadi.
Og'ir sharoitga tushgan fuqarolar (3-band, g-qism)
Xorijda mehnat qilish davrida zo‘ravonlikka, majburiy mehnatga duchor bo‘lgan va kamsitilgan, mehnat hamda boshqa huquqlari buzilgan, murakkab moliyaviy ahvolda, shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarsiz va yashash uchun mablag‘siz qolgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga advokatning, yuridik xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlarning yoki huquqni muhofaza qilish tashkilotlarining xizmatlari uchun belgilangan tartibda haq to‘lanadi.
Biznes uchun kredit (14-band)
Biznes faoliyati, uy tomorqasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, chorvachilik, parrandachilik, asalarichilik, baliqchilik kabi faoliyatlar uchun kredit (qarz) berilishi kafolatlanadi.
Muhojir ishchilar oilasiga yordam (15-band)
2024-yil 1-iyuldan boshlab "Inson" markazi ijtimoiy himoya xizmatlarini taqdim etadi va xorijda vaqtinchalik mehnat qilayotganlarning farzandlariga ijtimoiy yordam ko'rsatishni boshlaydi. 2025-yil 1-yanvardan boshlab esa, ushbu markaz ularning oilasining holatini o'rganish, ijtimoiy himoya ehtiyojlarini aniqlash, farzandlarining ta'limi, tibbiy xizmatlar va boshqa ijtimoiy xizmatlarni olishlariga yordam beradi.
Agar siz qaytib kelganingizdan so'ng ushbu yordamni olishni istasangiz, quyidagi muassasalarga murojaat qiling:
O'zbekistonda ishga joylashish bo'yicha: tuman (shahar) hokimligi, tuman (shahar) bandlik markazi.
Biznes boshlash bo'yicha: tuman (shahar) hokimligi, tuman (shahar) tadbirkorlik markazi, bank.
Ijtimoiy nafaqalar va oilaviy ijtimoiy himoya bo'yicha: Davlat xizmatlari agentligi, bandlik markazi, mahalla.
Eslatma:
Izoh qoldiring
Mavzuga oid