Qanday qilib O'zbekistondan chet elga ishlash uchun ketish mumkin?
Qanday qilib O'zbekistondan chet elga ishlash uchun ketish mumkin?

Hozirda fuqarolar chet el kompaniyalari bilan bevosita shartnoma tuzishdan tashqari, mehnat migratsiyasiga chiqish uchun ikki xil usul mavjud. Bular Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi yoki xususiy bandlik agentliklari orqali ketish usullaridir. Quyida ushbu ikki usulni qisqacha tanishtiramiz.
1. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi orqali
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi (bundan buyon Migratsiya agentligi) mehnat migratsiyasini boshqaradigan davlat tashkiloti bo'lib, dunyoning turli mamlakatlariga ishchilar yuboradi. Migratsiya agentligi faqat Toshkentdagina emas, boshqa viloyatlar va Qoraqalpog'iston Respublikasida filiallari ham bor. Agentlikning joylashuvi haqida ma'lumotni Migratsiya agentligining Telegram kanalidan bilib olishingiz mumkin. Ushbu kanalda ishga yuborish bo'yicha yangiliklar va ish o'rinlari e'lon qilinadi.
Telegram kanali bilan bir qatorda, Migratsiya agentligining veb-sayti ham mavjud. Ushbu veb-saytda albatta ish o'rinlari, bir qator xizmatlar, ta'lim kurslari, qabul qiluvchi kompaniyalar ro'yxati va boshqa ma'lumotlarni olish mumkin.



2. Xususiy bandlik agentliklari orqali
2018-yil 17-noyabrdan xususiy bandlik agentliklarini tashkil qilish boshlandi. Ularning faoliyati “Xususiy bandlik agentliklari” to’g’risidagi Qonuni asosida belgilangan. 3-moddaning 1-qismiga ko‘ra, "Xususiy bandlik agentligi ish qidirayotgan shaxslarga ish tanlash va ishga joylashish bo‘yicha, ish beruvchilar uchun kadrlar tanlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi, shuningdek ishga joylashtirish sohasida axborot va maslahat xizmatlari ko‘rsatuvchi tijorat tashkilotidir."
Xususiy bandlik agentliklari faoliyat yuritish uchun litsenziya olishlari shart. Litsenziya olgan kompaniyalarning ro‘yxati ommaviy ravishda e’lon qilingan. Faqatgina ro‘yxatda bo‘lgan kompaniyalar fuqarolarni xorijga yuborish huquqiga ega. Ro‘yxatda bo‘lmagan kompaniyalarga ishonmaslik kerak. 2026-yil 10-mart holatiga ko‘ra, 48 ta kompaniya litsenziya olgan. Migratsiya agentligining veb-saytida qaysi kompaniyalar yuborish xizmatlarini ko‘rsatayotgani haqida ma’lumot olishingiz mumkin. Shuningdek, JCPda ham Yaponiyaga yuborish bo‘yicha ma’lumotlarni to‘plangan bo’lib, bu yerda tekshirishingiz mumkin【Jo'natuvchi tashkilotlar (Bandlik agentliklari) ro‘yxati】.
3. Mustaqil ravishda, vositachilarsiz (xususiy shartnoma tuzish)
Migratsiya agentligi yoki xususiy bandlik agentliklari orqali o‘tmasdan xorijda ishlash ham mumkin. Yaponiyada, kasbiy malaka amaliyoti (stajyor) vizasi bilash ishlash uchun yuboruvchi tashkilot orqali borish shart. Biroq, “Maxsus malaka”(Tokutei Ginou) yoki "Muhandis, gumanitar bilimlar, xalqaro ishlar" (GIJINKOKU) vizalari bilan ishlash uchun bevosita o‘zingiz kompaniya topib xususiy shartnoma tuzgan bo‘lsangiz, Migratsiya agentligi yoki xususiy bandlik agentliklari orqali borishlari shart emas.
Shodiyorova Ruzigul
Izoh qoldiring
Mavzuga oid