JAPAN CAREER PORTAL - Home
Asosiy

Yaponiyaning yil davomidagi eng katta bayram va festivallari

Yaponiyaning yil davomidagi eng katta bayram va festivallari

Yaponiyaning yil davomidagi eng katta festival va milliy bayramlari bilan tanishtiramiz. Yaponiyada ham fasllar almashinuvi 4 fasl almashinuvi asosida oʻzgaradi. Aynan fasl almashinuvi bilan bog‘liq bayramlar anchagina.

Yanvar

1-yanvar: Yilning birinchi kuni (dam olish kuni)

Yaponiyada Yanvar oyining birinchi kuni yil boshi hisoblanadi. Yil boshidan boshlab bir necha kunlar davomida Sintoizm ibodatxonalari va Buddizm ibodatxonalariga boradigan Yaponiyaliklar juda koʻp.

Yanvarning ikkinchi dushanba kuni: Bolalikdan balog‘at yoshiga yetganliklarini nishonlash kuni (Seijin no hi) (dam olish kuni)

Har bir prefekturada oʻziga xos tarzda nishonlanadi. Ushbu bayram marosimlarida kimono yoki kostyum-shim kiyib qatnashish urf hisoblanadi.

Fevral

Rishyun (bahorni boshlanishi)ni 1 kun oldindagi kun (2022-yilda 3-fevral kuni bo'ldi): Setsubun (Fasl almashinuvi)

Setsubun bayramida Yaponiyaliklar “Oni va soto, fuku va uchi” ya’ni yovuz kuchlar uydan tashqariga haydalib uyga ezguliklar kirsin deb noʻxat donalarini otishadi.

14-fevral: Valentin kuni

Ushbu kunda Yaponiyaliklar oʻz sevgan kishilari yoki hayotlarida muhim inson boʻlgan kishilarga shokoladlar ulashishadi.

Mart

3-mart: Hinamatsuri

Mart oyida “Hinamatsuri” (Qoʻg‘irchoqlar yasantirish marosimi) bayrami nishonlanadi. Ushbu bayramda qiz farzandlarning baxti va sog‘lom oʻsishini soʻrab ibodatlar qilinadi.

14-mart: White Day (Oppoq kun)

Bu, fevral oyidagi Valentin kunida sovg'a olgan erkaklar qaytarib sovg'a beradigan kundir.

Mart: Bitiruv marosimlari

Yaponiya maktablari va ta’lim muassasalarida oʻquv yili aprel oyida boshlanib, mart oyida oʻz nihoyasiga yetadi. Oxirgi yilni tugatish arafasidagi talabalar bilan maktab hamda oliy ta’lim dargohlarida bitiruv marosimlari oʻtkaziladi. Ushbu marosimlar keyingi bosqich kirish imtihonlaridan oldin mart oyida nishonlanadi.

Mart-aprel: Hanami

“Hanami” (Sakura daraxti gullaridan zavqlanish) festivallari mart, aprel oylarida nishonlanadi. “Hanami” bayrami butun Yaponiya boʻylab Sakura daraxtlarining gullash vaqti hisobiga har xil sanalarda boʻlib oʻtadi.

Aprel

1-aprel: Hazil kuni

Aprel oyining birinchi sanasida “Hazil kuni” ham oʻtkazilib, unda yaqin insonlar bir birlariga jiddiy boʻlmagan yolg‘on va hazillar aytib xursand qilishadi.

1-aprel: Yangi o'quv yili

Koʻpgina Yaponiya kompaniyalarida hamda maktab va ta’lim dargohlarida yangi ish yoki oʻquv yili 1-apreldan boshlanadi. Oʻz navbatida Yangi ishga kirgan firma xodimlari hamda yangi oʻqishga qabul qilingan talabalar uchun marosimlar aprel oyining birinchi yarmida oʻtkaziladi.

Aprel oyi oxiri - may oyi boshi: Golden week (Oltin hafta)

29-aprel (Showa kuni), 3-may (Konstitutsiya kuni), 4-may (Yashil kuni) va 5-may (Bolalar kuni) - bu to'rt kunlik bayram kunlari va shanba-yakshanba kunlarini, to'lanadigan mehnat ta'tilini qo'shib, ko'p hollarda bir necha kunlik dam olish olishadi. Ushbu davrni "Oltin hafta" deb aytishadi.

May

5-may: Bolalar kuni (dam olish kuni)

Koynobori (Sazan balig‘i shaklidagi mato va qog‘ozlardan yasalgan bayroqchalar)

Qadimda ushbu kunda oʻg‘il bolalarning oʻsib-ulg‘ayishi va sog‘lom voyaga yetishi niyat qilingan holda oʻg‘il bolalar bayrami sifatida nishonlangan. Hozirda bu kun nafaqat oʻg‘il bolalar balki butun Yaponiya bolalari kuni sifatida nishonlanadi. Rasmdagi kabi “Koynobori” deb nomlanadigan, suv oqimidagi baliqlar shaklidagi strimmerlar bilan uylar va koʻchalar bezatiladi.

Mayning ikkinchi yakshanba kuni: Onajonlar kuni

Yaponiyada “Onajonlar kuni” may oyining ikkinchi yakshanbasida oʻtkaziladi. Onajonlarga tashakkur tuyg‘ulari ifodasi sifatida bayram sovg‘alari hamda chinnigullar taqdim etiladi.

Iyun

1-iyun: Koromogae

Iyun oyining birinchi sanasida Koromogae (Mavsumiy kiyimlar almashinuvi) deb nomlanadigan udum mavjud boʻlib, bu kundan boshlab yoz mavsumi kiyimlari ya’ni yupqaroq va yengil, yenglari kalta kiyimlarni kiyishga oʻtiladi.

Iyunni uchinchi yakshanba kuni: Otalar kuni  

Iyun oyining uchinchi yakshanbasida “Otalar kuni” nishonlanadi. Bu kunda otalarga ehtirom va hurmat sifatida sovg‘alar ulashiladi.

Iyun - iyul: Tsuyu

Iyun oyidan boshlab iyul oyiga qadar “Tsuyu” ya’ni yomg‘ir mavsumi davom etadi.

Iyul

7-iyul: Tanabata festivali

Bu kun toʻquvchi qiz Orihime va choʻpon bola Hikoboshi afsonasi sharafiga oʻtkaziladigan festival hisoblanib, yupqa va uzun “Tansaku” deb nomlanadigan qog‘oz lentalar bambuk daraxtlariga bog‘lanib, ezgu niyatlar aytiladi.

Iyul - avgust: Hanabi taikai

Iyun va iyul oylarida butun Yaponiya boʻylab “Hanabi taikai” festivali oʻtkaziladi.

Avgust

Avgust oyi o'rtalari: Obon bayrami

Aniqrog‘i avgust oyining 13-sanasidan 16-sanasiga qadar oʻtkaziladigan bu bayramda ajdodlar yodga olinadi va ularning ruhi osoyishtaligi uchun ibodat qilinadi. Ushbu kun bilan birga 11-avgust sanasi Yaponiyada “Tog‘ kuni” (Yama no hi) ham dam olish kuni sifatida e’tirof etilganligi bois “Obon bayrami” arafasida odatdagi shanba va yakshanba dam olish kunlari bilan yana ketma-ket dam olish kunlari boʻladi.

Boshlang’ich va oʻrta maktab ta’tili iyul oyining oxirgi oʻn kunligi va butun bir avgust oyini oʻz ichiga olib, odatda hammasi boʻlib 40 kun yozgi ta’til kunlari hisoblanadi. Yuqori maktab hamda oliy ta’lim tizimida ham shu kabi uzoq muddatli ta’tillar beriladi.

Oktyabr

1-oktyabr: Koromogae

Oktyabr oyida yana “Koromogae” (Mavsumiy kiyimlar almashinuvi) deb nomlanadigan udum oʻtkaziladi. Bu mavsumiy marosimda endi yozgi kiyimlardan kuz fasli kiyimlariga oʻtiladi.

31-oktyabr: Halloween bayrami

Ushbu bayramga xos kiyimlar va kastyumlar tayyorlanib kiyiladi. Xorijiy talabalar oʻqiydigan ta'lim dargohlarida ham ushbu bayram o'tkaziladi.

Noyabr

15-noyabr: Shichigosan

“Shichigosan” marosimi ham bolalarning bedard va baquvvat oʻsib-ulg‘ayishlari uchun oʻtkaziladigan marosim sanaladi. 3 yoshar va 7 yoshar qizlar, hamda 3 yoshga va 5 yoshga toʻlgan oʻg‘il bolalar milliy Yapon kiyimi, kimonolarda ibodatxonalarga borishadi. Ibodatxonaga borish “Omairi” deb aytiladi.

Noyabr - dekabr: Ko:yo: kenbutsu

Kuz fasli kirib kelishi bilan ayniqsa Noyabr oyi va Dekabr oylarida Yaponiyada daraxt barglari qizg‘ish oltin rangga kiradi. Bu mavsum Yaponiyada “Ko:yo:” (Xazonrezgilik mavsumi) deb aytiladi. Yaponiyaning ayrim hududlarida bu mavsum ob-havoning sovishi nisbatiga oktyabr oyining oxirgi oʻn kunligida boshlanadi.

Dekabr

24-25-dekabr: Christmas Arafasi, Christmas

Bu kunlar Yaponiya milliy dam olish kuni sifatida e’tirof etilmagan bo'lsada, aynan shu kunda yoshlar uchrashuvlarga chiqishadi, hamkasblar bilan bayram kechalari uyushtirishadi.

31-dekabr: Oomisoka

Yilning oxirgi kuni Yaponiyada “Oomisoka” deb aytiladi. Shu kuni kechasi yapon xonadonlarida Soba (grechka unidan tayyorlangan lag'mon) taomi tanovul qilinadi. Bu taom yana “Toshikoshi Soba”.

 

Ma'lumot manbai: JP-MIRAI (https://portal.jp-mirai.org/ja/before-coming/s/japan/events-in-japan

Izoh qoldiring
Profile picture