JAPAN CAREER PORTAL - Home
Asosiy

Yaponiya yozi boshqacha! O’ziga xos xususiyatlari va e'tibor berish kerak bo‘lgan jihatlar

Yaponiya yozi boshqacha! O’ziga xos xususiyatlari va e'tibor berish kerak bo‘lgan jihatlar

O‘zbekistondan farqli o‘laroq, Yaponiya yozlari juda ham nam va issiq bo‘ladi. O‘zbekistonda yozda harorat 30 darajadan yuqori bo‘lsa ham, soyada sovuqroq bo‘ladi va kechasi ham kunduzgidan salqinroq bo‘ladi, deb yaponlar ko‘pincha aytadilar. Ammo, Yaponiyada to’liq kun davomida issiq mavjud bo‘lib, soyaga kirish bilan harorat unchalik o‘zgarmaydi. Issiqlik va namlik kundalik hayot va salomatlikka ta'sir ko‘rsatishi mumkin bo’lib, turli holatlarda muammolar paydo bo‘lishi mumkin. Keling, namlikdan tashqari Yaponiya yozining boshqa xususiyatlarini ham ko’rib chiqamiz.

Yomg’ir fasli

Yoz kelishi bilan yog‘ingarchilik davri boshlanadi. Buni “yomg’ir fasli” (yapon tilida 梅雨) deb atashadi. Hududga qarab o‘zgaradi-yu, taxminan 1 oydan 1,5 oygacha davom etadi. Iyunning boshidan iyulning oxirigacha yomg‘ir mavsumi davom etadi. Har kuni yomg‘ir yog‘masa ham lekin ko‘p kunlarda yomg‘ir yog‘adi. Yomg‘ir yog‘sa ham, namlik yuqori bo‘lganligi uchun juda nam va issiq bo‘ladi.

Mog’or

Mog’or oshxona, hammom, hojatxona, yuvinish xonasi, konditsioner ichki qismida va shkaflar kabi havo kirishi qiyin bo’lgan namlik ko’p bo’lgan joylarda ko’p bo‘ladi. Ranglari turlicha bo‘lishi mumkin, va deraza va eshik ramkalarida qora dog‘lar, hammomda esa pushti izlar ko‘rinishi mumkin. O‘zbeklar bu nima ekanligini tushunmasligi mumkin, lekin bu mog’ordir. Mog’orga qarshi O‘zbekistonliklarga foydali bo‘lgan bir nechta nuqtalarni tushuntiramiz.

  • Mog’orga qarshi choralar uy tanlashdan boshlanadi. Yaponiyada birinchi marta kvartira ijaraga olayotganlarga quyoshli, yaqin atrofda boshqa binolar yoki daraxtlar bo‘lmagan va shamol yaxshi kiradigan uylarni tanlashni tafsiya qilamiz.

  • Imkon qadar quyoshli kunlarda xonalarni havolantirish tavsiya etiladi. Yaponlar O‘zbekistondagilar kabi balkon to‘shaklariga yostiq va qoplamalarni quritadilar. O‘zbekistonliklar hasharotlardan saqlanish uchun to‘shaklarni quritishsa, yaponlar mog’orni oldini olish uchun. Havo yaxshi o’tkazadigan hammom va hojatxonalarda quritgichlar mavjud bo’lib, foydalanganingizdan keyin quritishni tavsiya qilamiz.

  • Uyda mog’or paydo bo‘lsa, mog’or oldini olish vositalarini sotib olib, tozalasangiz mog’or kengaymaydi. Supermarketlarda turli xil tozalovchi vositalar mavjud. Sprey, suyuqlik, dumanli vositalar borligi uchun foydalanmoqchi bo‘lgan joyga qarab do‘kon xodimlari bilan maslahat so‘rashingiz mumkin.

  • Yaponiyada ba'zi hollarda xonada mog’or paydo bo‘lmasligi uchun havoni quritish apparatlarini ishlatadigan insonlar ham bor. Havoni quritish apparatlari havodagi namlikni olib tashlaganligi uchun mog’orning hosil bo’lishini qiyinlashtiradi. Quritgichni yoqib qo‘yganingizda, bir necha kun ichida idishga suv to‘planadi va yanada quruq muhitda Yaponiyaning yozini o‘tkazishning foydalari bor.

Oziq-ovqat

Namlik yuqori bo‘lgani uchun, muzlatgichga qo‘yilmasa, oziq-ovqat tezda achib qoladi. Ayniqsa, O‘zbekistonliklar uchun sevimli non bunga misol bo’la oladi. Shuning uchun, yeb ulgurmagan mahsulotlar, sabzavotlar va mevalarni muzlatgichda saqlang. Shuningdek, namlik yuqori bo‘lgani uchun, yengil taomlar (masalan, kartoshka chiplar)ni ochiq holda saqlamang, ular tezda yumshab ketadi.

Salomatlik

Namlik salomatlikka ta'sir ko‘rsatishi mumkin. Albatta, O‘zbekistonliklar issiq havoga o‘rganishgan, ammo yuqorida ko‘rilganidek, Yaponiya yozining issiqligi boshqacha bo‘ladi, shuning uchun salomatlikka e'tibor qilib, Yaponiyada vaqt o‘tkazing.

  • Yaponiyaning nam yozida qulay yashash uchun mos mahsulotlar ko’p. Masalan, ko‘plab yapon ayollari yozda quyoshdan himoya qilish uchun quyoshli soyabonlarni (yapon tilida 日傘) tutish. Ushbu soyabonlar quyoshdan himoya qilish uchungina emas, balki “quyosh-yomg‘irga mo‘ljallangan soyabon” (yapon tilida 晴雨兼用傘) deb ataladigan soyabonlardan ham foydalaniladi. Ular yomg‘irli kunlarda ishlatiladi. Yaponiyadagi katta yoshli erkaklar ham O‘zbekistondagilar kabi sochiqlarni taqadilar, yelpig’ich yoki uchiwa (yelpig’ichga o’xshash  bo’lib, dastasi uzunroq bo’lgan shamollatishda qo’llaniladi) ishlatadigan odamlar ham kam emas.

  • Yaponlarning o’ziga xosligi, yozda ko‘plab uzun qo‘lqoplar kiyadiganlar ko‘p uchraydi. Ayniqsa, yapon ayollari va kompaniya xodimlari. Bu quyoshda kuyishdan himoya qilish yoki kompaniya qoidalari, inshoot ichida konditsionerlar sovuq bo‘lishi kabi sabablar bilan bo‘lishi mumkin. O‘zbeklarga Yaponiyadagi savdo markazlari va “konbini”larda (convenience store - qulaylik do'konlari) salqinroq ko‘rinishi mumkin. Shuning uchun, sumkaga yoz uchun ingichka kardiganni solib, salqin joylarga kirganda kiyish tavsiya etiladi.

Hasharotlar 

Yaponiya tabiati boy, ammo iqlimi O‘zbekistondan farqli bo‘lganligi sababli, o‘ziga xos hasharotlar va uning ichida ham o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lgan hasharotlar  ham bor.

  • Yaponiyadagi chivinlar O‘zbekistondagi chivinlardan farq qiladi. Avvalo, ular kattaroq bo’ladi. Keyin, chivin chaqishi juda qattiq qichishish hissini beradi. O‘zbekistondagi chivin chaqishi qizarib ketishi mumkin, lekin juda qichishmaydi, Yaponiya esa qichishish kuchliroq. Shuning uchun, Yaponiyada chivinlarni oldini olish vositalari (xona ichida hamda inson foydalanadigan vositalari) juda ko‘p bo’lganligi uchun Yaponiyada bo‘lganingizda albatta ulardan foydalaning.

  • Yapon yozi deyilganda O‘zbekistonga ko‘p ma'lum bo‘lmagan chirildoq (hasharot) deb ataladigan chirildoq mavjud. Anime (yapon animatsion multfilimi) sevadiganlar ko‘rgan bo‘lishi mumkin, ammo Yaponiya yozini birinchi marta o‘tkazadigan O‘zbekistonliklar “Nega ko‘chalarda shovqin ko‘p? Bu nima ovoz?” deb so‘rashi mumkin. Javob – chirildoq. Chirildoq uyga kirmaydi, lekin bir kun davomida juda shovqin chiqaradi. Shuningdek, yurish paytida ko‘plab qurtlarni daraxtlarda, gullarda, tuproqda ko‘rish mumkin. Ko‘rinishi yaxshi emas-u, yozda juda ko‘p bo‘ladi.

  • Yaponiyadagi suvarak O‘zbekistondagilardan farqli o‘laroq, juda katta. O‘zbekistonda “tashqarida” ko’rinadigan hasharotlar, Yaponiyada uyga kiradi. Ko’pchilik biladigan suvaraklar kirish yo‘llari (eshik, balkon, deraza, kanalizatsiya)dan tashqari, havo almashtiradigan moslamalaridan ham kiradi, shuning uchun oshxona dudbo’ronlari filtrini o‘rnatishni tavsiya qilamiz. Bundan tashqari, oldindan chora-tadbirlar ko‘rgan holda mahsulotlarni tayyorlab qo’yish, bu turdagi hasharotlar uyga kirsa ham kerakli chora ko’rish imkonini beradi.

Izoh qoldiring
Profile picture

Rasmiy sahifalarimiz