Yapon tili bilim darajasi yuqori, yaxshi yoki yomon bo’lishiga qaramay insoniy munosabatlari iliq bo’lgan o’zbekistonlik kadrlar
Yapon tili bilim darajasi yuqori, yaxshi yoki yomon bo’lishiga qaramay insoniy munosabatlari iliq bo’lgan o’zbekistonlik kadrlar
JICA Yoshlar Xalqaro Hamkorlik Volontyorlar a’zosi turizmni rivojlanishiga hissa qo‘shmoqda
Ism-sharif: Ito Takumi
Tug‘ilgan sana: 1990-yil 26-sentabr
Ma’lumoti: Kobe shahridagi Chet tillari universitetining Xalqaro munosabatlar fakultetini tugatgan.
Ish tajribasi: 2014-2019-yillarda “Five Star Club” aksiyadorlik kompaniyasida chet el sayohat turlari savdosi va turlarni rejalashtirish bo’yicha mas’ul xodim bo’lib ishlagan.
Xobbilari: Sayohat qilish, futbol tomosha qilish
Hozirgi ish joyi: JICA Yoshlar Xalqaro Hamkorlik Volontyorlar a’zosi (Samarqand, 2019-yil 3-dekabrdan 2020-yil 2-aprelgacha, va 2022-yil 2-noyabrdan hozirgi kungacha)
O’zbekistonda amalga oshirayotgan ishlarim
Men JICA Yoshlar Xalqaro Hamkorlik Volontyorlar a’zosi sifatida Samarqand iqtisodiyot va servis institutida dars beraman, bundan tashqari til va turizmni o‘rganayotgan talabalar uchun amaliyot markazi sifatida tashkil etilgan Tourist Information Center (Turizm markazi)da ishlayman. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlar va bloglarim orqali O‘zbekiston bo’ylab qilgan sayohatim haqidagi ma’lumotlarini bo’lishib boraman.
O‘zbekistonda ishlash va yashash davomida duch kelgan qiyinchiliklar
O‘zbekistonda vaqtga qatiy rioya qilinmasligi sababli, ko‘p hollarda ishlar reja bo‘yicha amalga oshmaydi. Masalan, hamkasblarim belgilangan vaqtda ish joyida bo‘lmasligi yoki uzoq safarga chiqishda, oxirgi daqiqalarda kelishilgan rejalarni to’satdan bekor qilish hollar uchrab turadi. Shuningdek, bu yerdagi bir biri bilan o‘zaro yaqin munosabatda bo’lganliklari uchun, ilk uchrashuvdayoq Yaponiyada odatda so‘ralmaydigan shaxsiy savollar (turmush o‘rtog‘i yoki farzandlar bor-yo‘qligi, maoshi, ijara haqi kabi) berilishi mumkin. Davlat xizmatlarini ko’rsatish joylarida, ayniqsa bank xizmatlari bilan bog‘liq jarayonlar uzoq vaqt olishi va navbatlarsiz xizmat ko‘rsatilishi sababli stressga tushishingiz mumkin. Yoz faslida havo juda ham issiq, qishda esa juda ham sovuq bo’lganligi uchun, sog‘lig‘ingizga doimo e’tibor berish muhim.
O’zbekistonlik kadrlarning o’ziga xos xususiyatlari
O‘zbekistonliklarning til o‘rganishga bo’lgan qobiliyatlari juda yuqori ekanligini his qildim. Ko‘pchilik ikki yoki uch tilni ona tilidek gaplasha oladi. Mening tanishlarim orasida yapon tilini JLPT N1 yoki N2 darajasida biladiganlari talaygina. Shuningdek, odamlar bilan muloqot qilishni yoqtirishadi va insoniy munosabatlarga hurmat ko’rsatishadi.
O‘zbekistonning muammolari va imkoniyatlari
O‘zbekiston boy turistik resurslarga egaligi uchun, sayyohlik bo’yicha yetakchi davlatga aylanish imkoniyati ega. Biroq, xorijiy sayyohlar tashrif buyurganida, ular uchun qulayliklar yaratish kerak bo‘lgan ko‘plab jihatlar mavjud. Davlat organlari bu kabi muammolarni yetarlicha tushunmaydi va natijada turizmni rivojlantirishga qaratilgan loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshmaslik holatlari uchrab turibdi. Bundan keyingi ish faoliyatim davomida, sayohatchilar va turizm sohasi vakillarining fikr-mulohazalarini davlat organlari idoralariga yetkazish va mavjud muammolarni hal qilish uchun tizim yaratishga harakat qilmoqchiman.
O’zbekistonga tashrif buyurmoqchi bo’lgan yaponiyaliklarga so’zlarim
Samarqand turizm markaziga tashrif buyurgan yaponiyalik sayyohlardan so‘rovnoma o’tkazib, natijalarini tahlil qilyapmiz. Ko‘pchilik sayyohlar “Xavfsiz”, “Taomlar mazali”, “Mahalliy aholi mehribon” kabi O’zbekiston haqida ijobiy fikrlar bildirishmoqda. Ma'lumot yetishmasligi sababli biroz xavotirlanishingiz mumkin, lekin hech qanday xavotirsiz O‘zbekistonga tashrif buyurishingiz mumkin.
Izoh qoldiring
Mavzuga oid