JAPAN CAREER PORTAL - Home
Asosiy

Stajordan yuqori malakali kadr bo‘lish sari intilayotgan o’zbek yigiti

Stajordan yuqori malakali kadr bo‘lish sari intilayotgan o’zbek yigiti

Yapon tilini o‘rganish –bu o‘ziga qilingan eng katta sarmoyadir!

Mansurbek Mahmudov 

Tug‘ilgan joyi: Namangan
Yoshi: 24
Ish joyi: Fukuoka prefekturasidagi temir konstruksiyalar ishlab chiqarish zavodi
Vazifasi: Zavodda temir konstruksiyalarni qayta ishlash

Yaponiyaga borishdan oldin

Yaponiyaga ketishdan oldin Namangan xizmat ko’rsatish va servis kollejida o‘qiganman. Oilamizni qo’llab quvvatlash maqsadida bozorda savdo bilan shug’ullanganman. Bundan tashqari, taxminan 4 yil mobaynida qurilish maydonchasida ham ishlaganman.

Yaponiyada ishlashga olib kelgan omillar va jarayon

Yaqin atrofdagi xususiy bandlik agentligida Yaponiyada ishlash haqida ma’lumot olib, suhbatga bordim. Suhbat o‘zbek tilida tarjimon bilan o‘tkazildi va asosan O‘zbekistondagi ish tajribam va Yaponiyada ishlash maqsadlarim haqida so‘rashdi. Suhbatdan o‘tgach, 6 oy davomida xususiy bandlik agentligining yapon tili maktabida yapon tilini o‘rgandim. Ariza topshirishdan Yaponiyaga yetib kelish jarayoniga qadar taxminan 1 yil o‘tdi va bu xizmat haqqi sifatida ushbu yuboruvchi tashkilotga 32 million so‘m to‘ladim, bu summaga yapon tili ta’limi va agentlik to‘lovlari kiradi. Parvoz xarajatlarini ishga qabul qiluvchi kompaniya qoplab berdi.

Yaponiyaga kelish va ish faoliyati tafsilotlari

2022-yilning sentabr oyi boshlarida Yaponiyaga yetib keldim va taxminan bir oy davomida o‘qitish kursidan o‘tgach, ishni boshladim. Bir vaqtda kelgan 9 nafar o‘zbek bilan birgalikda uch kishilik guruhlarga bo‘linib, qabul qiluvchi kompaniyalarga joylashtirildik. Qabul qiluvchi kompaniyada ishni sabr bilan o‘rgatishdi va oyda bir marta nazoratchi tashkilotning vakili kelib, muammolarimizni eshitadi.

Ish ertalab soat 8:00 dan kechqurun 17:00 gacha davom etadi va oyiga taxminan 10 soatlik ish vaqtidan tashqari qo’shimcha ishlar bo‘ladi. Yakshanba kuni odatda dam olish kuni, lekin shanba kuni oyiga ikki marta ishlash kerak bo‘ladi. Ish asosan qurilish maydonchalarida ishlatiladigan temir konstruksiyalarni kesish va shaklini o‘zgartirishdan iborat bo‘lib, bu ish mashinalar yordamida bajariladi. Xavfsizlik birinchi o‘rinda bo‘lib, doimiy ravishda xavfsizlik poyabzallari, shlyapa va qo‘lqoplar kiyib yurishimiz kerak va xavfsizlik bo‘yicha mas’ul shaxs tomonidan muntazam tekshiruvlar o‘tkazadi.

Kompaniyada menga yoqadigan jihat - bu kompaniya tomonidan uyushtiriladigan sayohatlar. Yilda bir marta katta sayohat tashkil etiladi, masalan, Hokkaydo yoki Okinavaga boriladi. Bundan tashqari, tez-tez barbeque party (go’sht pishirib yeyish GAPlari) ham uyushtiriladi.

Daromad va xarajatlar

Daromad: 107,000-110,000 yen

Soliq, pensiya, ijtimoiy sug‘urta, ijara, Wi-Fi va boshqa to‘lovlar uchun 45,000-50,000 yen ushlab qolinadi

Xarajatlar:35,000-40,000 yen

Oziq-ovqat uchun 

Boshqa xarajatlar uchun 10,000

25,000-30,000 yen

10,000 yen

Qolgan summa: 60,000-70,000 yen

Har oyi dollarga almashtirib,  ota-onamga yuboraman

Yuqoridagilardan tashqari ishda yaxshi ishlaganim uchun yiliga ikki marta bir oylik maosh miqdorida bonus olaman.

Kariyerani rivojlantirish yo‘lida qilinayotgan harakatlar

Men Yaponiyada yuqori malakali kadr bo‘lish orzuim bor. Hozirda men 2-darajali stajor bo’lib ishlayapman, lekin bu yilning sentabrida 3-darajaga ko‘tarilib, keyin maxsus malaka darajasiga o‘tishni rejalashtirganman. Maxsus malaka vizasining o’ziga xos xususiyati shundaki, kasbni o‘zgartirish imkoniyati mavjud va men aviatsiya sohasiga o‘tishni istayman. Shu sababli, onlayn tarzda yapon tilini o‘rganishga harakat qilyapman va keyingi maqsadim JLPT N2 darajasini qo’lga kiritish. Maxsus malakaning aviatsiya sohasidagi imtihondan allaqachon o‘tdim. Hozir ishlayotgan kompaniyam ham malaka oshirishda qo‘llab-quvvatlayapti va shu yilning yanvar oyida JLPT N3 darajasidan o‘tganda, kompaniya direktori sovrini sifatida 300,000 yen mukofot oldim.

Kelajakdagi rejalar va o‘zbekistonliklarga maslahatlar

Mening kelajakdagi maqsadim yuqori malakali kadr bo‘lib, oilamni Yaponiyaga olib kelishdir. Yaponiyada ishlashni rejalashtirayotganlarga, avvalo yapon tilini yaxshi o‘rganib kelishlarini maslahat beraman. O‘quv kitoblaridagi yapon tili va amalda ishlatiladigan yapon tili farq qiladi, shuning uchun kamida JLPT N4 darajasini olish kerak. Shuningdek, Yaponiyaga kelishdan oldin mehnat shartnomasini diqqat bilan o‘qib chiqish, maosh, ish vaqti va ishning tafsilotlarini yaxshi tushunib olish muhimdir. Shartnomani bir marta imzolaganingizdan so‘ng, Yaponiyaga kelgach, uni o‘zgartirish juda qiyin bo‘ladi, shuning uchun oldindan tekshirib chiqing.

Izoh qoldiring
Profile picture

Rasmiy sahifalarimiz