Qiyinchilik ⑥“Kasbiy malaka amaliyoti davrida mamlakatingizga qaytish talab qilinsa”
Qiyinchilik ⑥“Kasbiy malaka amaliyoti davrida mamlakatingizga qaytish talab qilinsa”
Bir chet ellik ayol Yaponiyada kasbiy malaka amaliyotida ishlayotgan edi, ammo bandlik agentlik direktori Yaponiyaga kelib “Siz bu kompaniyaga kerak emas ekansiz, ertaga birgalikda mamlakatimizga qaytamiz” deb aytgan. O‘sha ayol bu qiyin vaziyatdan qanday qilib chiqib ketganligi bilan sizni ham tanishtirmoqchimiz.
Vataniga qaytishga majbur qilingan holatlar haqida
Maslahat so‘rab murojaat qilgan ayol kishining yoshi 30larda bo‘lib, u kiyim tikish fabrikasida stajirovkani o‘tayotgan bo‘lgan. Ish joyi unga bir kunda 200 ta kiyim tikishni buyurgan, lekin ayol ish vaqti tugaganidan keyin ham har kuni 3 soat qolib ishlashiga qaramay kiyimlar soni 150 tadan oshmagan.
Shunday qilib u ishlayotgan korxona boshlig‘i “Bo‘ldi endi ishga kelmasangiz ham bo‘ladi” deb aytgan. Bu voqea haqida xabar topgan nazoratchi tashkilot, korxona boshlig‘ini tinchlatirishga erishagan-u oradan 4 oy vaqt o‘tganidan so‘ng, bu ayolni stajirovkaga yuborgan tashkilot boshlig’i fabrikaga kelib “Korxona boshlig‘i sening kerak emasligingni aytayapti, shuning uchun birga mamlakatimizga qaytaylik” deb aytadi.
Qo‘llab quvvatlash tashkiloti bilan maslahat
Murojaat qilgan shaxs avvaldan qo'llab-quvvatlovchi tashkilotga ijtimoiy tarmoqlar orqali maslahat so'rab murojaat qilgan edi. Jo'natuvchi tashkilot kelgan kuni ham, maslahat markazi rahbariga "Meni vatanimga qaytarishmoqchi, yordam bering!" deb xabar yubordi. Rahbar esa ilgari aloqa qilib yurgan OTIT (Chet ellik texnik amaliyotchilar tashkiloti) va Mehnat standartlari bo'yicha inspektorlikka (Mehnat standartlari nazorati bo'limi) bu haqda xabar berdi.
Ertasi kuni ertalab, OTITning mas'ul xodimlari kompaniyaga kelib, ayolni himoya qilishdi. Shundan so'ng, kompaniyaning kasbiy malaka amaliyoti o'tkazish uchun ruxsatnomasi bekor qilindi va u yangi kompaniyada ish boshladi.
Ushbu ayolga ko‘rsatilgan yordam va boshqa ishga o‘tkazilishi haqidagi to‘liq ma’lumot bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.
Kasbiy malaka amaliyoti bo’yicha tajribalar ⑦"Majburiy qaytarishga oz qolganda qutqarildi!"
Majburiy vatanga qaytarib yuborish holati noqonuniydir!
Kasbiy malaka amaliyoti to‘g‘risidagi qonun va uning amaliy yo‘riqnomasi quyidagi mazmunni o‘z ichiga oladi:
Kasbiy malaka amaliyotchisini amaliyot jarayonida vataniga qaytarish kerak bo'lganda, amaliyotchiga "O'zingiz xohlamasangiz, amaliyotni yarim yo'lda tugatib vataningizga qaytishingiz shart emas" deb yozma ravishda tushuntirish berilishi va uning roziligi olinishi kerak.
Agar kasbiy malaka amaliyotchi amaliyotni davom ettirmoqchi bo'lsa, qabul qiluvchi kompaniya yoki nazorat qiluvchi tashkiloti yangi amaliyot joyini topishi kerak.
OTIT hamda chet elliklarni qo‘llab -quvvatlash tashkilotlardan yordam so’rang
Agar nazorat qiluvchi tashkiloti yoki qabul qiluvchi kompaniyaning munosabati nohaq bo'lsa, OTITga murojaat qiling. Maslahatning mazmunini o'z ona tilingizda yuborishingiz mumkin.
※Shuningdek, siz xususiy yordam uyushmalari bilan ham maslahatlashishingiz mumkin.
Ko’proq ma’lumot bilmoqchi bo’lsangiz bu yerga!
Ma’lumot manbasi: JP-MIRAI portali (https://portal.jp-mirai.org/ja/experiences/s/trouble/trouble6)
Izoh qoldiring
Mavzuga oid