Yaponiyada ishlash haqida maxsus dars o'tildi
Yaponiyada ishlash haqida maxsus dars o'tildi
Japan Digital University talabalari uchun Yaponiyada ishlash haqida maxsus dars tashkil etildi
JDU (Yaponiya raqamli universiteti) talabalari uchun yaponiyada ishlash bo'yicha JICA experti Jurabek Xasanov tomonidan maxsus dars tashkil etildi. Dars davomida Yaponiyada ishlash yo'llari, yaponiyada ishlashning afzalliklari, yapon kompaniyalarida ishlash jarayonida ehtiyot bo'lish kerak bo'lgan odatlar, o'z karyerasini qanday rivojlanish kerakligi haqida o'zining Yaponiyadagi 14 yillik tajribasiga asosan dars o'tildi. Dars ikki kun mobaynida tashkil etildi va 100 dan ortiq talabalar qatnashdi va qizg'in bahs va savol javoblarga to'la tadbir bo'ldi.
Shuningdek dars jarayonida talabalardan so'rovnoma o'tkazildi. So'rovnomada ma'lum bo'lishicha talabalarnining Yaponiyada ishlashidan asosiy maqsad 1-o'rin: Yaponiyada Ishlab pul va tajriba olish, 2-o'rin: Yaponiyada ishlash dunyoga chiqish, 3-o'rin: Yaponiyada ishash orqali dunyoga chiqish kabi natijalar ma'lum bo'ldi.
Yaponiyada ishlash uchun qanday bilim va ko'nikmalar kerak degan savolga nisbatan Yapon tili N1 yoki N2 darajasi va IT bilimlari yuqori darajani egalladi.
Eslatib o'tamiz GROW loyihasi Yaponiyada ishlash orqali O'zbekistonda sanoat kadrlarini tayyorlashni maqsad qilgan. Bundan keyin ham shu kabi seminarlarni tashkil qilib boramiz.
Izoh qoldiring
Mavzuga oid