Yaponiyada ta'lim olish uchun grantlar (Davlat grantlari)
Yaponiyada ta'lim olish uchun grantlar (Davlat grantlari)
1. Kirish
Yaponiyada o‘qishni xohlovchi chet ellik talabalar uchun turli grantlar mavjud. Ushbu maqolada, asosan Yaponiyaning Ta'lim, Madaniyat, Sport, Fan va Texnologiyalar Vazirligi (MEXT) tomonidan beriladigan davlat grantlari haqida ma'lumot beriladi. Talablar va ariza jarayonlari o‘zgarishi mumkin, shuning uchun O‘zbekistondagi Yaponiyaning elchixonasi veb-saytida “MEXT davlat grantlari dasturi” ning eng so‘nggi ma'lumotlarini tekshirish tavsiya etiladi. (O‘zbekistondagi Yaponiya elchixonasi)
2. Davlat Grantlari (MEXT)
2024-yil holatiga ko‘ra, o‘zbekistonlik talabalar uchun mavjud bo‘lgan 5 ta grant dasturi mavjud:
Talabalar uchun dasturlar
【Bakalavr talabalar grantlari】
【Yapon tili va madaniyati bo‘yicha o‘qiyotgan talaba】
【Tadqiqotchi talaba】
Ishchi va xodimlar uchun dasturlar
【Yosh liderlar uchun dasturlar】
【O‘qituvchilikka tayyorlov bo‘yicha o‘qish】
3. Ta'lim, Madaniyat, Sport, Fan va Texnologiyalar Vazirligi (MEXT) grantlariga ariza berish usullari
Elchixona Tavsiyasi:
O‘zbekistondagi Yaponiyaning elchixonasi tomonidan tanlov (hujjatlarni tekshirish, yozma imtihon va suhbat) o‘tkaziladi. Elchixona tanlagan nomzodlarni MEXTga tavsiya qiladi va yakuniy qarorni MEXT qabul qiladi. Elchixona tavsiyasi bo‘yicha batafsil jarayon va hujjatlar haqida ma'lumot olish uchun elchixonaning veb-saytini (O‘zbekistondagi Yaponiyaning elchixonasi) ko‘rib chiqing.
Universitet Tavsiyasi:
Yapon universitetlari o‘rtasidagi hamkorlik shartnomalari orqali talabalarni tanlab, Ta'lim vazirligiga tavsiya qilish usuli. Bu usul tadqiqotchi talabalar, bakalavr talabalar va Yapon tili va madaniyati bo‘yicha o‘qiyotgan talabalar uchun mo‘ljallangan. Faqat Yapon universitetlari bilan shartnoma tuzgan O‘zbekiston universitetlarida tahsil olayotgan talabalar ariza topshirishlari mumkin. Masalan, Toshkent davlat yuridik universiteti Nagoya universiteti bilan shartnoma tuzgan, shuning uchun Toshkent davlat yuridik universitetining talabalari Nagoya universitetining huquqshunoslik magistratura kursiga (ingliz tilida) universitet tavsiyasi orqali ariza topshirishlari mumkin. Siz tahsil olayotgan universitetda bunday tavsiyanoma bor-yo‘qligini tekshirib ko‘ring.
4. Xulosa
Har yili ko‘plab odamlar davlat grantlari uchun ariza topshiradi. “Tadqiqotchi talabalar” yoki “Yapon tili va madaniyati bo‘yicha o‘qiyotgan talabalar” dasturlariga qabul qilinish uchun yapon tili imtihonida yaxshi natijalar olish va yaxshi tadqiqot rejasi yozish kerak. Men Toshkent davlat yuridik universitetida joylashgan Nagoya universiteti “Yapon huquqini tadqiq qilish markazi” talabalariga dars berganman. Tajribamdan ma’lumki, ko‘plab talabalar tur xil tanlovlarga tayyorgarlik va ariza topshirishni oxirgi muddatga qoldirganlar. Ammo, yaxshi tayyorgarliksiz imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tish qiyin. Yaponiyada o‘qish uchun, shuningdek, o‘qishdan keyingi o‘rgangan bilimlaringiz samarali bo‘lishi uchun, oldindan rejalashtirish va tayyorgarlik ko‘rishni qat’iy tavsiya qilaman.
Izoh qoldiring
Mavzuga oid