Yaponiyada oʻqimoqchi boʻlgan muassasani qanday tanlash kerak?
Yaponiyada oʻqimoqchi boʻlgan muassasani qanday tanlash kerak?
1. Tahsil olish mumkin boʻlgan maktablar va universitetlar turlari
Oʻqish mumkin boʻlgan maktablar turlari turlicha. Qaysi maktabda oʻqishni va qaysi sohani tanlashingiz kelajakdagi kariyerangizni katta darajada oʻzgartiradi. Kelajakda qanday kariyera qurishni xohlayotganingizni oʻylab koʻring va shu asosda oʻqish uchun maktabni tanlang.
Oʻqish mumkin boʻlgan maktab turlari quyidagilar:
Maktabning turlari
Maqsadi
Kirish talablari
Yapon tili daraja
Oʻqish muddati
Birinchi yil uchun kirish toʻlovi
+ oʻqish haqi
Yapon tili maktabi
Yapon tilini oʻrganish
Yuqori maktab bitiruvchisi
N4~N5
1~2 yil
Taxminan 680,000 yen
Kasb-hunar maktabi
Kasbiy bilim va koʻnikmalarni egallash
Yuqori maktab bitiruvchisi
N2~N3
2~4yil
Taxminan 900,000 yen
Yuqori kasb- hunar maktabi
Amaliy ish koʻnikmalarini oʻrganish
Oʻrta maktab bitiruvchisi(15 yoshdan katta)
N2 darajaga yetadigan bilim
5 yil
Taxminan 320,000 yen
Qisqa muddatli universitet
Qisqa muddatli maxsus bilimlarni oʻrganish
Yuqori maktab bitiruvchisi
N2 darajaga yetadigan bilim
2 yil
Davlat universiteti:Taxminan 610,000 yen
Xususiy universitet:Taxminan 960,000 yen
Universitet
Yuqori darajadagi bilim va maxsus bilimlarni oʻrganish
Yuqori maktab bitiruvchisi
N2 darajaga yetadigan bilim
4yil
Davlat:Taxminan 820,000 yen
Xususiy:
Taxminan 1,100,000 yen
Magistratura va Doktorantura
Maxsus sohada tadqiqot
Universitet bitiruvchisi
N2~N1
Magistratura: 2 yil
Doktorantura: 3 yil
Davlat:Taxminan 820,000 yen
Xususiy:Taxminan 1,100,000 yen
※ Oʻqish xarajatlari haqidagi ma’lumotlar JASSOning tadqiqotlariga asoslangan.
※Hudud va maktablarga qarab, oʻqish haqi va kirish toʻlovi miqdori farq qilishi mumkin. Ba’zi maktablar va universitetlarda oʻqish haqini kamaytirish yoki undan ozod qilish imkoniyati mavjud. Oʻzingiz oʻqishni xohlagan maktabingizni oʻqish haqini oldindan yaxshilab tekshirib koʻring.
2. Har bir maktabning oʻziga xos xususiyatlari va boshqalar
Yapon tili maktablari
Xususiyatlar
・Universitet va boshqa oliy oʻquv yurtlariga kirishni xohlaydiganlar uchun tayyorlov ta'limi sifatida, Yapon tili, Yapon madaniyati va Yapon hayoti haqida bilimlarni oʻrganishni istaydiganlar uchun.
・Yaponiyada taxminan 600 ta yapon tili maktabi bor va 49,000 ga yaqin kishi yapon tilini oʻrganmoqda.
・Odatda qabul aprel va oktyabr oylarida bo’ladi.
Kirish shartlari
・Yuqori maktab bitiruvchisi
・N5 daraja yetadigan yapon tili koʻnikmasi
・Oʻqish va yashash xarajatlari toʻlay olish
Kelajakdagi reja
Yaponiyaning kasb-hunar maktablari va universitetlarida o’qishni davom ettiradiganlar ko’plab→ N2~N3 darajasida yapon tilini bilish talab qilinadi.
・Ishda kerak boʻladigan koʻnikmalarni oʻrgatadigan maktab (IT, tibbiyot, moda, turizm va boshqa turli sohalar)
・Odatda qabul aprel va oktyabr oylarida bo’ladi
Kirish shartlari
・Yuqori maktab bitiruvchisi
・N2~N3 darajaga yetadigan yapon tili koʻnikmasi
・Oʻqish va yashash xarajatlarini toʻlay olish
Kelajakdagi reja
Yaponiyada ishga kirish imkoniyati
→ “Muhandis, gumanitar bilimlar va xalqaro ishlar” vizasi
※ Maxsus maktabda oʻrgangan bilimlar va ish faoliyati oʻrtasida bogʻliqlik boʻlishi kerak.
※ Quyidagi saytdagi ma’lumotlar faqat yapon tili va ingliz tilida bo’lishiga qaramay, chet ellik talabalarni qabul qiladigan maxsus maktablar haqida ma'lumot beradi: STUDY in JAPAN.
Yuqori kasb-hunar maktablari
Xususiyatlari
・Amaliy texnik koʻnikmalarni egallash uchun ta'lim olish.
Kirish shartlari
・Yuqori maktab bitiruvchilari
・N2 darajada yapon tilini bilish
・Oʻqish va yashash xarajatlarini toʻlay olish
Kelajakdagi reja
Yaponiyada ishga kirish imkoniyati
→ "Muhandis, gumanitar bilimlar va xalqaro ishlar" vizasi
※ Maxsus maktabda oʻrgangan bilimlar va ish faoliyati oʻrtasida bogʻliqlik boʻlishi kerak.
Qisqa muddatli universitetlar
Xususiyatlari
・Asosan xususiy maktablar
・Qisqa muddatli maxsus ta'lim beriladi
Kirish shartlari
・Yuqori maktab bitiruvchisi
・N2~N3 darajada yapon tilini bilish
・Oʻqish va yashash xarajatlarini qoplay olish
Kelajakdagi reja
Yaponiyada ishga kirish imkoniyati
→ “Muhandis, gumanitar bilimlar va xalqaro ishlar” vizasi
Universitetlar
Kirish shartlari
・Yuqori maktab bitiruvchisi
・N2 darajada yapon tilini bilish ※Imtihonni ingliz tilida topshirish mumkin boʻlgan universitetlar ham bor
・Oʻqish va yashash xarajatlarini qoplay olish
Tamomlagandan keyin
Yaponiyada ishga kirish imkoniyati →
“Muhandis, Gumanitar bilimlar va Xalqaro Ishlar”, “Yuqori Malakali Mutaxassis”, “Maxsus Faoliyat (Yapon universiteti bitiruvchilari uchun)" kabi vizalar.
Universitet, qisqa muddatli univeristet yoki kasb-hunar maktabni bitirgandan keyin, koʻplab odamlar “Muhandis, Gumanitar bilimlar va Xalqaro ishlar” vizasini olib, Yaponiyada ishlashni xohlashadi.
"Muhandis, Gumanitar bilimlar va Xalqaro ishlar" vizasini olish uchun, universitet va maktabdagi oʻqigan yoʻnalishingiz va ishlashni rejalashtirayotgan ishingiz bir-biriga mos kelishi kerak. Ba’zi hollarda, kompaniyadan ish taklifini olgan boʻlsangiz ham, agar oʻqigan yoʻnalishingiz va ish faoliyatingiz oʻrtasida bogʻliqlik boʻlmasa, vizani olish qiyin boʻlishi mumkin. Shuning uchun, Yaponiyada oʻqishga kirishdan oldin, kelajakdagi ish va karyerangiz haqida yaxshilab oʻylab koʻring va universitet yoki maxsus maktabdagi boʻlim va yoʻnalishni toʻgʻri tanlang.