O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi eng ko‘p aholiga ega davlat bo‘lib, mehnatsevar va intiluvchan yosh kadrlarga boy mamlakatdir. O‘zbekiston hukumati Yaponiyani strategik hamkor davlat deb hisoblaydi va Yaponiya mehnat bozori uchun kadrlar tayyorlash va yuborish yo‘nalishida faol ish olib bormoqda.
Mazkur sahifada O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi tomonidan, malakali mutaxasislarni qonuniy va tartibli tarzda yuborish hamda qabul qiluvchi mamlakatlarda munosib mehnat faoliyatini ta’minlash maqsadida yapon tilida ma’lumotlar taqdim etilmoqda.
Ushbu portalda siz ishchilarni yollash bosqichidan boshlab, migratsiya tizimi va tartiblarni tushunish, shuningdek O‘zbekistonlik kadrlarning Yaponiyadagi faoliyatini, va boshqa barcha zarur ma’lumotlarni topishingiz mumkin.